Ziyo Bunyodov

Sovet Ittifoqi Qahramoni
(Buniyotov Ziyo Muso uglidan yoʻnaltirildi)

Ziyo Muso o‘g‘li Bunyodov (1921-yil 24-dekabr, Astara, Lenkoran tumani - 1997-yil 21-fevral, Boku) Ozarbayjon sharqshunosi, tarixchi, Sovet ittifoqi qahramoni[1], davlat mukofoti laureati va xizmat ko‘rsatgan ilmiy xodim. U 1991-yilda professor Vasim Mammadaliyev bilan birgalikda Qur’oni Karim kitobining Ozarbayjon tiliga tarjimasini yakunladi. 1997-yilning 21-fevral sanasida o‘zi yashagan binoning oldida jinoyatkor guruh tomonidan o‘ldirilgan.

Ziyo Bunyodov
Tavalludi 21-dekabr 1923-yil
Astara, Lenkoran tumani, Ozarbayjon SSR
Vafoti 21-fevral 1997-yil(1997-02-21)
(73 yoshda)
Boku, Ozarbayjon, Faxriy xiyobon
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon
Sohasi Sharqshunos
Taʼlimi S.Orjonikidze nomidagi Boku piyodalar bilim yurti
Ilmiy darajasi Ozarbayjon SSR Fanlar akademiyasi akademigi
Ilmiy unvoni Tarix fanlari doktori
Mukofotlari

Hayotı

tahrir

Ziyo Bunyodov 1923-yil 21-dekabr kuni Astara shahri, Oktabr inqilobidan ancha avval Lyaxov kazak bo‘linmasi maydonlaridan birida xizmat qilgan harbiy tarjimon oilasida dunyoga kelgan. Uning otasi Bibi-Heybat olimshayxlar naslidan bo‘lgan Muso Mavsum o‘g‘li edi.[2] U otasining soyasida hali kichik bo‘lishiga qaramay arab tilini o‘rgangan va Qur’on o‘qishni boshlagan.[2] Uning onasi esa Lenkoranning Liman shahrida tug‘ilgan Ozarbayjondagi qadim rus ko‘chmanchilaridan bo‘lgan Raisa Mixaylovna Gusaikova edi.[2]

Nasl shajarasi asoslangan tarixiy hujjatlarga ko‘ra, Bunyodov familiyasi uning 13-katta bobosi shayx Bunyodning ismidan olingan.[2] Uning to‘liq ismi Sheyx Ziyo ad-Din bin Sheyx Muso bin Sheyx Masum bin Sheyx Mahdi bin Sheyx Ismoil bin Sheyx Uli Usgar bin Sheyx Muhammad Umin bin Sheyx Uli Usgar bin Sheyx Muhammad Mug‘om bin Sheyx Usgar bin Sheyx Gulomali bin Sheyx Bunyod al-Bakuvi.[2] Ziyo Bunyodov o‘zi haqida shunday deydi:

„Otam Ozarbayjonlik, onam rusdur. Mening asl ismim Ziyovuddin, otam – shayx Muso, bobom – shayx Masum, otamning bobosi – shayx Mahdi va boshqalar. Men o‘z naslimning tarixini hujjatlar asosida qidirganman va ma’lum bo‘ldiki, mening ota tomondan 15 ta sulolam shayxlardan bo‘lgan va ularning har birining ismini aniqlaganman… Mening familiyam 15-katta bobomning ismidan olingandir – Bunyod!“[3]

Yoshlık yılları

tahrir

Bolalikdan yaxshi tarbiya olgan Bunyodov oilasidagi 6 ta farzandning eng kattasi edi.[2] Xizmati ishi bilan aloqador bo‘lgan otasini Go‘ychay (joy nomi) hududiga yuborishganidan keyin Bunyodov o‘rta maktab yillarini Go‘ychayda o‘tkazdi.[2]1939-yilda o‘rta maktabni tugatganidan so‘ng u uchuvchilik maktabiga o‘qishga kirish uchun Bokuga keladi. Lekin tibbiy ko‘rikdan o‘tolmagach, yoshini 2 yil katta ko‘rsatib, S.Orconikidze nomidagi Boku Piyodalar Maktabida tahsili davom ettiradi.[2] 1941-yilning may oyida harbiy maktabni leytenant sifatida a’lo baholar bilan bitirdi. [2]

Harbıy yılları

tahrir

Bunyodovni ikkilanmasdan kelajakdagi xizmat yeri – Bessarabiyaga yuboradilar.[2] U bu yerda – Dnestr daryosi yoqasidagi kichik shahar bo‘lgan Bandarda 2-jahon urushi boshlanganidan jami bir oy o‘tgach hayotida ilk marotaba jangga kirdi.[2] Kasalxonalarda kechgan vaqti (ikki marta yaralangan va kontuziya bo‘lgan) tugashi bilanoq Ziyo Bunyodov 2-jahon urushida Berlingacha jang qilib, sharafli kurash yo‘lini bosib o‘tgan.[2]

U Ukraina va Moldova kurashlarida, Mozdak va Tuapse, Belorusiya va Polsha uchun janglarda faol ishtirok qilgan.[2] Hatto qamalga tushib qolgan va tushgan qamalidan kurashib, jang qilib chiqqan va polkning bayrog‘ini himoya qilishni uddalagan va buning bilan faqat bayroq emas, polkning askari sharafini ham himoyalay olgan.[2] Bunyodov Shimoliy Qafqazda kechgan janglarda ishtirokchi bo‘lgan va Saratovning yarmigacha Volga matroslaridan tashkil topgan 120 nafarlik rotaga ham boshchilik qilgan. [2][4]

 
5-zarba armiyasi qo'mondoni Nikolay Berzarin (o'ngda) Sovet Ittifoqi qahramoni yulduzini 123-jarima kompaniyasi komandiri Ziyo Bunyodovga topshiradi

O‘zining haq ekanligini isbotlashga uringan Bunyodov komandir bilan janjallashgach, jarima rotasiga yuboriladi va u yerda bir yil qolib ketadi.[2] Yosh leytenant bo‘lishiga qaramay, u yerda yoshi va tajribasi katta bo‘lgan jazo o‘tayotganlarning ham hurmatini qozonadi.[2] Buni e’tibordan chetda qoldirmagan qo‘mondonlik, otishmachi batalyoni komandiri bo‘lgan Bunyodovga jarima rotasiga boshchilik qilishni taklif etadi.[2] U bu taklifni hech ikkilanmasdan qabul qiladi.[2]

 
Sovet Ittifoqi qahramoni kapitan Ziyo Bunyodovning mukofot varaqasi.

Vislo-Oder amaliyoti vaqtida kapitan Bunyodovning qo‘mondonligi ostida 123-jarima rotasi Pilisa daryosi bo‘yidagi 80 metrlik minalangan ko‘prikni qo‘lga olgan va asosiy kuchlar kelguniga qadar bir necha soat mobaynida uni dushmanning tinimsiz hujumlaridan qo‘riqlab, saqlay oldi. Bu muddat davomida 670 nafar jangchi bo‘lgan rotasidan jami 47 nafari sog‘ qolgan edi. [2] Xotira daftaridan:

Kapitan Bunyodovning 123-rotasi (alohida armiya rotasi) 1945-yil yanvar oyining 14-16-sanalarida dushmanning Mangushevsk (joy nomi) maydonidagi mudofaa chizig‘i kesib o‘tilishida ishtirok etgan, mahoratli qo‘mondonlik natijasida Domburovki (joy nomi) qishlog‘ining janub chegarasidan va temir yo‘l chizig‘idan kesib o‘tib, yanvarning 14-kunida Pilitsa daryosini birinchi bo‘lib kechgan, chap sohilda a’lo kechirgan jang mavqeyini 89-gvardiya diviziyasining asosiy otishma bo‘linmalari kelgunga qadar saqlab turadi. Rota dushmanning 160 nafar askari va zobitini o‘ldirgan, 45 askarini asir olgan, 5 ta olti burchakli minamyot, 3 dona to‘p va ko‘plab avtomat, miltiq, o‘q-dorilar, oziq-ovqat va boshqa narsalar qo‘lga kiritilgan… Rota komandiri kapitan Z.M.Bunyodov “Sovet ittifoqi qahramon”i nomiga loyiq ko‘rilgan.“[2]

1945-yil 27-fevralda Ziyo Bunyodovga „Sovet ittifoqi qahramoni“ unvoni berilgan.[2]

Ilmıy faolıyat

tahrir

Urush yakunlangach, Bunyodov 1945-yilning may oyidan 1946-yilning mayiga qadar Berlinning eng nufuzli joyi – Pankovda ishlagan. [2]Berlin madaniyat hayotining barposi va rivojlanishi sohasida qilgan ishlari uchun u „Artur Bekker“, „Vaffenbrudershaft“ qizil medallari bilan mukofotlangan.[2]

Bunyodov armiyadan ketgandan so‘ngra, 1946-yilda Moskva Sharqshunoslik institutiga kiradi, 1950-yilda shu universitetning aspirantura bosqichiga qabul qilinadi. [2] Ziyo Bunyodov 1954-yilda Italiya imperalizmi Afrikada” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, shu yilning avgustida Bokuga qaytadi. [2]Shu yilda u Ozarbayjon Fanlar Akademiyasining Tarix institutida ilmiy tadqiqotlarini davom ettiradi.

1958-yildan 1959-yilgacha Ziyo Bunyodov Ozarbayjon davlat universiteti Sharqshunoslik fakultetida muallim vazifasida mehnat qiladi. [2]1964-yildan Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari institutida „O‘rta asrlar tarixi“ bo‘limining rahbari bo‘ladi. 1964-yilda u „Ozarbayjon VII-IX asrlarda“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, tarix fanlari doktori ilmiy darajasini oladi, 1965-yilda esa uning ayni nomli monografiyasi chop etiladi.[2]

1960-yillarning 2-yarmida Ozarbayjonning 150 yil avval Rossiya tarkibiga qanday kirgani borasida ilmiy bahslar ketardi.[5] Bu bilan bog‘liq shunday qaror qabul qilinganki, bir yarim asr avval Ozarbayjon ko‘ngilli sifatida Rossiyaning tarkibiga kirgan. Hatto bu narsa bir bayram kabi qabul qilingan edi.[5] Shu munosabat ila Ozarbayjon Lenin ordeni bilan mukofotlangan edi.[5] 1967-1968-yillarda Ziyo Bunyodov bir necha marotaba ochiq bildirganki, to‘g‘ri Ozarbayjon Rossiyaning tarkibiga kirgan, ammo bu qadam ko‘ngilli sifatida tashlanmagandir.[5] U tarixiy haqiqatni aytmoq lozimligini ta’kidlardi.[5]

Bunyodov bolshevizm terrori va siyosiy repressiyalarning qurbonlari bilan bog‘liq bir necha tadqiqot asarni o‘rtaga tashlagan. U bolshevizm terrori natijasida 20-30-yillarda Ozarbayjonda olib borilgan repressiyalar haqida haqiqatlarni oshkora qilarkan, 1937-yilning qurbonlarini xalqqa tanitarkan, ularni oqlarkan, nomlarini tarixda barpo ettirarkan va shu bilan, o‘sha davrni to‘g‘ri, xolis yoritarkan bu borada haqiqiy xizmatni bajargan.[5] Haydar Aliyev Ziyo Bunyodovning bu davrdagi faoliyatini ham yuksak baholagan:

Ziyo Bunyodovning xizmatlari ko‘pdir va uning eng buyuk xizmatlaridan biri shundan iboratki, 80-yillarning oxiri 90-yillarning boshlarida u buyuk olim kabi, tadqiqotchi kabi Ozarbayjonning ochilmagan arxivlariga borib, u arxivlardan Ozarbayjon tarixining XX asrga oid sahifalarini ochdi, tadqiq qildi, o‘z kitoblarida, davriy matbuotlarda maqolalar yozdi. Agar avvallar Ozarbayjon tarixining o‘rta asrlarga oid juda muhim davrlarini ilmiy asarlarida yoritdi, ochib berdi, ko‘rsatdi va bunga o‘zini bag‘ishladi. Shu jumladan ilk Ozarbayjon demokratik Respublikasining yaratilishi kechgan jarayonlarni ham, o‘sha davrni ham to‘g‘ri, xolis tadqiq qilganlardan biri Ziyo Bunyodovdir.[5]

1965 yilda SSSR Oliy va oʻrta taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi qarori bilan unga professor ilmiy darajasi berilgan.[2] 1966 yildan Turk tarix jamiyatining Anqaradagi qurultoylarida doimiy qatnashib keladi.[2] Turkiy xalqlar tarixini o‘rganishdagi ulkan xizmatlari tufayli o‘sha yili Turk Tarix Jamiyatining muxbir a’zoligiga, 1988 yilda esa faxriy a’zoligiga saylangan.[2]

1967-ci ildə Azərbaycan Elmlər Akademiyasının müxbir üzvü, 21 aprel 1976-cı ildə Elmlər Akademiyasının həqiqi üzvü seçilmişdir.[2] Bünyadov 1970-ci ildə "Azərbaycan SSR EA-nın Xəbərləri. İctimai elmlər seriyası" jurnalının baş redaktoru vəzifəsinə təyin olunmuşdu.[2] 1970-ci ilədək onun elmi rəhbərliyi altında artıq səkkiz namizədlik və üç doktorluq işi müdafiə olunmuşdu.[2]

1967-yilda Ozarbayjon Fanlar Akademiyasining muxbir a’zosi, 1976-yil 21-aprelda Fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylanadi.[2] Bunyodov 1970-yilda “Ozarbayjon SSSR FA ning xabarlari. Ijtimoiy ilmlar (gumanitar fanlar) seriyasi” jurnalining bosh muharriri vazifasiga tayinlanadi.[2] 1970-yilgacha uning rahbarligi ostida 8 ta nomzodlik va 3 ta doktorlik ishi himoya qilingan.[2]

U xalifalik va Ozarbayjonning VII-XIII asrlar tarixining tadqiqotchilaridan biri edi. Bunyodov alban tarixchisi M.Goshning „Alban xronikasi“ asarini 1960-yilda ingliz tilidan, A.Bakuvining „Obidalarning xulosasi va qudratli hukmdorning mo‘jizalari“ asarini 1971-yilda va Nasaviyning „Sulton Jaloliddin Mankburni (Manguberdi) hayotining tasviri“ asarini 1973-yilda arab tilidan rus tiliga tarjima qilgan. [2]

SSSR bo‘ylab sayohatlarida yoshlar orasida harbiy-vatanparvarlik ishiga ko‘rsatgan dastaklari uchun 1976-yilda Faxriy nishon mukofoti bilan taqdirlangan. 1980-yilda esa Ozarbayjon Sovet Ensiklopediyasining bosh redaksiyasi a’zosi etib saylangan. U ensiklopediya uchun Ozarbayjon tarixiga doir ko‘plab maqolalar yozgan. Manbalar tadqiqini davom ettirgan akademik Bunyodov yangi “Ozarbayjon otalar davlati. 1136-1225-yillar” kitobi ustida ish boshlaydi. 1978-yilda monografiya nashrdan chiqqandan keyin ko‘plab ijobiy fikr-mulohazalar oladi va yuksak baholanadi. Uning bu asari ilm ahlining yuksak bahosini olmoqla birlikda 1980-yilda ilm va texnika sohasida Ozarbayjon SSSR davlatining mukofotiga loyiq ko‘riladi.[2]

1981-yilning aprel oyidan esa Ozarbayjon Milliy Ilmlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutining direktori vazifasiga tayinlanadi. U bu vazifada 1986-yilgacha faoliyat ko‘rsatgan.[2][6] 1982-yilda unga “Ozarbayjon SSSR xizmat ko‘rsatgan ilmiy xodimi” unvoni berilgan. U 1988-1990-yillar davomida Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik intsitutiga rahbarlik qilgan.[2]

1990-yilda Ozarbayjon Fanlar Akademiyasining vitse-prezidenti etib saylangan. U 1991-yilda professor Vosim Mammadov ila birgalikda Qur’oni Karimning ozarbayjon tiliga tarjimasini yakunlaydi. Buyuk mas’uliyat va zahmat talab qilgan bu ishi uchun Bunyodov Hoji Zeynolobdin Tog‘iyev nomidagi mukofot bilan taqdirlangan. 1992-yilda Bunyodov umumiy ovoz berish yo‘li bilan qaytadan Sharqshunoslik instituti direktori etib saylanadi.[2]

Ziyo Bunyodov 1991-yilda „Gulistoni-Eram“ asarini muqaddima va sharhlar bilan chop ettiradi va bu ishi uchun 1993-yilda Abbosgulu og‘a Bakixanov nomidagi mukofotga munosib ko‘riladi.[2]

Imodaddın Nasımıy haqıda fıkrları

tahrir

Bunyodovning tadqiqotlaridan biri o‘rta asrlar mutafakkir shoiri Imomiddin Nasimiyning o‘limi bilan bog‘liq. Akademik Nasimiyning qatl qilinishi va terisining shilinishi haqidagi ma’lumotlarni inkor etdi.[7] U zamonaviy Ozarbayjon sharqshunoslari Nasimiyning o‘limiga oid faktlarni faqatgina turk olimi Abdulboqi Gulpinarlining “Islom Ensiklopediyasida” gi “Nasimiy” nomli maqolasidan o‘qib, bu bilan kifoyatlanishlarini aybladi. U o‘z maqolasida Nasimiyning o‘limi bilan bog‘liq xulosalar zaifligidan va bizgacha yetib kelgan manbalar kamligidan shikoyat qiladi.[7] Ma’lumotning matni shundaydir:

Nasimiy terisining tirik shilinishi keyinchalik xalq tomonidan yaratilgan bir afsonadir va keng ommaning unga bo‘lgan hurmatining ramzidir. Bu afsonaga isbotlangan bir ilmiy ma’lumot yoxud tarixiy fakt kabi qarash noto‘g‘ridir.[8]

Tanqıdı

tahrir

Tomas de Vaal „Qorabog‘: Armaniston va Ozarbayjon sulh va urush yo‘llarida“ kitobidagi ma’umotlarni o‘qib, Bunyodov armanilarning Janubiy Qafqazda o‘nlab cherkov qurganini, albanlarning armanilarning ajdodlari bo‘lganini inkor etib, bu obidalarning armanilar bilan aloqasi bo‘lmagan xristian albanlariga tegishliligi farazini ilgari surgan.[9] Britaniyalik jurnalist „o‘sha obidalarning yozuvlari arman tilida ekanini“ aytgan.[9]

Plagıat da’vosı

tahrir

Tomas de Vaal so‘zlariga ko‘ra, Bunyodovning 1960-yilda va 1964-yilda chop etilgan ikki maqolasi AQSH olimlari Dausetning „Mxitar Goshning Alban xronikasi“ va Robert Hevsen maqolalarining plagiatidir. Qayd etish lozimki, Bunyodov „Albaniya tarixi“ maqolasining boshida solnomaning matni Dauset nashrining tarjimasini va shuningdek bu nashrning ma’lumotlarini taqdim etadi, lekin so‘zboshi va sharhni muallif sifatida beradi.[10]

Manbalarnıng soxtalashtırılısh da’vosı
tahrir

Bunyodov Villem Flor va Hasan Jovodiy Abbosgulu og‘a Bakixanovning „Gulistoni-Eram“ asari tarjimasini soxtalashtirishda, buzib ko‘rsatishda ayblanadi.[11] Gruzin tarixchisi G.Beradze Falaki Shirvon haqida bo‘lgan ishni hindistonlik sharqshunos Hassan Hadi ishi ekanligini aytib, Bunyodovni undan plagiat qilinganlikda ayblaydi. [12]

Armaniston tarixchilari Bunyodovning ishlarida iqtiboslarning buzib ko‘rsatilganligi haqida namunalar keltirganlar.[13][14][15] A.Margaryan Bunyodovning „Albaniya tarixi“ kitobidagi Dausetning so‘zboshisi va sharhlarining noto‘g‘ri tarjimasida uni aybdor qiladi.[16] Margaryanning mulohazasiga ko‘ra, Bunyodov „WHIT SUNDAY“ („Muqaddas Uchlikning kuni“) asarini ingliz tilidan rus tiliga „Oq bozor (yakshanba) kuni“ („WHITE SUNDAY“) deb noto‘g‘ri tarjima qilgan.[16]

Kaliforniya universitetining arman professori Barlou ter-Murdechiyanning „Qorabog‘ tarixi bo‘yicha ikki yilnoma“ kitobida Ziyo Bunyodovni tarixchi Mirzo Jamol Javonshir Qorabog‘iy va Mirzo Adigo‘zal beyning qaydlari manbalarini soxtalashtirishda ayblaydi.[17]

Kolumbiya universitetining arman professori Jorj Burnutyan Bunyodovni armanlar haqidagi qaydlarni albanlar haqidagi qaydlar bilan almashtirib, sistematik „tozalashda“ ayblagan.[18]

V.A.Shnirelmen Bunyodovni manbalarning soxtalashtirishida aybdor qilgan.[19] U Bunyodovni Armaniston va Ozarbayjon tarixiga oid (ayniqsa, qadimgi Albaniya) revizionist, millatchi va siyosiy motivli konsepsiyalarni ishlab chiqishda ayblab, Ziyo Bunyodovni Ozarbayjon tarixshunosligida bu yo‘nalishdagi asosiy yaratuvchilardan biri sifatida da’vo qilgan.[20]

Ijtımoıy-sıyosıy faolıyatı

tahrir

1990-yillarda Bunyodov Bokuning Ozodlik maydonida nutq so‘zlagan, Armanistonning Ozarbayjonga harakatlariga qarshi chiqqan va armanlarning iddaolariga e’tiroz bildirgan, bu sohada eng ko‘p so‘z aytgan insonlardan biri edi.[5] Ziyo Bunyodov o‘z chiqishlarida necha martalab arman tarixchilarining iddaolariga javob qaytargan.[5] Siyosatchi Siyovush Navruzovning so‘zlariga ko‘ra, 1994-yilda Bunyodov Akrom Aylislining arman bo‘lganini da’vo qilgan.[21]

1992-yilda Bunyodov Haydar Aliyevni Ozarbayjonda hokimiyat uchun ochiq va faol kurashga chaqirgan, uning hokimiyatga qaytishi haqidagi murojaatni imzolagan 91 nafar ziyolining biri edi.[22] Bunyodov 1992-yilda Yangi Ozarbayjon Partiyasi raisining muovini qilib saylangan.[2] 1995-yilda esa Milliy Majlisning deputati, ayni vaqtda xalqaro munosabatlar va parlamentlararo aloqalar doimiy kengashining ham a’zosi etib saylangan.[2]

Sumgayıt (joy nomı) hodısaları sababları haqıdagı fıkrları

tahrir

1998-yilda sodir bo‘lgan Sumgayit hodisalarining mohiyyati bilan bog‘liq Ozarbayjon matbuotida akademik Ziyo Bunyodov „Nega Sumgayit?“ maqolasida yuz bergan voqealarning asl mohiyatini oshkora ochiqlashga harakat qilgan.[23] U Moskvani bir-birovga qayrash, gijgijlash rolidan bahs etarkan, SSSR FA Afrika instituti direktori muovini A.M.Vasilyevning quyidagi so‘zlarini misol qilib keltiradi:

Agar biz jurnalning (“Narodi Azii I Afrika”) tirajini orttirmoqchi bo‘lsak, buni qilish juda oson: ozarbayjonliklarning va armanlarning etnogenezi haqida ikki maqola chop etmoq lozimdir. Boshqa “yog‘li” ildizlar ham topsa bo‘ladi.".[23]

Tomas de Vaalning so‘zlariga ko‘ra:

1989-yilning may oyida Ozarbayjon Fanlar Akademiyasining o‘sha vaqtdagi prezidenti, eng mashur ozarbayjonlik armanifob va tarixchi Ziyo Bunyodov inkor etuvchi eng izchil variantni ilgari surdi. U “Nima uchun Sumgayit?” maqolasida shunday bir xulosaga keladiki, armanlar Ozarbayjonni obro‘sizlantirish va arman millatchi harakatiga turtki berish maqsadi bilan Sumgayit bosqinlarini o‘zlari amalga oshirgandilar. Bunyodov yozadi: “Sumgayit fojiasini arman millatchilari aniqlik bilan hozirlaganlar. Uning boshlanishiga bir necha soat qolganida televideniyaning arman foto-muxbirlari va suratga olish guruhi shaharga yashirincha kelib, shay holatda voqealarning boshlanishini kutishga kirishadilar. Ilk jinoyatni Grigoryan amalga oshirgandir. O‘zini Ozarbayjonlik qilib ko‘rsatib, Sumgayitda 5 nafar armanni o‘ldirgandir.[24]

Bunyodovning so‘zlariga ko‘ra:

Nima uchun Sumgayit? Unga ko‘raki, dashnoqlarda yangidan, yana bir bor rassom Vereshshagining „Urush apofeozi“ asarini „arman bosh suyaklari“ bilan zamonaviy fotografiyaga aylantirish istagi bor edi.[25]

Tomas de Vaalga ko‘ra, Bunyodovning maqolasi shu qadar ishonarsiz ediki, hatto armanlar uni chop etgandi.[26] Ayni vaqtda Ziyo Bunyodov yuzaga chiqargandiki, Boku va Sumgayitga arman emissarlarining kelishi fevral oyida armanlarning banklardan o‘z jamg‘armalarini olib qo‘yishi bilan bog‘liq.[27]

Vafotı

tahrir
 
Ziyo Buniyotovning qabriga qoʻyilgan haykali. Boku.

1997-yilning 21-fevral sanasida o‘zi yashagan binoning oldida jinoyatkor guruh tomonidan o‘ldirilgan. [28] O‘ldirilishidan biroz muddat avval qo‘lida Mudofaa vazirligidagi korrupsiya bilan bog‘liq hujjat borligini aytgan.[29] Bu hujjatlar haqida parlamentning yopiq majlisida hamkasblariga ma’lumot berishi ham aytiladi. Akademikning „Hizbulloh“ a’zolari tomonidan o‘ldirilgani va bu bilan bog‘liq bir necha nafar shaxsning ozodlikdan mahrum qilingani-da aytiladi.[30][31]

1997-yil 23-fevral kuni Shahriyor nomidagi Madaniyat Markazida u bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tadi.[32] Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Haydar Aliyevning vidolashuv marosimidagi nutqidan:

Bu qadar daho, bu qadar oliy, bu qadar buyuk hayot yo‘li kechgan shaxsiyatga otilgan o‘q Ozarbayjon xalqiga qilingan tajovuzdir, Ozarbayjon xalqiga otilgan o‘qdir. Chunki, Ziyo Bunyodov Ozarbayjon xalqini eng go‘zal ulug‘lagan shaxsiyatlardan biri va u shaxsiyatlarning ichida tanlangani edi[32]

1997-yili Bokuda joylashgan Faxriy Xiyobonga dafn etilgan.

Shaxsıy hayotı

tahrir
 
Bokudagi uy, Ziyo Buniyadov 1964 yildan 1997 yilgacha yashagan

Boshida araxchin (bosh kiyimning bir turi) ga o‘xshash bosh kiyimi bo‘lishini yaxshi ko‘rardi.[5] Dengiz qo‘ynida xayolga tolmoq uning eng sevimli odati edi.[33]

Oılası

tahrir

1947-yilda Ziyo Bunyodov Tohira Bunyodova bilan oila qurgan va umrining oxiriga qadar u bilan birga bo‘ladi.[34][35] Uning Haydar va Jamil ismli 2 nafar o‘g‘il farzandi bo‘lgan.[35]

Zıyo Bunyodov haqıda fıkrlar

tahrir

Dunyoning va Ozarbayjonning ijtimoiy va siyosiy xodimlarining Ozarbayjonning eng tajribali sharqshunoslaridan biri Ziyo Bunyodov haqida aytilgan fikrlari ijobiy va qiziqarlidir. Bu fikrlardan bir nechtasi quyidagilardir:

„U o‘z borlig‘i bilan shunday inson ediki, sharafli hayot yo‘li bilan shunday yuksak saviyali shaxsiyat ediki, u haqida qanchalik ko‘p gapirsak-da uning asl bahosini, qiymatini bera olmagaymiz“, - deydi Haydar Aliyev.[5]

„Uni haqli o‘laroq „bilim xazinasi“ deya atardilar. U o‘rta asrlar va manbashunoslik uzra ilmiy maktabning asoschisi edi“ - deb aytgan edi Ziyod Samadzoda.[33]

„Bunyodov juda mehnatkash edi. Uning aqliy qobiliyati meni shu qadar hayratda qoldirardiki, o‘zligimda uni eng zamonaviy kompyuterga o‘xshatardim“ – Gavhar Baxshaliyeva.[34]

„Ziyo Bunyodov xalqimiz dushmanlarining qarshisida bir ma’noli o‘laroq hamisha to‘g‘ri mavqe tutishi bilan tanlanardi“ – deya fikr bildiradi Yoqub Mahmudov.[34]

Merosı

tahrir

Bokuda Sharqshunoslik instituti va prospekti, Astara shahridagi 2-sonli o‘rta maktab, Go‘ychay shaharidagi 3-sonli o‘rta maktab va ko‘chaga uning nomi berilgan.[36][37][38][39]

2012-yilda Ziyo Bunyodovning 90 yilligiga bag‘ishlangan Boku davlat universitetida „Ziyo Bunyodov ko‘rkamli Ozarbayjon tarixchisi va sharqshunos olimidir“ mavzusida ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tadi.[40][41] Shu yilning 20-25-dekabr kunlarida Boku shahar Yoshlar va sport bosh boshqarmasi tomonidan Ozarbayjon davlat jismoniy tarbiya va sport akademiyasining o‘q otish poligonlarida uning xotirasiga bag‘ishlab o‘q otish bo‘yicha Boku shahar VIII ochiq turniri ham tashkil etilgan.[42]

2015-yilning 14-may kuni Boku Ziyo Bunyodovning „Xorazmshohlar – Anushteginiylar davlati 1097-1231-yillarda“ nomli ingliz tilida nashr etilgan kitobining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tgan.[43]

Unvon va mukofotları

tahrir
  • 1942 —   „Jasorat uchun“ medali [2]
  • 1942 —   Aleksandr Nevskiy ordeni[2]
  • 1942 —   „Stalingrad mudofaasi uchun“ medali[2]
  • 1944 —   „Qafqaz mudofaasi uchun“ medali[2]
  • 1945 —  } Sovet ittifoqi qahramoni[2]
  • 1945 —   1-darajali Vatan urushi ordeni[2]
  • 1945 —   „Qizil yulduz“ ordeni[2]
  • 1945 —   Lenin ordeni[2]
  • 1945 —   Qizil Bayroq ordeni[2]
  • 1945 —   „Oktabr inqilobi“ ordeni[2]
  • 1945 —   III darajali Bogdan Xmelnitski ordeni[2]
  • 1945 —   „Berlinning olinishi uchun“ medali[2]
  • 1945 —   „1941-1945-yillar Buyuk Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun“ medali[2]
  • 1946 —   „Vaffenbrudershaft“ medali[2]
  • 1946 —   Artur Bekker medali[2]
  • 1965 —   „1941-1945-yillar Buyuk Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan g‘alabaning 20 yilligi“ yubileyi medali[2]
  • 1975 —   „1941-1945-yillar Buyuk Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan g‘alabaning 30 yilligi“ yubileyi medali[2]
  • 1982 —   Ozarbayjon SSSR da xizmat ko‘rsatgan ilm xodimi[44]
  • 1983 —   SSSR Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi kumush medali (ilmda qozongan yutuqlari uchun)[2]
  • 1985 —   „1941-1945-yillar Buyuk Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan g‘alabaning 40 yilligi“ yubileyi medali[2]
  • 1993 —   Abbosgulu og‘a Bakixanov nomidagi mukofot[2]
  • 1998 —   „Istiqlol ordeni“ (vafotidan so‘ng)[2]

Faxrıy vatandoshlık

tahrir
  • 1985 —   Berlin Pankov rayonining Faxriy vatandoshi[2]
  • 1988 —   Urganch shahrining ilk Faxriy vatandoshi[2]
  • 1993 —   Astara shahrining Faxriy vatandoshi[2]
  • 1994 —   Go‘ychay shahrining Faxriy vatandoshi[2]

Bıblıografıya

tahrir

Asarlari

tahrir
  • Азербайджан в VII–IX вв. Автор: Зия Мусаевич Буниятов; Редактор: Зелик Иосифович Ямпольский. Баку: Издательство Академия наук Азербайджанской ССР, 1965, 383 стр.
  • Azərbaycan Atabəylər dövləti (1136–1225-ci illər). Rus dilindən tərc. ed. C. V. Qəhrəmanov. Bakı: AMEA Şərqşünaslıq İnstitutu, "Elm", 1985.
  • Azərbaycan VII–IX əsrlərdə. Rus dilindən tərcümə edənlər: Cabbar Cabbarov və Həsən Əlizadə. Bakı: "Şərq-Qərb", 2007, 424 səhifə. ISBN 9789952340853
  • Dinlər, təriqətlər, məzhəblər (ensiklopedik soraq kitabı). Bakı: "Şərq-Qərb", 2007.
  • Qırmızı terror. Bakı: "Azərnəşr", 1993.
  • Xarəzmşahlar-Anuştəkinilər dövləti.[45]
  • Герой Советского Союза Зия Буниятов // Бакинский рабочий. — 1945. — 6 апр. — С. 1.
  • ''З. Буниятов''. Путь, озаренный славой // Бакинский рабочий. — 1945. — 22 июнь. — С. 3.
  • ''В. Зубков''. Зия Буниятов — всегда в поиске//«Советский Союз» № 4 (422), 1985 г.
  • Crombach, S. G. (2019). [1]

Maqolalari

tahrir
  • Bobak va Bizans.[46]
  • Shaki qal’asining joylashuvi haqida yangi ma’lumotlar.[46]
  • Bazz qal’asini mahalliylashtirish haqida.[46]
  • „Mingachavir“ nomi haqida.[46]
  • „Xurram“ so‘zi haqida.[46]
  • „Abu Hajjoh haqida bir necha so‘z“.[47]
  • „Qur’onning 36-yosin suras haqida bir necha so‘z“.[47]
  • „Mxitar Goshning Alban xronikasi“.[47]
  • „Kogon sarlavhasi haqida“.[47]
  • „Qora papaglar“ (Papaq – bosh kiyimining bir turi)[47]
  • „Miflar va mif to‘quvchilar“.[48]
  • „Yillik bo'lmagan shakllar“.[48]
  • „Nega Sumgayit voqealarining analizi“.[48]
  • „Gevorg Emining majburiy dialogi haqida“.[48]

Publitsistika

tahrir
  • Qaysi Naxchivon?[49]
  • Shoh Ismoil yoxud Xatoiy[49]
  • Xalqning rahbari[49]
  • Kimdir gunohkor?[49]
  • Maroqli tadqiqot asari[49]

Tarjimalari

tahrir
  • Moisey Kalankatuklu „Alban tarixi“. Mxitar Gosh „Alban solnomasi“ Mətn. Bakı: "Avrasiya press", 2006.
  • Al-Bakuvining „Kitob talxisi-i-asar“ (1971)[45]
  • An-Nasaviyning „Sulton Jaloliddin Mankburnining hayot tasviri“ (1973)[45]
  • Al-Husayniyning „Axboru-d-davlati-s-saljuqiyya“ (1980)[45]
  • İbn Asam al-Kufining „Fathlar kitobi“ (1981)[45]
  • Mixail Kolosov. Vəzifədə Mətn [sayt ishlamaydi][50]

Manbalar

tahrir
  1. „Буниятов Зия Мусаевич“. 2010-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 20-avgust.
  2. 2,00 2,01 2,02 2,03 2,04 2,05 2,06 2,07 2,08 2,09 2,10 2,11 2,12 2,13 2,14 2,15 2,16 2,17 2,18 2,19 2,20 2,21 2,22 2,23 2,24 2,25 2,26 2,27 2,28 2,29 2,30 2,31 2,32 2,33 2,34 2,35 2,36 2,37 2,38 2,39 2,40 2,41 2,42 2,43 2,44 2,45 2,46 2,47 2,48 2,49 2,50 2,51 2,52 2,53 2,54 2,55 2,56 2,57 2,58 2,59 2,60 2,61 2,62 2,63 2,64 2,65 2,66 2,67 2,68 2,69 Rəsmi Bioqrafiyası
  3. Tahirə Bünyadova "Ölümdən güclü", Bakı, Elm, 2002, səh. 494.
  4. „Ziya Bünyadov cərimə rotasında Qəhrəman adını necə aldı?“. 2015-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-avgust.
  5. 5,00 5,01 5,02 5,03 5,04 5,05 5,06 5,07 5,08 5,09 5,10 „Qəhrəman kimi döyüşdü, qəhrəman kimi yaşadı“. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-avgust.
  6. Ziya Musa oğlu Bünyadov. Biblioqrafiya. -Bakı, "Nurlan", 2004. 112 s.
  7. 7,0 7,1 „Akademik Ziya Bünyadovun fərziyyəsi: "Nəsimini diri-diri soymayıblar"“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-avgust.
  8. Akademik Ziya BÜNYADOV "Azərbaycan şərqşünaslığı" jurnalı; N1, 2009."
  9. 9,0 9,1 „Ziya Bünyadovla Zori Balayanı eyniləşdirdi“. 2011-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-avgust.
  10. „Мхитар Гош. Албанская хроника. Баку. Элм. 1960“. 2015-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-avgust.
  11. The Heavenly Rose-Garden: A History of Shirvan & Daghestan. Abbas-Kuli-Aga Bakikhanov, Willem Floor, Hasan Javadi. — Mage Publishers, 2009 — ISBN 1-933823-27-5. Стр. xvi. Флор и Джавади — иранисты, авторы множества статье в авторитетной энциклопедии Ираника (Wayback Machine saytida 2019-04-16 sanasida arxivlangan) Andoza:Vebarxiv
  12. Г. Берадзе. Из истории изучения одного уникального касыда Фалака Ширвани (Andoza:Dil-ka). Журнал "МАЦНЭ" (языка и литературы) 1975 год, № 4, стр. 168–174. На груз. языке.
  13. К. А. Мелик-Огаджанян. ИСТОРИКО-ЛИТЕРАТУРНАЯ КОНЦЕПЦИЯ 3. БУНИЯТОВА. (В сборнике "К освещению проблем истории и культуры Кавказской Албании и восточных провинций Армении", Изд-во Ерев. ун-та, 1991, ISBN 5-8084-0115-1) " "То, что в "Судебник" без всякой системы и руководящей нити вошли,— читаем дальше, — наряду с законами Восточной Римской империи, албанские законы, "Законы Моисея" и армянские народные обычаи, вовсе не подтверждает принадлежность его к документам армянского права" // Эта цитата с приведенными в кавычках словами "законы Моисея" отсылает читателя к переводу "Истории" Киракоса Гандза-кеци (см. Примеч. 590, Т- И. Тер-Григоряна, стр. 260). (…) Т. Тер-Григорян, научный сотрудник Института истории АН Аз. ССР, на которого опираются 3. Буниятов и 3. Ямпольский, пишет: "В состав "Судебника" без всякой системы и руководящей нити вошли, кроме законов Восточной Римской империи, албанские и армянские народные обычаи, церковные каноны, "законы Моисея" (курсив наш—К. М.~0.). // Внимательный читатель без труда заметит, как произвольно обращаются автор и редактор его с источниками, как они жонглируют для обоснования своей лженаучной концепции.//Что же им удалось "научно" обосновать? Они лишь переставили одни обороты, другие — разъединили, словечка два заменили или поместили в кавычах. В результате получился новый текст-конгломерат с тенденцией отрицания армянского происхождения "Судебника","
  14. К. А. Мелик-Огаджанян. ИСТОРИКО-ЛИТЕРАТУРНАЯ КОНЦЕПЦИЯ 3. БУНИЯТОВА. (В сборнике "К освещению проблем истории и культуры Кавказской Албании и восточных провинций Армении", Изд-во Ерев. ун-та, 1991, ISBN 5-8084-0115-1) "Арменизация велась насильственно, при этом армянское духовенство применяло суровые меры и "руками арабских властей уничтожило все литературные памятники албанов"(1), а исламизация—добровольно, как спасение от армянских поработителей-ассимиляторов", ссылка (1): "При этом 3. Буниятов ссылается на книгу М. Орманяна "Армянская церковь" (Москва, 1913), с.45 и 118, хотя на указанных страницах книги нет даже намека на это"
  15. Ст. Т.Мелик-Бахшян. Об одном "разъяснении З.Буниятова". (В сборнике "К освещению проблем истории и культуры Кавказской Албании и восточных провинций Армении", Изд-во Ерев. ун-та, 1991, ISBN 5-8084-0115-1). "Нетрудно заметить, что З.Буниятов "переработал" первоисточник. Искажая ясные и чёткие сведения историка, он создает компилятивный текст, заключает его в кавычки и со спокойной совестью отсылает читателей к соответствующей странице русского перевода, не забывая даже указать на страницу английского перевода."
  16. 16,0 16,1 „Мхитар Гош, Албанская хроника. Предисловие, перевод и комментарии 3.М. Буниятова, Баку, 1960“. 2014-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 23-avgust.
  17. TWO CHRONICLES ON THE HISTORY OF KARABAGH by G. BOURNOUTIAN. Mazda Academic Press, 2004. Communicated by Barlow Der Murgdechian to Society of Armenian Studies List. "George Bournoutian’s new book, "Two Chronicles on the History of Karabagh" has been published by Mazda Academic Press. The study is an annotated English translation of two Muslim historians, Mirza Jamal and Mirza Adigozal Beg, who in the first half of the 19th century wrote histories of Karabagh. Contrary to current Azeri claims, both sources detail a strong Armenian presence in Karabagh centuries before the Russian conquest of the region. Azeri academics, led by the late Ziya Buniatov, have removed most references of an Armenian presence in Karabagh in new editions of these and other primary sources. Bournoutian has used the original manuscripts in Baku and has indicated the expunged material. In addition, the book contains various other primary non-Armeian sourcesand, for the sake of objectivity, is practically devoid of works by Armenian historians. The 300 page book includes an introduction, glossary, five maps, and an index. It can be obtained from NAASR or form Mazda Press in early October."
  18. „Rewriting History: Recent Azeri Alterations of Primary Sources Dealing with Karabakh George A. Bournoutian“. 2001-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 23-avgust.
  19. Shnirelman, Viktor. Voyni Pamyati, 2003. 
  20. Shnirelman, Viktor. Voyni Pamyati — 216-222-bet. Qaraldi: 2015-yil 23-avgust. 
  21. „Siyavuş Novruzov: "Oğlum da deputat olmaq istəyir" – MÜSAHİBƏ“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-avgust.
  22. „Heydər Əliyevi hakimiyyətə çağıran "91-lər": məşhur müraciətdən 20 il keçir – SİYAHI“. modern.az. modern.az. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-dekabr.
  23. 23,0 23,1 „Sumqayıt hadisəsinə dair Adam Şiffi təxribatı“. 2015-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-avgust.
  24. [Tomas de Vaal. Qara Bağ: Ermənistan və Azərbaycan sülh və savaş yollarında, 56 səh.]
  25. „Why Sumqayit? A situational analysis“. 2014-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-avgust.
  26. „Qara Bağ: Ermənistan və Azərbaycan sülh və savaş yollarında. İkinci hissə“. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-avgust.
  27. „Sumqayıt hadisələri 1988. Dövri mətbuat 2011-ci il“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-avgust.
  28. Qaralov: "Ziya Bünyadovun qətlini İranın dini dairələri sifariş edib" [sayt ishlamaydi]
  29. "Ziya Bünyadovun qətlini İranın dini dairəsi sifariş edib" [sayt ishlamaydi]
  30. „Azerbaijan Increasingly Caught Between Salafism and Iran“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-avgust.
  31. „Ziya Bünyadovun qətli ilə bağlı yeni təfərrüatlar“. 2021-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-avgust.
  32. 32,0 32,1 „Görkəmli alim və ictimai xadim, akademik Ziya Bünyadovla vidalaşma mərasimində Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Heydər Əliyevin nitqi – Şəhriyar adına Mədəniyyət Mərkəzi, 23 fevral 1997-ci il“. 2015-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-avgust.
  33. 33,0 33,1 „O, DAHİLİK ABİDƏSİ İDİ“. 2015-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-avgust.
  34. 34,0 34,1 34,2 Qafqazda Azərbaycan xalqının daha qədimdən məskunlaşdığını sübuta yetirən böyük alim [sayt ishlamaydi]
  35. 35,0 35,1 „Ziya Bünyadovun xanımı: "Mən üç kişi itirmişəm" – "Köhnə ev"də Tahirə xanımın xatirələri...“. 2013-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-fevral.
  36. „Azərbaycanlı deputatlar Rumıniyadakı beynəlxalq konfransda iştirak ediblər (fotolar)“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-avgust.
  37. „Nazir müavini: "Şəhidlər Xiyabanının da qarşısında yeraltı keçid tikiləcək"“. 2011-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-avgust.
  38. „Göyçayda faciə: ata və iki azyaşlı uşağı yanaraq öldü – TƏFƏRRÜAT“. 2015-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-avgust.
  39. „Astara və Ağdam məktəbləri qardaşlaşıb“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-avgust.
  40. BDU-da Ziya Bünyadovla bağlı elmi konfrans keçirilib [sayt ishlamaydi]
  41. „Ziya Bünyadov – hərbçi, zabit, qəhrəman, döyüşçü, alim...“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-avgust.
  42. „Akademik Ziya Bünyadovun xatirəsinə həsr olunmuş güllə atıcılığı üzrə Bakı şəhər VIII açıq turniri keçirilmişdir.“. 2015-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-avgust.
  43. „Ziya Bünyadovun ən məşhur əsərlərindən biri ingilis dilinə çevrildi“. 2015-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-avgust.
  44. Respublikanın elmi işçilərinə Azərbaycan SSR fəxri adları verilməsi haqqında Azərbaycan SSR Ali Soveti Rəyasət Heyətinin 2 dekabr 1982-ci il tarixli Fərmanı Andoza:Vebarxivanl.az saytı
  45. 45,0 45,1 45,2 45,3 45,4 „ƏRƏB ÖLKƏLƏRİNİN TARİXİ VƏ İQTİSADİYYATI şöbəsi“. 2011-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-avgust.
  46. 46,0 46,1 46,2 46,3 46,4 „Tahirə Bünyadova: "Ziya mənim taleyimdir"“. 2013-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-avgust.
  47. 47,0 47,1 47,2 47,3 47,4 „Ziya Bunyadovun meqaleleri“. 2015-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 29-avgust.
  48. 48,0 48,1 48,2 48,3 „QALXAN VƏ QILINC“. 2015-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 29-avgust.
  49. 49,0 49,1 49,2 49,3 49,4 „Ziya Bunyadov.com:PUBLİSİSTİKA“. 2015-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 29-avgust.
  50. „Tercumeler“. 2015-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 29-avgust.