Burchmulla xazinasi — soʻnggi jez davriga oid moddiy madaniyat yodgorligi. Toshkeit viloyati Boʻstonliq tumaniyaagn Burchmulla qishlogʻi yaqinidan topilgan (1955). Burchmulla xazinasi topilmalari mil. av. 2—1-ming yilliklar mobaynida yaratilgan 1 nayza uchi, 4 paykon va 3 ot yugani toʻqasidan iborat. Nayza uchi (uz. 31 sm) ikki tigʻli, zoʻgʻatasi dumaloq, zoʻgʻata novi yon tomonlarida nayza dastasiga bogʻlashga moʻljallangan teshikchalar bor. Paykonlar 2 parrakli, yaproqsimon. Toʻqalar tugmasimon boʻlib, 2 tasining ilgagi kichkina, 1 tasiniki kattaroq. Burchmulla xazinasi yodgorliklari boshqa hududlardan topilgan Andronovo madaniyati yodgorliklariga koʻp jihatdan oʻxshash. Burchmulla xazinasi Oʻzbekiston FA ning Arxeologiya instituti fondida saqdanadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil