Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev

davlat va siyosat arbobi

Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev (1896-yil, Fargʻona viloyati, Rishton tumani, Uyrat qishlogʻi — 25-may 1977-yil, Fargʻona shahri) — sovet davlat va partiya arbobi, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan irrigator (1964), Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1971), KPSS aʼzosi (1927)[1].

Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev
 Fargʻona viloyati Ijroiya qoʻmitasi raisi
Mansab davri
1943 – 1952
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1896
Fargʻona viloyati, Rishton tumani, Uyrat qishlogʻi
Vafoti 1977-yil 25-may
Fargʻona shahri
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari
Unvoni
Xojai Bob qabristonida joylashga Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev haykali
Xojai Bob qabristonida joylashgan Usmonxoʻjayevlar oilasining haykallari va qabrlari.(Tasvirda: oʻng tomonda Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayevning haykali, chap tomonda esa uning oʻgʻli Inomjon Usmonxoʻjayev haykali. Yonida esa oila aʼzolarining qabrlari joylashgan)

Tarjimayi holi

tahrir

Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev 1896-yilda Rossiya imperiyasi tasarrufidagi Turkiston oʻlkasi Fargʻona viloyati Rishton volosti Uyrat qishlogʻida yollanma dehqon oilasida tavallud topgan.

Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev 1916-yilda Rishtonda boʻlib oʻtgan qoʻzgʻolonda ishtirok etgan[2]. 1916-yil 12-iyulda “Xoʻja Ilgʻor” masjidi yonidagi jangda tayoq va toshlar bilan qurollangan rishtonlik qoʻzgʻolonchilar bilan birgalikda mahalliy pristav va uning qoʻriqchilariga hujum uyushtirgan[2]. 1917–1923-yillari Fargʻona vodiysida sovet hokimiyatini oʻrnatish janglarida qatnashgan.

Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev 1917–1922-yillarda Fargʻona viloyati Rishton tumanidagi Pandigon qishloq soveti kotibi, volost oziq-ovqat otryadi inspektori; 1922–1924-yillarda Rishton tumani Ijroiya qoʻmitasi kommunal xoʻjalik boʻlimi mudiri, oziq-ovqat otryadi inspektori; 1924–1927-yillar va 1930–1933-yillarda Bagʻdod tumani Ijroiya qoʻmitasi raisi; 1927–1929-yillarda Fargʻona okrugi yer boʻlimi mudiri; 1929–1930-yillarda okrug qishloq ittifoqi raisi; 1933–1939-yillar Izboskan tumani, 1939–1943-yillar Oʻzbekiston tumanlari va 1943–1952-yillar Fargʻona viloyati Ijroiya qoʻmitasi raisi; 1952–1957-yillar Usmon Yusupov nomidagi Katta Fargʻona kanali ekspulatatsiya boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan[1][2].

Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi 10-syezdida Markaziy Komiteti aʼzosi, 12-syezdida esa Markaziy Komiteti aʼzoligiga nomzod etib saylangan. 2-chaqiriq SSSR Oliy Soveti (1946—1950), 2-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti (1947—1950) deputati boʻlgan[1].

Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev 1977-yil 25-may kuni Fargʻona shahrida vafot etgan[3].

Farzandlari

tahrir

Erkin Usmonxoʻjayev (1926—1987) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni.

Inomjon Usmonxoʻjayev (1930—2017) — Oʻzbekiston SSR davlat va partiya arbobi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi (1983—1988)[4].

Unvon va mukofotlari

tahrir
  • „O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan irrigator“ unvoni (1964)[2];
  • Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1971-yil 8-aprelda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishni rivojlantirish, davlatga dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirib berishda beshyillik rejani bajarishdagi ulkan yutuqlari, partiya xoʻjalik tashkilotlarida hamda irrigatsiya ishlarida uzoq ishlab, yuqori koʻrsatkichlarga erishgani uchun);
  • Lenin ordeni (1939-yil 23-dekabr; 1950-yil 16-yanvar; 1971-yil 4-avgust)[2];
  • Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1944-yil 25-dekabr; 1946-yil 23-yanvar; 1957-yil 11-noyabr; 1966-yil 30-aprel);
  • „Hurmat belgisi“ ordeni (1945-yil 1-oktabr);
  • Qizil Yulduz ordeni (1947-yil 6-fevral);
  • 2-daraja Vatan urushi ordeni (1945-yil 1-fevral) bilan taqdirlangan[1].

Xotira

tahrir
  • Fargʻona shahrining markaziy koʻchalaridan biri Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev nomi bilan atalgan.
  • Rishton tumanidagi qishloq fuqarolar yig‘inlaridan biriga Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev nomi berilgan.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 OʻzSE 1978, s. 622
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Timur Karimov. „Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev“ (rus tilida). 2022-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-sentyabr.
  3. Sovet Oʻzbekistoni gazetasi. „Taʼziyanoma“ 3-bet (26-may 1977-yil). 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-sentyabr.
  4. „Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev“ (rus tilida). 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-sentyabr.

Adabiyotlar

tahrir
  • Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, XI tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1978 — 656-bet. 

Havolalar

tahrir