Ceyhan — Adana viloyatining tumani. Adanadan 47 km uzoqlikda joylashgan. Bu Adananing markaziy tumanlaridan tashqarida aholisi eng koʻp boʻlgan tumandir[1][2].

Ceyhan
Tuman
Skyline of Ceyhan
Ceyhan
Bayroq
Ceyhan
Gerb
37°1′44″N 35°48′45″E / 37.02889°N 35.81250°E / 37.02889; 35.81250 G OKoordinatalari: 37°1′44″N 35°48′45″E / 37.02889°N 35.81250°E / 37.02889; 35.81250 G O
Mamlakat Turkiya
Telefon kodi +90
Ceyhan xaritada
Ceyhan
Ceyhan

Etimologiyasi tahrir

Ceyhan tashkil topganidan beri quyidagi nomlarni oldi, 1860-yilda Yarsuat, 1896-yilda Abdulhamid II nomi bilan Hamidiye, 1909-yilda Urfiya, 1929-yil 3-mayda esa respublika nomi bilan Ceyhan deb nomlangan.

Tarixi tahrir

Shahar tarixi 9 ming yil oldingi davrga kelib taqaladi. Ceyhan tekisligi Xet, Ossuriya, Finikiya, Misr, Eron, Rim va Vizantiya sivilizatsiyalariga mezbonlik qilgan.

Boğazköy va Kültepe manbalarida tilga olingan uchta qirolliklar bilan chegaradosh boʻlgan. Hususan Ceyhan daryosining sharqiy qismida Luviy podsholigi (mil.av 1900-yil), gʻarbda Arzava podsholigi (mil.av 1500 — 1333-yillar). Luviylar ossuriyaliklar, arzavonlar esa xetlar hukmronligi ostiga oʻtgan. Kizzuvatna qirolligi Ceyhan va Seyhan daryolari orasida tashkil etilgan va Xetlar hukmronligi ostida boʻlgan.

1071-yil Manzikert jangidan keyin Sulaymon Shoh (Anadolu Saljuqiylar davlatining asoschisi) 1083-yilda Ceyhan tekisligi va Adanani butunlay egalladi. 1097-yili Armaniston Kilikiya qirolligiga qoʻshilgan, Ceyhan XIV-asrda Misr mamluklari qoʻliga oʻtib, keyinchalik Dulkadir oʻgʻli knyazligiga qoʻshilgan. Oʻsha paytda uning aholisi 5000 kishi atrofida boʻlgan. Ceyhan 1353 — 1515-yillarda Mamluklarga qarashli Ramazon oʻgʻullari bekligi tasarrufida qoldi. Mamluklar va Usmonlilar 1485 — 1498- yillarda bu yerlar uchun kurashdilar. 1515-yildan boshlab Yavuz Sulton Salimning Misr ekspeditsiyasi paytida Adana yerlari Ceyhan tekisligi bilan birga Usmonlilar davlati tasarrufiga oʻtdi.

1525-yildagi Usmonlilar davlatalarining tarixiy manbalarida Yarsuvat sifatida qayd etilgan. Qrimda Yarsuvat ''daryo boʻyi '' degan maʼnoni anglatadi. Bu davrda hududga oʻrnashib olgan Kınık turkmanlari Oʻgʻuzlarning Uchok qabilalariga mansub Denizxonoʻgʻullari avlodi boʻlgan. Darhaqiqat, bugungi kunda mintaqada koʻp aholiga ega boʻlgan Sırkıntıoğullari, Karsantioʻgʻullari, Kozanoʻgʻullari, Cerit, Yüreğir, Barak kabi turkman qabilalari oʻgʻuzlarning Kinik qabilasiga qarashli boʻlgan. Koʻchmanchi oʻgʻuzlarning Turkman va Avşar qabilalari bu hududda uzoq yillar davomida qishlogʻ sifatida tanilgan.

Qrim urushidan keyin Usmonli turklar bu yerga noʻgʻay turklarini, 93-yil urushidan keyin esa Rumeli turklarini joylashtirdilar. 1896-yilda Abdulhamid II tomonidan Hamidiye deb nomlangan. 1908-yilga kelib Urfiye deb oʻzgartirilgan.

1926-yil 19-iyulda tuman maqomini olib, Cebelibereket (Osmaniya) viloyatiga qoʻshildi. 1920-yil 3-mayda qabul qilingan qonunda nomi Ceyhanga oʻzgartirilgan. 1933-yilda Cebelibereket viloyatining tumani sifatida rasman eʼlon qilindi.

Geografiyasi va iqlimi tahrir

O'rta yer dengizi mintaqasida joylashgan Ceyhan Adanadan 47 km, Oʻrta yer dengizidan 30 km uzoqlikda joylashgan. Ceyhan 36 va 37 shimoliy kenglikda, 35 va 36 sharqiy uzunliklar oʻrtasida joylashgan shaharcha. Janubda Yumurtalik, shimolda Kozan, shimoli-gʻarbda Imoʻgʻli, shimoli-sharqda Kadirli, gʻarbda Yuregir, sharqda Osmaniya va Hatay viloyatining Erzin tumani bilan chegaradosh.

Tumanning asosiy qismi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan iborat boʻlib, uning maydoni 1424 km² ga boʻlib, 71 ta mahalladan iborat.

Tuman yonidan Ceyhan daryosi oqib oʻtadi va uning uzunligi 509 km. Bundan tashqari, Mercin, Karaçay, Handeresi, Çeperce tumanlaridan oʻtadi.

Yozi issiq va quruq, qishi sovuq va yomgʻirli boʻlgan tuman. Iqlimi Oʻrta yer dengizi iqlimiga xosdir. Ceyhan tekisligida yogʻingarchilik miqdori 600-750 mm, togʻli hududlarda esa 750-1000 mm. Qishda 50%, bahorda 27%, kuzda 18%, yozda 5% yogʻingarchiliklar kuzatiladi.

Ceyhan juda katta oʻrman tekisliklaridan iborat. Insonlar foydalanishi uchun, oʻrmonlar vayron qilinib, qishloq xoʻjaligi hududiga aylantirildi. Lekin baʼzi joylarda qaragʻay oʻrmonlarini topish mumkin.

Ceyhan oʻrmonlaridagi qaragʻaylar yogʻoch sifatida ishlatiladi.

Aholisi tahrir

Ceyhan tumani 112 ta qishloqdan iborat.

Ceyhandagi 112 ta qishloqning, 31 tasi markazda joylashgan. 113 914 nafar aholi (70,9%) markaziy qishloqlarda istiqomat qiladi. Uning eng uzoq qishlogʻi Gunluce boʻlib, 40,5 km uzoqlikda joylashgan. Buyukmangit qishlogʻida 3806 dan yuqori kishi istiqomat qiladi. 2017-yilda Ceyhan aholisi 0,28% ga oshdi[3].

Qishloq Km* Balandlik Aholisi
2016 2017-yil 2018-yil 2019-yil
1 Adatepe 2,2 103 103
2 Altıocak 3,2 2.960 2.962
3 Aydemiroğlu 1,5 550 536
4 Belediye Evleri 3,3 6.500 6.380
5 Bota 2,1 2.277 2.202
6 Burhaniye 0,0 5.504 5.496
7 Büyükkırım 0,5 946 829
8 Civantayak 1,7 482 452
9 Cumhuriyet 1,7 10.282 10.792
10 Emek 4,9 2.487 2.394
11 Esentepe 5,4 3.162 3.193
12 Fatih Sultan Mehmet 2,4 4.819 4.670
13 Gazi Osman Paşa 2,3 6.528 6.439
14 Hürriyet 1,0 3.705 3.692
15 İnönü 3,2 1.879 1.887
16 İstiklal 2,8 9.615 10.077
17 Kaltakiye 1,5 921 852
18 Kelemeti 3,8 248 262
19 Konakoğlu 0,8 1.003 904
20 Koruklu 5,4 201 187
21 Küçükkırım 2,9 3.722 3.709
22 Mithat Paşa 1,0 3.995 4.066 4.159 4.201
23 Modernevler 2,9 1.288 1.253
24 Muradiye 1,5 2.430 2.307
25 Namık Kemal 1,8 14.836 16.064
26 Sarısakal 2,7 2.512 2.415
27 Şahin Özbilen 2,5 10.161 10.104
28 Şehit Hacı İbrahim 1,0 1.151 1.162
29 Türlübaş 1,5 1.017 1.046
30 Ulus 1,0 4.404 4.527
31 Yarsuat 2,9 3.065 2.952
Ceyhan (Markaz) 32 112.753 113.914
32 Adapınar 17,7 27 260 250
33 Ağaçlı 33,0 31 87 103
34 Ağaçpınar 11,7 43 236 232
35 Akdam 30,3 35 445 408
36 Altıgöz 26,0 31 180 169
37 Altıkara 13,8 21 72 67
38 Aydınlar 10,7 97 252 253
39 Azizli 19,9 70 337 306
40 Başören 26,3 178 1.580 1.547
41 Birkent 37,1 35 955 922
42 Burhanlı 34,5 44 311 282
43 Büyükburhaniye 12,7 65 124 125
44 Büyükmangıt 5,3 24 3.847 3.806
45 Camuzağılı 32,3 41 448 448
46 Ceyhanbekirli 26,4 33 137 149
47 Çakaldere 16,0 27 373 362
48 Çataklı 31,5 41 461 471
49 Çatalhüyük 26,0 34 210 216
50 Çevretepe 20,5 131 297 296
51 Çiçekli 14,1 61 49 56
52 Çiftlikler 6,9 34 358 353
53 Çokçapınar 13,9 37 309 317
54 Dağıstan 23,2 31 256 222
55 Değirmendere 10,0 59 346 353
56 Değirmenli 22,9 31 196 187
57 Dikilitaş 24,4 33 128 136
58 Dokuztekne 16,7 205 1.045 1.015
59 Doruk 25,1 92 2.052 1.988
60 Durhasandede 23,4 87 99 86
61 Dutlupınar 21,4 229 608 582
62 Ekinyazı 21,2 28 313 309
63 Elmagölü 20,0 30 279 355
64 Erenler 12,4 103 223 232
65 Gümürdülü 20,7 77 1.658 1.662
66 Gündoğan 25,7 109 214 222
67 Günlüce 40,5 33 237 225
68 Günyazı 15,8 33 306 309
69 Hamdilli 11,8 46 785 754
70 Hamidiye 20,5 146 75 69
71 Hamitbey 15,8 27 130 133
72 Hamitbeybucağı 16,0 26 433 417
73 Irmaklı 31,5 34 161 165
74 Isırganlı 18,0 81 317 310
75 İmran 15,7 115 343 348
76 İncetarla 9,3 27 350 344
77 İnceyer 27,0 29 131 128
78 İsalı 19,0 53 357 341
79 Karakayalı 15,0 27 241 234
80 Kılıçkaya 24,4 71 310 325
81 Kıvrıklı 10,7 48 738 722
82 Kızıldere 20,6 110 644 662
83 Köprülü 14,4 27 230 192
84 Körkuyu 11,1 26 613 591
85 Kösreli 30,6 31 1.202 1.148
86 Kurtkulağı 15,4 89 1.285 1.274
87 Kurtpınar 20,0 88 1.654 1.550
88 Kuzucak 22,0 44 553 516
89 Küçükburhaniye 11,1 33 90 91
90 Küçükmangıt 6,0 25 329 346
91 Mercimek 13,0 28 3.213 3.234
92 Mustafabeyli 26,5 38 1.680 1.767
93 Narlık 16,4 46 456 432
94 Sağırlar 16,0 167 133 135
95 Sağkaya 24,4 57 930 931
96 Sarıbahçe 24,6 31 360 363
97 Sarımazı 17,6 164 3.717 3.646
98 Selimiye 17,3 210 154 152
99 Sirkeli 8,1 31 516 480
100 Soğukpınar 15,0 145 352 332
101 Soysallı 23,8 80 837 835
102 Tatarlı 29,4 37 692 668
103 Tatlıkuyu 16,3 45 342 337
104 Toktamış 6,3 22 820 817
105 Tumlu 20,6 44 525 507
106 Üçdutyeşilova 26,0 50 547 534
107 Yalak 18,5 29 294 291
108 Yellibel 28,3 245 177 168
109 Yeniköynazımbey 14,2 28 248 254
110 Yeşilbahçe 19,1 27 542 533
111 Yeşildam 31,4 32 403 396
112 Yılankale 8,2 29 221 209
Ceyhan (Qishloq) 47.418 46.702
Ceyhan (Tuman) 160.171 160.616

* Km — Burhaniy tuman hokimligigacha boʻlgan masofa.

Sport tahrir

Sport klublari[4] tahrir

Ceyhanning (BAL) 2 ta havaskor Futbol jamoasi bor.

Jamoa nomi filiali 2016—2017-yillar 2017—2018-yillar 2018—2019-yillar
Ceyhanspor Futbol BAL BAL BAL
Ceyhan Doğan Spor Futbol BAL xx xx

Qardosh shaharlari tahrir

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. „On Dört İlde Büyükşehir Belediyesi ve Yirmi Yedi İlçe Kurulması ile Bazı Kanun ve Kanun Hükmünde Kararnamelerde Değişiklik Yapılmasına Dair Kanun“. Resmigazete.gov.tr (12 kasım 2012). 4 ağustos 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25 eylül 2020.
  2. „Tamim“ (Türkçe). Resmî Gazete (6 haziran 1956). 18 aralık 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 haziran 2022.
  3. TÜİK 1 Şubat 2018 verileri
  4. TFF