Charli XCX
Charlotte Emma Aitchison (talaffuzi: Sharlotta Emma Eytchison; 2-avgust 1992-yilda tugʻilgan) Charli XCX (talaffuzi: Charli Eks-Si-Eks) taxallusi ostida tanilgan ingliz qoʻshiqchisi va qoʻshiqnavisidir. Cambridgeda tugʻilib, Essexda oʻsgan Charli XCX 2008-yilda ashulalarini Myspace platformasida joylashtirishni boshlaydi, bu esa uning promouter tomonidan kashf etilishiga olib keldi. 2010-yilda u Asylum Records bilan shartnoma imzoladi hamda 2011- va 2012-yillarda koʻplab singllar va mixtapelar chiqardi.
Charli XCX | |
---|---|
Charli XCX 2018-yilda | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
Charlotte Emma Aitchison 2-avgust 1992-yil |
Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik |
Kasbi |
|
Leybl |
|
Janr | |
Hamkorligi | |
Faoliyat yillari | 2007 – hozirgacha |
Veb-sayt | howimfeelingnow.co.uk |
2012-yilda Charli XCX shved musiqiy guruhi Icona Pop bilan birgalikda ijro etgan „I Love It“ ashulasi ortidan xalqaro miqyosda shuhrat qozondi. Tarona Shimoliy Amerika va Yevropa musiqiy chartlarida yuqori oʻntalikka kirdi. Uning ilk studiyaviy albomi — True Romance 2013-yilda chiqarilib, musiqa tanqidchilari tomonidan ijobiy baholandi, biroq tijorat jihatdan muvaffaqiyatsiz boʻldi. 2014-yilda u amerikalik rapper Iggy Azalea bilan birgalikda ijro etilgan „Fancy“ qoʻshigʻi umumjahon boʻylab ham tijorat, ham tanqidiy jihatdan muvaffaqiyat qozondi, hatto ikkita Grammy Awardga nomzod boʻldi. Shu yili, Charli XCX „Boom Clap“ nomli ashulani ommaga havola etdi. Ashula Billboard Hot 100 chartida top oʻntalikka kirdi va Charli XCXning Hot 100 charti top oʻntaligiga kirgan ilk solosi boʻldi. Ikkinchi studiyaviy albomi boʻlmish Sucker shu yil oxirida chiqarildi. Albomning „Break the Rules“ va „Doing It“ singllari hit ashulalar boʻldi.
2015-yilda Charli XCX PC Music studiyasi produserlari bilan ishlashni boshladi. Uchinchi albomi ustida ishlayotgan bir paytda, u Vroom Vroom (2016) mini-albomi, Number 1 Angel va Pop 2 (ikkalasi ham 2017-yilda chiqarilgan) mixtapelari hamda „After the Afterparty“, „Boys“ va „1999“ ashulalarini chiqardi. Uning uchinchi va toʻrtinchi studiyaviy albomlari — Charli (2019) va How I'm Feeling Now (2020) kengqamrovli maqtovlarga sazovor boʻldi; albomlardan ikkinchisi COVID-19 pandemiyasi lokdaunlari paytida olti hafta ichida yaratilgan. 2021-yilda Charli XCX Jax Jones va Joel Corry bilan birgalikda „Out Out“ ashulasini ijro etdi. U ushbu ashula matni mualliflaridan biri hamdir. Xonandaning beshinchi albomi Crash 2022-yilning martida chiqarildi.
Oʻzining yakkaxon ijodidan tashqari, Charli XCX boshqa koʻplab xonandalarga qoʻshiqlari uchun qoʻshiqnavis oʻlaroq soʻzlar yozgan. Bular sirasiga Iggy Azalea ijrosidagi „Beg for It“ (2014), Selena Gomez ijrosidagi „Same Old Love“ (2015), Blondie ijrosidagi „Tonight“ (2017) va Shawn Mendes bilan Camila Cabello ijrosidagi „Señorita“ (2019) kabi ashulalar kiradi.
Diskografiyasi
tahrirStudiyaviy albomlar
tahrirMixtapelar
tahrirMini-albomlar
tahrirTurnelar
tahrir- 2014 : Girl Power North America Tour
- 2015 : Sucker World Tour
- 2015 : Charli and Jack Do America Tour
- 2017 : Number 1 Angel Tour
- 2019 : Charli Tour
- 2022 : "CRASH" The Live Tour
- 2011 : The Ting Tings — Show Us Yours Tour
- 2012 : Azealia Banks — Mermaid Ball
- 2012 : Coldplay — Mylo Xyloto Tour
- 2013 : Ellie Goulding — The Halcyon Days Tour
- 2013 : Marina and the Diamonds — The Lonely Hearts Club Tour
- 2013 : Paramore — The Self-Titled Tour
- 2015 : Katy Perry — The Prismatic World Tour
- 2017 : Halsey — Hopeless Fountain Kingdom World Tour
- 2017 : Sia — Nostalgic For the Present Tour
- 2018 : Taylor Swift — Taylor Swiftʼs Reputation Stadium Tour
Filmografiyasi
tahrirYil | Nom | Rol | Izohlar |
---|---|---|---|
2015 | The F-Word and Me[1] | Oʻzi | Hujjatli film |
Lost in the North | Qisqa hajmli film | ||
The 1989 World Tour Live[2] | Konsert film | ||
2016 | The Angry Birds Movie[3] | Willow | ovoz bergan |
2018 | Taylor Swift: Reputation Stadium Tour | Oʻzi | Konsert film |
2019 | UglyDolls | Kitty | ovoz bergan |
2021 | Alone Together | Oʻzi | Hujjatli film |
Manbalar
tahrir- ↑ Kreps, Daniel. „Watch Charli XCX's Feminism Film 'The F Word and Me'“. Rolling Stone. 27-fevral 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-mart 2017-yil.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ „The 1989 World Tour LIVE coming to Apple Music“. Taylor Swift. 16-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-mart 2017-yil.(Wayback Machine saytida 2017-03-16 sanasida arxivlangan)
- ↑ Stone, Natalie „Charli XCX to Voice Willow in 'Angry Birds' Movie“. The Hollywood Reporter. 16-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-mart 2017-yil.
Havolalar
tahrirVikiomborda Charli XCX haqida turkum mavjud |
- Rasmiy sayti (ingl.)
- Charli XCX IMDbda
- Charli XCX diskografiyasi Discogsda