Chechaktepa
Chechaktepa — turkiy qavmlarga tegishli qadimgi mudofaa inshooti (milodiy 4-asr oxiri —8-asr oʻrtasi). Qashqadaryo viloyatidagi Qizildaryo va Tirnasoy sohillarida joylashgan. Arxeologik qazishmalar (G.Ya. Dresvyanskaya, V. Ya. Marchuk) natijasida Chechaktepadan hokim Urka Vartarmuk (7-asr oxiri — 8-asr boshi), AlAshʼos ibn Yahyo (761—762) tangalari, shuningdek, koʻplab sopol idishlar (xumlar, koʻzalar, qadahlar, qozonlar), shisha buyumlar topilgan.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |