Sochpopuk
(Chochpopukdan yoʻnaltirildi)
Sochpopuk, chochpopuk — ayollarning soch taqinchogʻi. Uchlari popukchalar bilan tugallanadigan 2—4 (baʼzan 15—20 va undan ortiq) qalin qora ip, ipak va jundan eshilgan tutamlardan iborat. Tutamlarga turli shakldagi (kubbali silindr, konus) naychalar kdsaladi; kdsamalar S.da yey kabi joylashadi, qadamalar ostidan popukchalar chiqariladi. Baʼzan qadamalar orasida tumor, bezakli tangalar ham osilgan. S.ning soch oʻrimiga qoʻshib oʻriladigan, mayda oʻrilgan soch oʻrimlariga hamda kiyim (orqa yelka qismi)ga tikib qoʻyiladigan xillari keng tapqalgan. Shuningdek, 20-asrning oxirlarida qizchalar uchun doʻppita tikib qoʻyiladigan turi ham yuzaga keldi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |