CubeSat (Kubset) – bu 10 sm dan iborat shakl faktoriga asoslangan miniatyuralashtirilgan sunʼiy yoʻldoshlar sinfiga kiruvchi qurilmadir[1]. CubeSatlarning massasi 2 kilogrammdan oshmaydi[2] va koʻpincha ularning elektronikasi va tuzilishi uchun tijoratdan tashqari (COTS yaʼni sotuvda mavjud boʻlmagan mahsulotlar) komponentlardan foydalaniladi. CubeSatlar orbitaga Xalqaro kosmik stansiyadagi tarqatuvchilar tomonidan qoʻyiladi yoki uchirish vositasida ikkilamchi foydali yuk sifatida ishga tushiriladi[3]. 2021-yil, avgust holatiga koʻra 1600 dan ortiq CubeSatlar ishga tushirilgan[4].

Ncube-2, Norvegiya CubeSat (10 cm)

1999-yilda Kaliforniya Politexnika Davlat Universiteti (Kal Poli) professori Jordi Puig-Suari va Stenford universiteti kosmik tizimlarni rivojlantirish laboratoriyasi professori Bob Tviggs CubeSat spetsifikatsiyalarini loyihalash, ishlab chiqarish va sinovdan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan koʻnikmalarni rivojlantirish uchun bir qator ilmiy tadqiqot funksiyalarini bajaruvchi hamda yangi kosmik texnologiyalarni oʻrganuvchi past Yer orbitasiga (LEO) moʻljallangan kichik sunʼiy yoʻldoshlarni ishlab chiqadi. 2013-yilgacha ishga tushirilgan CubeSatlarning koʻpchiligi Akademiya hisobiga toʻgʻri kelgan, bunda ishga tushirishlarning yarmidan koʻpi akademik boʻlmagan maqsadlarda boʻlib, 2014-yilga kelib esa yangi oʻrnatilgan CubeSatlarning koʻpchiligi tijorat yoki havaskor loyihalar uchun edi[5].

Yillik ishga tushirilgan va rejalashtirilgan CubeSatlar 2021-yil, avgust[6]
2021-yil avgustida ishga tushirilgan CubeSatlarning umumiy soni[7]

Foydalanishlar odatda Yerni kuzatish yoki havaskor radio kabi maqsadlarga xizmat qilishi mumkin boʻlgan tajribalarni oʻz ichiga oladi. CubeSatlar kichik sunʼiy yoʻldoshlar uchun moʻljallangan yoki shubhali amalga oshirilishi mumkin boʻlgan va kattaroq sunʼiy yoʻldoshning narxini oqlashi dargumon kosmik qurilmalar texnologiyalarini namoyish qilish uchun ishlatiladi. Tasdiqlanmagan nazariya bilan ilmiy tajribalar ham CubeSatlar bortida boʻlishi mumkin, chunki ularning arzonligi yuqoridagi muammolarni oqlashi kerak edi. Biologik tadqiqotlar uchun ulardan koʻproq foydalanish rejalashtirilgan[8]. Oyga va undan tashqariga bir nechta missiyalar uchun CubeSatlaran foydalanish rejalashtirilmoqda.[9] Chuqur fazodagi birinchi CubeSatlar MarCO missiyasida uchirilgan, u yerda 2018-yil may oyida InSight muvaffaqiyatli missiyasi bilan bir qatorda ikkita CubeSatlar Mars tomon uchirilgan edi[10].

Baʼzi CubeSatlar universitetlar, davlat yoki xususiy kompaniyalar tomonidan uchiriladigan mamlakatlarning birinchi sunʼiy yoʻldoshlariga aylandi. Nanosatellit va CubeSat maʼlumotlar bazasida 1998-yildan beri ishga tushirilgan va ishga tushirilishi rejalashtirilgan 3200 dan ortiq CubeSatlar roʻyxati keltirilgan[11].

Tarixi

tahrir
 
CubeSat tuzilishi

Kaliforniya Politexnika Davlat Universiteti professorlari Jordi Puig-Suari va Stenford Universitetidan Bob Tviggs 1999-yilda[12][13] :159magistratura talabalariga birinchi kosmik kemaga oʻxshash qobiliyatga ega boʻlgan kosmik kemani loyihalash, qurish, sinovdan oʻtkazish va koinotda ishlatish imkonini berish maqsadida Cubesat uchun mos dizaynni taklif qilishdi. CubeSat, dastlab taklif qilinganidek, standart boʻlishi maqsad qilinmagandi, balki vaqt oʻtishi bilan paydo boʻlish jarayoni sabab standartga aylandi. Birinchi CubeSatlar 2003-yil iyun oyida Rossiyadagi Eurockotda ishga tushirildi va 2012-yilga kelib taxminan 75 dan ortiq CubeSatlar orbitaga chiqarildi[14].

Manbalar

tahrir
  1. CubeSat Design Specification Rev. 13, The CubeSat Program, Cal Poly SLO
  2. Cubesat Design Specification (en). San Luis Obispo: Cal Poly SLO, 2020 — 12-bet. 
  3. „CubeSat Database – swartwout“. sites.google.com. Qaraldi: 2015-yil 19-oktyabr.
  4. Kulu. „Nanosatellite & CubeSat Database“. Nanosatellite & CubeSat Database (28-avgust 2020-yil). Qaraldi: 28-avgust 2021-yil.
  5. „CubeSat Database – swartwout“. sites.google.com. Qaraldi: 2015-yil 19-oktyabr.
  6. „Nanosatellites by launch years“. nanosats.eu. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
  7. „Total CubeSats Launched“. nanosats.eu. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
  8. „Tiny Satellites for Big Science – Astrobiology Magazine“. Astrobiology Magazine (2010-yil 12-iyul). Qaraldi: 2015-yil 20-oktyabr.
  9. „Tiny Cubesats Set to Explore Deep Space“. Space.com. Qaraldi: 2015-yil 20-oktyabr.
  10. Stirone, Shannon. „Space Is Very Big. Some of Its New Explorers Will Be Tiny. – The success of NASA's MarCO mission means that so-called cubesats likely will travel to distant reaches of our solar system.“. The New York Times (18-mart 2019-yil). Qaraldi: 18-mart 2019-yil.
  11. Kulu. „Nanosatellite & CubeSat Database“. Nanosatellite & CubeSat Database (28-avgust 2020-yil). Qaraldi: 28-avgust 2021-yil.
  12. Messier, Douglas. „Tiny 'Cubesats' Gaining Bigger Role in Space“. Space.com (22-may 2015-yil). Qaraldi: 2015-yil 23-may.
  13. Small Satellites: Past, Present, and Future Helvajian: . El Segundo, Calif.: Aerospace Press, 2008. ISBN 978-1-884989-22-3. 
  14. Cubist Movement. Space News (2012-yil 13-avgust), s. 30. „When professors Jordi Puig-Suari of California Polytechnic State University and Bob Twiggs of Stanford University invented the CubeSat, they never imagined that the tiny satellites would be adopted by universities, companies and government agencies around the world. They simply wanted to design a spacecraft with capabilities similar to Sputnik that graduate student could design, build, test and operate. For size, the professors settled on a ten-centimeter cube because it was large enough to accommodate a basic communications payload, solar panels and a battery.“.