Dario Luigi Angelo Fo (1926-yil 24-mart — 2016-yil-13-oktyabr) — italiyalik dramaturg, aktyor, teatr rejissyori, sahna rassomi, qoʻshiqlar muallifi, Italiya chap qanot partiyasining siyosiy targʻibotchisi va 1997-yil adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureati edi[2]. Oʻz davrida u „jahon teatrida asarlari eng koʻp ijro etilgan zamonaviy dramaturg“ boʻlgan edi[3]. Uning dramatik asarlarining aksariyati improvizatsiyaga bogʻliq boʻlib, teatrning „noqonuniy“ shakllarini masalan, giullari (oʻrta asrlarga xos yoʻnalish)[4] va eng mashhuri, qadimgi italyan commedia dell’arte uslublarini tiklashga asoslangan[5].

Dario Fo
Asl ismi Dario Luigi Angelo Fo
Tavalludi 1926-yil, 24-mart
Leggiuno, Sangiano, Varese, Italiya
Vafoti 2016-yil, 13-oktabr
Milan, Italiya
Ijod qilgan tillari Italyan tili[1]
Fuqaroligi Italiya
Faoliyat turi Ssenariynavis, aktyor, rejissyor, kompozitor
Janr Drama
Mukofotlari

Nobel Prize in Literature,

1997
Veb-sayti
www.dariofo.it

Uning pyesalari 30 ta tilga tarjima qilingan va butun dunyoda, jumladan Argentina, Bolgariya, Kanada, Chili, Eron, Niderlandiya, Polsha, Ruminiya, Janubiy Afrika, Janubiy Koreya, Ispaniya, Shri-Lanka[6], Shvetsiya, Buyuk Britaniya[7], AQSH[8] va Yugoslaviyada sahnalashtirilgan[9][10]. Uning 1960, 1970 va 1980-yillardagi ishlari suiqasdlar, korrupsiya, uyushgan jinoyatchilik, irqchilik, Rim-katolik ilohiyotshunosligi va urush tanqid qilingani bilan ajralib turadi. 1990 va 2000-yillar davomida u Forza Italia va uning rahbari Silvio Berlusconini ijodiy tanqid qilib kelgan. 2010-yillarda esa, u European sovereign debt crisis (Yevropa suveren qarz inqirozi) sharoitida banklardagi vaziyatlarni yoritishga harakat qilgan. Shuningdek, 2010-yillarda u Beppe Grillo boshchiligidagi „Five Star Movement“ harakatining asosiy mafkurachiga aylandi[11], bu harakat aʼzolari uni „Master“ (ustoz, usta) deb atalgan.

Foning „Mistero Buffo“ deb nomlangan va Yevropa, Kanada va Lotin Amerikasi boʻylab 30 yil davomida namoyish etilgan, pièce célèbre urushdan keyingi Yevropa teatridagi eng bahsli va mashhur tomoshalardan biri sifatida tan olingan va kardinal Ugo Poletti va kardinal Vicar tomonidan Rim yeparxiyasi uchun „televidenie tarixidagi eng kufrli shou“ sifatida qoralangan[2][12]. Asardagi Non Si Paga! Non Si Paga! jumlasining (Toʻlay olmaysizmi? Toʻlamang!) ingliz tilidagi tarjimasi faol ravishda qoʻllana boshladi[13]. „Pyesa ishchilar sinfining harakatlari va reaksiyalaridagi universal jihatlarni aks ettiradi“.

Uning 1997-yil adabiyot boʻyicha Nobel mukofotini olishi „XX asr jahon teatridagi asosiy shaxs sifatida Foning xalqaro eʼtirofini“ belgilab berdi[14]. Shvetsiya akademiyasi Foni „hokimiyatni soʻz bilan savalab, ezilganlarning qadr-qimmatini himoya qilishda oʻrta asrlarning hazil-mutoyibalariga xos ravishda taqlid qiluvchi“ yozuvchi sifatida eʼtirof etgan[15]. F teatr kompaniyasiga egalik qilgan va uni boshqargan. Fo eʼtiqod jihatdan ateist edi[16].

Yoshlik davri va taʼlim tahrir

Toʻngʻich farzand Fo Lago Maggiorening sharqiy qirgʻogʻi yaqinidagi Lombardiyaning Varese provinsiyasidagi Sangiano shahrida tugʻilgan[17]. Uning ukasi Fulvio teatr maʼmuri, singlisi Bianka Fo Garambois yozuvchi boʻlmoqchi edi[17]. Ularning onasi, Pina Rota Fo, dehqonlar oilasidan boʻlib, bir paytlar urushlar orasidagi hudud haqida „Il paese delle rane“ kitobini yozgan (Qurbaqalar mamlakati, 1978)[17]. Otasi Felice Italiya davlat temir yoʻlining stansiya boshligʻi boʻlgan va yangi lavozimlarga koʻchirilganidan soʻng, oila koʻpincha Shveysariya chegarasi boʻylab koʻchib yurgan[17]. Sotsialist Felice ham aktyor boʻlib, havaskor teatr jamoasida Ibsen asarlarida rol oʻynab ishtirok etgan[17]. Fo hikoya qilishni ona tomondan bobosi va lombard baliqchilari hamda shisha ustalaridan oʻrgangan. Foning bolaligi oʻtgan joylar orasida Porto Valtravaglia ham boʻlgan, bu koloniyada Italiyadagi aqldan ozgan odamlarning eng koʻp foizi istiqomat qilar edi[18].

1942-yilda Fo Brera Academyda oʻqish uchun Milanga koʻchib oʻtdi[18]. Biroq, bu vaqtda Ikkinchi Jahon urushi boshlanib qoldi. 16 yoshida Fo Mussolinining „Repubblica Sociale Italiana“ fashistik armiyasi tomonidan chaqirilgan soʻnggi avlod askarlarining aʼzosiga aylandi. Yillar oʻtib, uning qaysi ijtimoiy guruhga mansubligi haqida soʻrashganda, Fo dastlab oilasi anti-fashistik harakatda faol boʻlganligi sababli past harbiy darajani qabul qilishni afzal koʻrganligini aytgan. Fo otasiga yashirincha qochqinlar va ittifoqchilar askarlarini lombard dehqonlari qiyofasida yashirib, Shveysariyaga olib oʻtishda yordam bergan[18]. Uning otasi, shuningdek, yahudiy olimlarni Shveysariyagacha yashirincha olib oʻtishda yordam bergan deb taxmin qilinadi[19]. Urush tugashi yaqinlashganda, Fo oʻq-dorilar yetishmasligi tufayli uni tez orada xizmatdan olishlarini taxmin qilgan holda harbiy-dengiz kuchlarining zenit diviziyasiga qoʻshildi. U adashgan edi, chunki uni Benito Mussolinining oʻzi keltirilgan Monzadagi lagerga joʻnatishgan. Fo koʻp oʻtmay yolgʻon hujjatlar yordamida xizmatni tashlab ketib, parashyutchilar eskadroniga qoʻshilishdan oldin bir muddat bekor yurdi. Keyin u bu yerdagi xizmatni ham tark etdi, bu esa Resistance (Qarshilik harakati) uchun keyingi muvaffaqiyatsiz qidiruvga sabab boʻldi, qidiruv davomida u qishloqning ovloq joylarida tunab yurdi[18].

Urushdan keyin Fo Brera Academyga qaytib, Politecnico di Milanoda arxitektura fakultetiga oʻqishga kirdi[18]. U Rim meʼmorchiligi boʻyicha dissertatsiya boshladi, ammo, urushdan keyingi arxitektorlar undan kutayotgan arzon-garov ishlarni bajarishni istamagani uchun yakuniy imtihonlari oldidan oʻqishni tark etdi[18]. U bundan tushkunlikka tushdi; va bir shifokor unga quvonch keltiradigan narsalarga vaqt sarflashni tavsiya qildi[18]. U rasm chizishni boshladi va piccoli teatri (kichik teatrlar) harakatida ishtirok etdi, unda u improvizatsiya qilingan monologlarni ijro eta boshladi[20].

U oʻz ijodiga Beolco, Brecht, Chekhov, De Filippo, Gramsci, Mayakovskiy, Moliere, Shaw va Strehler taʼsiri mavjud deb hisoblar edi[21][22][23].

Faoliyati tahrir

1950-yillar tahrir

1950-yilda Fo Franko Parenti bilan radio aktyorlari tomonidan ijro etilgan estrada shousida ishlashni soʻradi va shundan soʻng 1954-yilgacha davom etadigan ijodiy hamkorlikni boshladi. Fo oʻzining voyaga yetish davri haqidagi hikoyalari bilan tomoshabinlarni zavqlantirardi, bu hikoyalar Parentida ham katta taassurot qoldirdi va ularni „mutlaqo oʻziga xos, gʻayrioddiy yumor, donolik va timsollardan mohirona foydalanilgan“ deb taʼrifladi. U bu haqida yana shunday degan edi: „Spektakl tugagach, biz koʻl boʻylab sayr qilardik va u menga koʻproq hikoyalar aytib berardi. Shunday qilib, biz haqiqatdan nusxa koʻchirmaydigan, balki odamlarni jalb qiladigan va oʻz pozitsiyasini ega yangi turdagi revue loyihasini yaratdik.“[24]

1951-yil oxirida, Fo Parenti bilan tajriba orttirganidan soʻng, RAI Italiya milliy radiostansiyasi uni shanba oqshomida Parentining „Anacleto the Gas Man“ filmidan keyin efirga uzatiladigan „Poer nano“ (Bechoragina) komediya serialini yakkaxon ijro etishga taklif qildi. Fo Injil va tarixiy ertaklar asosida kattalar uchun 18 ta ertak monologini yaratdi. Serialda, shuningdek, turli xil oʻzgarishlar kiritilgan Shekspir ertaklari namoyish etildi, masalan, Hamletning ertak versiyasida, titul qahramoni onasi bilan munosabatlarni davom ettirish uchun otasini oʻldiradi; Ofeliya Hamletning amakisining maʼshuqasi sifatida tasvirlangan, Horatio esa Hamletning choyshabga oʻralgan otasi arvohi sifatida tasvirlanib, u faqat Hamlet mast boʻlganida paydo boʻladi. Serialda, shuningdek, albinos Otello va Romeoni oʻz bogʻida yirtqich itlar bilan boqadigan sadist Juletta obrazlari ham mavjud[25]. Tashvishga tushgan hokimiyat shouni bekor qildi. Shunga qaramay, Fo uni 1952-yilda Milandagi Teatro Odeon sahnasida ijro etdi, bu unga asarni radio uchun kerak boʻlmagan imo-ishora va harakat bilan boyitishga imkon berdi[26]. Shuningdek, 1952-yilda Fo Giustino Durano bilan Cocoricò qoʻshigʻini ijro etdi, unda Qoʻshma Shtatlardagi qora tanlilarning taqdiriga bagʻishlangan 20 daqiqalik tasvirlar mavjud edi[26].

 
Dario Fo va Franca Rame yangi tugʻilgan oʻgʻli Jacopo bilan.

1953-yilda Fo Parenti va Durano bilan hamkorlikda I Dritti (Stendaplar) deb nomlangan oʻzlarining revue kompaniyasida Il dito nell’occhio (Koʻzdagi barmoq) nomli revue loyihasi uchun toʻplamlar va kostyumlarni tayyorlab, birgalikda ssenariy yozishgan va rejissyorlik qilishgan[27]. Ushbu dastlabki yillarda Fo xuddi Ettore Petroliniki singari italyan aktyor-yozuvchi anʼanalaridan taʼsirlanib ijod qilgan[28]. Uning birinchi revue sarlavhasi Italiya Kommunistik partiyasining (PCI) l’Unità gazetasidagi ustunga kinoya sifatida tanlangan edi[22]. Il dito nell’occhio Poer nanoga oʻxshash 21 sahnadan iborat boʻlib, undan farqli oʻlaroq, asosan dunyoning satirik tarixi bilan yoritiladi[22]. Fo epizod rol oʻynagan soʻnggi spektakl kassada muvaffaqiyat qozondi va Milandagi Piccolo Teatroda 113 ta spektakldan soʻng gastrol safariga chiqarildi[22][29]. 1953-yil Fo sahnaga qoʻshiqlar olib kelishni ham boshladi. U Fiorenzo Carpi bilan hamkorlik qilgan; 1967-yilga qadar Foning barcha spektakllarida Carpi musiqasidan foydalanilgan. Ularning birinchi qoʻshigʻi „La luna è una lampadina“ („Oy — lampochka“) Foning eng mashhur qoʻshigʻlaridan biri hisoblanadi[29].

Fo Sette giorni a Milano revuesi ustida ishlash vaqtida teatrchilar oilasining qizi Franca Rame bilan tanishgan. Keyinroq ular unashtirishdi va 1954-yil 24-iyunda turmush qurishdi. Ularning Jacopo ismli oʻgʻli boʻlib (1955-yil 31-martda tugʻilgan), u ham yozuvchidir[27].

Moliyaviy muvaffaqiyatsizlik tufayli I dritti jamoasi boʻlinib ketib, Fo ssenariy muallifi sifatida ish boshlash umidida oilasi bilan Rimga koʻchib oʻtdi[30]. U yerda ular Roberto Rossellini va Ingrid Bergman bilan qoʻshni boʻlib yashashgan[30]. Fo koʻplab spektakllarning sahnalashtirish jarayonida ishlagan, jumladan Dino De Laurentiisda ham. Rame Bolzano Teatro Stabileda faoliyat olib borgan. 1956-yilda Fo Rame bilan birgalikda Jacques Tati, Buster Keaton va Charlie Chaplin taʼsiri asosida suratga olingan Karlo Lizzanining „Lo svitato“ filmi uchun ssenariy yozgan va rol oʻynagan. Filmda Fo „osmonoʻpar binolar va zamonaviy texnologiyalardan iborat neo-kapitalistik Milanda adashib qolgan mehmonxona hammoli“ rolini ijro etgan[31]. Keyinchalik, boshqa filmlarda ham ishtirok eta boshlagan.

1958-yilda er-xotin Milanga qaytib kelishdi, Ramega Arlecchino teatrida bir qator farslarda rol taklif qilishdi[32]. Fo va Rame keyinchalik shu yerda joylashib qolishdi[32]. Fo shunday degan edi: „Men uchun kino darsi texnik nuqtai nazardan tomoshabinlar tushungan narsalarni oʻrganishni anglatardi: ketma-ketliklarga boʻlingan hikoya, tezkor sur’at, keskin dialog va makon va vaqt konvensiyalaridan xalos boʻlish. Ssenariylar ustida ishlash menga dramaturg sifatida shogirdga aylanish imkonini berdi va men yangi texnik vositalar darslarini teatrga oʻtkazishga muvaffaq boʻldim“[33].

Compagnia Fo-Ramega asos solish jarayoni shu vaqtdan boshlandi. Fo ssenariylarni yozgan, aktyorlik qilgan, rejissyorlik qilgan va liboslar va sahna jihozlarini loyihalashtirgan. Rame maʼmuriyat ishlari bilan shugʻullangan. Kompaniya Piccolo Teatroda debyut qildi va 1959-yilda Odeon Teatrida har mavsumda namoyish etiladigan oltita toʻliq metrajli pyesalar seriyasini boshladi[9]. Ulardan biri, Gli arcangeli non giocano al flipper (Arxangellar pinbol oʻynashmaydi) sababli Fo va Rame milliy va keyinchalik xalqaro eʼtirofga sazovor boʻldi. Bu Foning Italiyadan tashqari — Yugoslaviya, Polsha, Niderlandiya, Shvetsiya va Ispaniyada namoyish etilgan birinchi spektakli boʻldi[9]. Keyinchalik bu muvaffaqiyatlar yana davom etdi.

1960-yillar tahrir

1962-yilda Fo RAI uchun Canzonissima nomli estrada shousini yozgan va sahnalashtirgan. Fo koʻrsatuvdan italiyaliklarga teatriga oʻxshash, ilgari kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan „arzimas televizor“ dan farq qiladigan televizorni koʻrsatish uchun foydalangan[34]. Kanzonissima satirik qoʻshiqlar va ishchilar sinfi hayotini aks ettiruvchi tomoshalarni namoyish etdi. Biroq, u koʻp marta senzuraga uchragan. Bir tomoshada ayol jiyanining ish joyiga keladi (konservalangan goʻsht zavodi) va goʻsht qiymalash mashinasiga tushib ketib, qiyma goʻshtiga aylanib chiqadi. Jiyani esa, uni uydagi shkafda saqlagan va doʻstlariga koʻrsatib turgan. Bu „xolalar“da hech qanday eʼtiroz paydo qilmagan boʻlsa ham, goʻsht konservalari ishlab chiqaruvchilari va „umuman sanoatchilar“ning noroziliklariga sabab boʻlgan[34]. Shunga qaramay, Kanzonissima mashhurlikka erishib, millionlab tomoshabinlarni shu darajada oʻziga tortdiki, Ramening taʼbiri bilan aytganda, tomosha vaqtida hamma teatrda boʻlgani sababli Italiya shaharlaridagi taksi haydovchilarining ishi toʻxtab qolgan[34][35].

Shouning sakkizinchi epizodi — qurilish maydonchalarida ishchilar duch keladigan xavfli sharoitlarga ishora qilar edi — bu dastur prodyuserlari bilan kelishmovchilikka olib keldi va Fo va Rameni 1962-yil 29-noyabrda loyihadan chiqib ketishga undadi. RAI tomoshani translyatsiya qilmasligini taʼkidladi, chunki bu ish sharoitida qurilish joylaridagi kasaba uyushmalariga boʻlgan norozilik yanada kuchayishi mumkin edi. Ushbu senzura ustidan milliy gʻalayon koʻtarildi, kundalik gazetalarda sarlavhalar va Italiya parlamentida savollar paydo boʻldi. RAI Fo va Rameni sudga berdi va barcha Canzonissima yozuvlarini yoʻq qildi. Mojaro Fo va Ramening 14 yilga Italiya televideniyesida chiqishinining taqiqlanishiga olib keldi[34].

 
Fo rafiqasi Franca Rame va ularning oʻgʻli Jacopo bilan.

Fo Milandagi Odeon Teatriga „Isabella, tre caravelle e un cacciaballe“ (Izabella, Uch yelkanli kema va yolgʻon odam) spektakli bilan qaytdi, bu Christofer Columbusning „anʼanaviy tarix kitobi tasvirini yoʻq qilishga urinish“ deb baholandi. Fo shunday dedi: „Men oʻsha italiyalik ziyolilarga ijodiy hujum qilmoqchi edim, ular hukumat markazida soʻl va Sotsialistik partiyaga boʻlinib, hokimiyat va uning afzalliklarini topib, unga pishloq boʻlagiga otilgan kalamush kabi otildi. Men maktab tarix kitoblarida qahramon sifatida muxrlangan personajni yoʻq qilmoqchi boʻldim, holbuki u aslida hokimiyat mexanizmlari ichida suzib yurishga, qirol bilan oʻyin oʻynashga va hukumat arboblari bilan ayyorona munosabatda boʻlishga harakat qiladigan, oxir-oqibat bir bechoraga aylanadigan inson edi“[36]. Fo tahdidli maktublar oldi, Rimda Rame va Foga fashistik guruhlar hujum qilishdi oʻz navbatida ular ham bunga javob qaytarishdi, keyingi spektakl namoyishi esa bomba tahdidi bilan toʻxtatildi[37]. Keyinchalik u bu voqeani Johan Padan and the Discovery of the Americans muqaddimasida aytib berdi.

La signora è da buttare (Xonimni tashqariga uloqtiring) asari Fo asosiy italyan teatrida qoʻygan yakuniy spektakl edi[38]. 1967-yilda ijro etilgan bu asarda Vetnam urushi, Lee Harvey Oswald va Jon Kennedyning oʻldirilishi haqidagi dolzarb havolalar mavjud edi. Bu spektakl 1972-yilda amerikalik tanqidchi A. Richard Sogliuzzo Fo ijodiga ingliz tilidagi birinchi tanqidiy asarni chiqardi[38]. U bosh qahramon ayolni „Amerika kapitalizmini ifodalovchi (aynan oʻlimidan oldin) Ozodlik haykaliga taqlidan oʻrnidan turib, isteʼmol tovarlari bilan toʻldirilgan osmonga koʻtarilgan“ deb talqin qildi[39]. AQSh hukumati keyinchalik amalda bekor qilingan McCarran-Walter qonuniga binoan Foga doimiy ravishda taqiqlar qoʻygan[40].

1968-yil may oyida Fransiyada sodir boʻlgan voqealardan ilhomlangan Fo va Rame Italiyadagi rasmiy davlat teatrini tashlab, davlat tuzilmasidan tashqarida faoliyat yurituvchi Associazione Nuova Scena teatr jamoasini tashkil etishdi[41]. Ular PCIdan yordam soʻrab, jamoat markazlari va ishchilar klublariga kirishga ruxsat soʻrashdi[42]. 1968-yil oktyabr oyida ular Foning Chesena shahrida ochilgan "Grande pantomima con bandiere e pupazzi piccoli e medi " (Bayroqlar va kichik va oʻrta oʻlchamli qoʻgʻirchoqlar bilan ijro etiluvchi Grand Pantomima) soʻnggi spektakl gastrolini tashkil qilishdi. Poytaxt, Sanoat konfederatsiyasi, Oliy moliya, cherkov, xalq, isyonchilar va dehqonlarni ifodalovchi personajlar niqoblar bilan aks ettirilgan spektaklda cherkov, monarxiya, armiya va sanoatni dunyoga keltirgan fashizmni ifodalovchi ulkan qoʻgʻirchoq ham qatnashgan[5]. L’operaio conosce 300 parole, il padrone 1000: per questo lui è il padrone (Ishchi 300 ta soʻzni biladi, xoʻjayin 1000 tani biladi, shuning uchun u xoʻjayin), Legami pure che tanto io spacco tutto lo stesso (Hammasini vayron qilaman) va Mistero Buffo (Komik-mistik pyesa) asarlari shular jumlasidan[43]. Foning oʻzi hech qachon Kommunistik partiya aʼzosi boʻlmagan boʻlsa-da[41]. uning sahnada PCI usullari va siyosatini ochiq tanqid qilishi Partiya bilan ziddiyatga olib keldi[44].

1970-yillar tahrir

1970-yilda Fo va Rame musiqachi Paolo Ciarchi va administrator Nanni Rikordi bilan birga Collettivo Teatrale „La Comune“ nomli uchinchi teatr guruhini tashkil qildi[45]. Ular uch yil davomida Milanning ishchilar yashovchi Via Colletta shahridagi tashlandiq ustaxonada (capannone) ishlab, uni oʻziga xos jamoat markaziga aylantirdilar va zamonaviy muammolar haqida improvizatsiya asosida spektakl yaratdilar. Ana shunday spektakllardan biri Vorrei morire stasera se dovessi pensare che non è servito a niente edi. Black Septemberdan ilhomlangan va Renata Viganò sheʼridan olingan sarlavhaga qiziqib, minglab odamlar spektaklni koʻrish uchun kelishdi[46].   Shundan keyin Foning xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan eng mashhur pyesasi boʻlgan Morte accidentale di un anarchico (Anarxistning tasodifiy oʻlimi) dramaturg tomonidan „fojiali fars haqidagi grotesk fars“ sifatida tasvirlangan[10]. U 1970-yil dekabr oyida eʼlon qilingan[10] boʻlib, Fo uni oʻng qanot ekstremistlar va Italiya Maxfiy xizmati 1969-yilda Milandagi Piazza Fontanadagi Banca Nazionale dell’Agricolturaga „terroristik“ hujum uyushtirganidan keyin uni yozgan[45]. (Qarang: keskinlik strategiyasi) Bu fars keyinchalik Tutti uniti bilan Italiyaga sayohat qildi! Tutti insieme! Ma scusa, quello non è il padrone? (Birlashganmiz! Hozir hammasi birga! Voy, bu xoʻjayin emasmi?), Rame ularni Morte accidentale va Mistero buffodan tashqari Foning eng yaxshi ishi deb hisoblagan[47]. Morte e resurezione di un pupazzo (Qoʻgʻirchoqning oʻlimi va tirilishi) Grande pantomimaning yangilangan versiyasi edi[48]. Birinchi marta 1972-yil yanvar oyida ijro etilgan Fedayn asari Falastindagi bir qator avtobiografik hikoyalarga asoslanadi[49].

1973-yil mart oyida, baʼzi mish-mishlarga koʻra, Milan Carabinierisidagi yuqori martabali amaldorlar buyrugʻiga koʻra beshta fashist Rameni oʻgʻirlab ketib, uni mikroavtobusda qurol bilan ushlab turishgan. Ular uni zoʻrlab, kaltaklab, tanasiga sigaret choʻgʻini bosishgan, ustara bilan jarohatlashgan va bogʻga tashlab ketishgan[50][51]. Fo va Rame oʻsha yil davomida La Comunadedagi ajralishga qaramay, Lombardiya va Veneto boʻylab sayohatni davom ettirdilar; Mamma Togni parchalari shu vaqtdan boshlab tayyorlana boshlagan[52].

1973-yil sentyabr oyida Chileda Salvador Allende oʻz joniga qasd qilganidan soʻng, Guerra di popolo in Cile (Chilidagi xalq urushi) tomoshasi tayyorlangan va mamlakat boʻylab gastrol safari bilan katta qiziqish uygʻotgan. Ayniqsa, uning yakkuniy qismi tomoshabinlarni Italiya boʻylab davlat toʻntarishi eʼlon qilinishidan choʻchib, hayajonlanishga undagan edi. Chiara Valentinining soʻzlariga koʻra, Turindagi spektakl paytida tomoshabinlardan biri tahdid ostida qolishidan qoʻrqib, ismlar roʻyxati yozilgan 10 varoq qogʻozni yeb yuborgan; Meranoda esa, talaba derazadan qochishga urinib, oynani sindirib tashlagan[53]. Politsiya Foni 1973-yil noyabr oyida Sassari shahrida hibsga oldi, bu hodisa Italiya qonunlariga koʻra, spektakl paytida politsiya teatrga kira olmasligi maʼlum boʻlgach, butun mamlakat boʻylab shov-shuvga sabab boʻldi; Bu mojaro spektakllarga tashrif buyuruvchilar sonini koʻpaytirishga xizmat qildi[54].

 
Dario Fo 1976-yil.

1974-yilda kompaniya — endi Il Collettivo Teatrale „La Comune“ diretto da Dario Fo — Porta Vittoriyadagi (Milanning ishchilar yashaydigan hududi) tashlandiq bozor binosini tozalab, joylashib oldi ba u yerni Palazzina Liberty deb nomladi[55]. Biroq, yana siyosiy adovatlar sababli Milan kengashi ularni sud qarori bilan u yerdan ham quvib chiqarishga harakat qildi. Ammo, kengash muvaffaqiyatsiz yakunlandi; kompaniyaga shu yerda vaqtincha qolishga ruxsat berildi va jamoa kutubxona, konferensiya markazi, teatr hamda audiovizual ustaxonalar kabi ob’ektlarni ham qurishga kirishdi. Ular Porta e Belli contro il potere (Hokimiyatga qarshi Porta va Belli) asari bilan oʻz ishlarini boshladilar, unda Fo 19-asrda ijod qilgan ikki shoirining sonetlarini oʻqidi, ularni „bu ajoyib matnlar men ularni har shouda oʻqiganimda turlicha jilvalanardi“ deb taʼrifladi[56].

Keyin esa, Non Si Paga! Non Si Paga! (Toʻlay olmaysizmi? Toʻlamang!) tomoshasi sahnaga chiqdi. Unda Italiya boshdan kechirayotgan ogʻir iqtisodiy inqiroz davrida rivojlangan avtoriduzione (oʻz-oʻzini qisqartirish) harakati aks ettirilgan boʻlib, unda odamlar bozorlardan xohlagan narsalarini olib ketishadi, ammo faqat qurblari yetgan narsa uchun pul toʻlaydilar. „Morte accidentiale di un anarchico“ dan keyingi oʻrinda Foning xalqaro miqyosdagi eng mashhur pyesasi sifatida eʼtirof etilgan bu pyesa 1990-yilga kelib 35 mamlakatda namoyish etilgan[57]. Spektaklning sarlavhasi "Canʼt Pay? Wonʼt Pay! tarzida ingliz tilida soʻzlashuvchilar orasida ham keng tarqalib ketdi[13].

1975-yil iyun oyida Italiya saylovlari davomida Fo Amintore Fanfani haqida „Il Fanfani rapito“ (Fanfanini oʻgʻirlab ketishdi) asarini yozgan[58]. Shuningdek, 1975-yil iyun oyida Fo, Rame va kompaniyaning boshqa aʼzolari Xitoyga joʻnab ketishdi — Fo keyinchalik oʻzining sayohat haqidagi xotiralarini 1978-yilda Italiya boʻylab gastrolda tomoshabinlarga taqdim etgan „La storia della tigre“ ("Yoʻlbars haqidagi ertak") monologida ham eslab oʻtgan[59][60].

Oʻsha yili (1975) Fo birinchi marta Nobel mukofotiga nomzod boʻldi. Ammo, uning oʻzi buni bemaʼni fikr deb hisoblagan edi: „Men har qanday katta hurmatga ega shafqatsiz davlat arboblaridan nafratlanishim bilan mashhur boʻldim. Nobel masalasi men uchun haqiqiy komediya. Men bundan oʻzim tanigan ayrim davlat amaldorlari, sudyalar va siyosatchilarning yuzlari qanday tusga kirishini yaxshi bilaman. Ular ogʻzimni yopish uchun oʻzlariga yoqmagan ishni qilishmoqda va qoʻllarimga kishan solib, qarsak chalishga tayyor turishibdi, shvedlar aynan shunday hiyla qilishadi…(mukofotni qabul qilayotib) oʻzimni xuddi spektakllarimdan birida rol oʻynayotgandek his qilyapman“[14][61].

Fo keyinchalik Italiyaning tobora kuchayib borayotgan giyohvandlik muammosiga ham eʼtibor qaratib, quyidagicha xulosa qildi: „Boylar giyohvand moddalarni isteʼmol qilib, ulardan foydalanishsa, kambagʻallar bu moddalarga yem boʻlishadi va ularning quliga aylanishadi“[62]. La marixuana della mamma è la più bella (Onamning marixuanasi eng yaxshisi) deb nomlangan asarda Fo aspirin oʻrniga adashib LSD ichib qoʻygani sababli gallyutsinatsiya ichida shkafda „sayohat qilib“, keyinroq politsiyaning qoʻliga tushib qoladigan bobo rolini ijro etgan[63]. Fiorenzo Carpi Fo bilan 1967-yilda ishlaganlaridan beri birinchi marta spektakl musiqasi boʻyicha hamkorlik qilish uchun qaytib keldi[64].

Fo 1977-yilda 14 yillik tanaffusdan soʻng televideniyega qaytdi, chunki undan avvalgi yilgi umumiy saylovlardan keyin RAI maʼmuriyati oʻzgartirilgan edi. Ammo, Fo ikkinchi kanal Rai 2 bilan cheklangan edi, chunki u konservativ Rai 1 kanalidan koʻra koʻproq sotsialistik va diniy boʻlmagan xarakterga ega edi. Uning spektakllarining ikkita sikli efirga uzatildi; Ammo, Morte accidentiale di un anarchico, Non Si Paga? Non Si Paga! yoki Il Fanfani rapito (La Commune ularni doimiy ravishda yozib olish uchun suratga olgan boʻlsa-da) siyosiy sabablarga koʻra efirga taqdim etilmadi[64]. Vatikan hanuzgacha Mistero buffoni „televidenie tarixidagi eng kufrli shou“ deb qoralaydi[2]. Keyinroq „Parliamo di donne“ (Ayollar haqida gaplashaylik) teleseriali uchun abort, jinsiy aloqa va Muqaddas oila kabi mavzularga qaratilgan yangi spektakl tayyorlandi[65].

Tutta casa, letto e chiesa (Butun uy, Toʻshak va Cherkov) deb nomlangan beshta monologlar seriyasi ham birinchi marta 1977-yilda taqdim etilib, Rame tomonidan ijro etilgan. Birinchi monolog, Il risveglio (Uygʻonish) da ishchi onaning chaqalogʻi (qoʻgʻirchoq) bilan gaplashayotgani tasvirlangan. Una donna tutta sola (Yolgʻiz ayol) monologida esa, nogironligi boʻlgan, aravachada yuradigan, pornografik filmlarga berilib ketgan akasiga qarshi kurashish bilan birga yigʻlayotgan chaqaloqqa qarab turishga majbur boʻlgan va eri tomonidan xonaga qamab qoʻyilgan, teleskopli erkak, odobsiz notanish bezovta qilaveradigan va sobiq oʻqituvchi sevib qolgan uy bekasi haqida edi[66]. La mamma fricchettona (Gʻalati ona) monologida oilasini tark etib, giyohvand moddalar va ozod muhabbatni izlash uchun cherkov konfessiyalaridan boshpana topgan ona tasvirlangan[67]. "The Same Old Story" monologida hadeb qasam ichaveradigan qoʻgʻirchoqli kichkina qiz tasvirlangan[68]. Yakuniy monolog, Yevripid yozganidan koʻra koʻproq, italyancha versiyaga yaqin tarzda yaratilgan „Medea“, 1990-yilga kelib 35 mamlakatda ijro etildi. 

1980-yillar tahrir

 
Dario Fo Venetsiyada, 1985-yil.

1980-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlari hukumati Fo va Ramening Italiya teatri festivalida ishtirok etishiga toʻsqinlik qildi, bu mamlakatda Bertolt Brecht, Charlie Chaplin va Gabriel Garcia Maruesga nisbatan koʻrsatilgan munosabatga qiyoslangan[69]. Oʻsha yilning may oyida Nyu-Yorkda boʻlib oʻtgan „An Evening Without Dario Fo and Franca Rame“ (Dario Fo va Franca Ramesiz oqshom) da Arthur Miller, Bernard Malamud, Richard Foreman va Martin Scorsese ishtirok etdi. Tadbirda „Non Si Paga? Non Si Paga!“ ning birinchi qismi hamda Fo va Rame tomonidan yozilgan xat ingliz tilida (Pyero Sciotto tomonidan) oʻqildi[69]. Amerika teatr tanqidchilari uyushmasi siyosatchi Edmund Muskiega maktub yubordi[69]. 1980-yil dekabr oyida Fo Fransiyada „Histoire du tigre et autres histoires“ (Yoʻlbars haqidagi ertak va boshqa hikoyalar) nomli shaxsiy shousi uchun sahnaga chiqdi[70].

1981-yilda La Kommuna Palazzina Libertydan haydalgandan soʻng, „Tutta casa“ ning ikkinchi versiyasi "letto e chiesa „ Teatro Odeonda namoyish etildi, Fo va Rame 16 yil ichida birinchi marta shu yerda konsert berdi[60]. Shuningdek, oʻsha yili (yanvar oyida) “Clacson, trombette e pernacchi" (Nogʻoralar va malinalar) birinchi marta Milandagi Cinema Cristalloda namoyish etildi, bu Foning besh yil avval „La marixuana della mamma è la più bella“ filmidan keyingi[71] Milanda 34 marta ijro etilgan hamda 50 000 kishi tomosha qilgan birinchi yangi spektakli edi. U keyinroq boshqa 15 ta mamlakatda ham namoyish etilgan[72][73].

1983-yilda Rame (oʻzining zoʻrlanish hodisasi haqida yozilgan) „The Rape“ (Zoʻrlash) monologini Coppia aperta, quasi spalancata (Ochiq juftlik) asariga muqaddima sifatida kiritganidan soʻng, italyan senzuralari bu spektaklni 18 yoshdan kattalar uchun cheklab qoʻydi[74][75]. 1983-yilda Fo tomonidan yozilgan „Il candelaio“ (Sham yasovchi) monologi uning ingliz Elizabethian Theatre teatriga boʻlgan katta qiziqishini koʻrsatib berdidi va „Quasi per caso una donna: Elisabetta“ (Elizabet: Deyarli tasodifan yaralgan ayol) dan oldin 1984-yil oxirida Fo va Rame shu yerda ish boshladi[76][77].

1983-yil sentyabr oyida AQSh hukumati Fo va Ramega mamlakatga kirishga yana ruxsat bermadi va Foni hayratda qoldirib, ularni „terrorchi guruhlarni qoʻllab-quvvatlovchi tashkilotlarga mansublikda“ aybladi[69]. Oʻsha paytda Fo pyesalari Qoʻshma Shtatlarda eng keng tarqalgan chet ellik yozuvchi edi[69]. Mashhur prodyuser Jozeph Papp oʻz nomidan oʻzi ham sobiq aktyor boʻlgan AQSh prezidenti Ronald Reaganga telegramma yoʻlladi, ammo natija boʻlmadi. Fo va Rame ishsiz qolgan ishchilar, ishgʻol qilingan ish joylari, nogironlar, mahbuslarning oilalari va boshqa sabablar bilan koʻrilgan har qanday zarar qoplanishini talab qilib AQSh Davlat departamentiga qarshi sudga murojaat qilishdi.

Fo Milanda matbuot anjumani oʻtkazib, AQSh rasmiylarining oʻzi va uning rafiqasi uchun qilgan ogʻir jinoyatini tushuntirib berdi: „Bizdan Italiyada jinoyat qilgan va terrorchilarga yordam bergan Italiya fuqarolari deb shubhalanishdi. Biroq, Italiya sud organlari bizni hech qachon ayblamagan, hatto tergov oʻtkazmagan. Ular bizdan terrorizmni qoʻllab-quvvatlashda gumon ham qilishmagan: har qanday holatda ham bizning bu boradagi pozitsiyamiz hammaga yaxshi maʼlum. Endi amerikaliklar sahnagacha yetib kelib, bizni terrorchilarni qoʻllab-quvvatlashda ayblashmoqda, bu Italiya sud organlari oʻz vazifalarini bajarmayotganini yoki ular biz bilan jinoiy hamkorlik qilayotganini anglatadi“[71].

1985-yil Harlequin asosida Hellequin, Harlekin, Arlecchino asarlarini sahnaga olib keldi[78]. 1986-yilda esa, bankir Francesca Bollini de Rill bankrot boʻlgach qamoqdan qutilib qolish uchun oʻz-oʻzini oʻgʻrilanishini uyushtirgani haqidagi „Kidnapping Francesca“ asari yaratildi. U 1994-yilda Stephen Stenning tomonidan ingliz auditoriyasi uchun „Oʻgʻirlangan Diana“ sifatida moslashtirilgan[79]. Rim universitetida drama professori etib tayinlangan Fo u yerda Harlequin and commedia dell’arte kabi seminarlarni oʻtkazgan[80].

 
Dario Fo Gubbioda, 1988-yil.

1987-yil Rojdestvo oldidan Italiya televideniyesining „Fantastico“ estrada lotereya shousida namoyish qilingan „The First Miracle of the Infant Jesus“ spektakli Vatikan tomonidan yana kufr keltirishda ayblanishiga olib keldi; asarda Fo boshqa bolalarni zoʻravonlikdan qutqarish uchun chaqmoq toshlardan foydalanadigan bosh qahramonni tasvirlaydi[81]. 26 yil ichida birinchi marta, 1988-yil aprel va may oylarida Fo va Rame Italiya televideniyesida Transmissione forzata (Majburiy uzatish) loyihasida hamkorlik qilishdi. Rai 3 uchun cheklangan bu serialda RAI senzurasi va italiyalik siyosatchilar, raqsga tushayotgan qizlar va satirik yangiliklar byulletenlari, Falastin haqidagi balet va milliy zoʻrlash statistikasi boʻyicha „ob-havo hisoboti“ haqidagi istehzoli qoʻshiqlar mavjud edi[82]. Shuningdek, 1988-yilda Fo 1958-yildan beri birinchi marta kino aktyorligiga qaytdi va Musica per vecchi animali (Qadimgi hayvonlar uchun musiqa) filmida nafaqadagi professor rolini ijro etdi[83].

1989-yilda Tiananmen Square Massacre (Tiananmen maydonidagi qirgʻin) jabr koʻrganlarga hamdardlik bildirish uchun Fo, La storia della tigreni monologini yangiladi va Lettera dalla Cina (Xitoydan maktub) va The Story of Qu monologlarini yozdi. Oʻsha yili Fo shuningdek, mafiya haqidagi ijro etilmagan „Il ricercato“ (Izlangan odam) va oktyabr oyi oxirida debyut qilgan „Il Papa e la strega“ ("Papa va jodugar") asarlarini ham yozgan[84]. Ikkinchi monolog bolalar hujumiga duchor boʻlishdan va artrit azobidan qoʻrqib, qoʻllarini duoga koʻtargan Pop rohiba qiyofasini kirib olib, oʻzini jodugar deb daʼvo qilgan ayolning maslahatiga koʻra qandilga osilib, oʻziga geroindan ukol qilishi hamda oʻyinchoq mashina, zaharlangan toʻtiqush va braziliyalik rohiba ishtirokidagi turli suiqasdlardan omon qolishga intilishi haqida yozilgan[85]. Tanqidchilar uning kulgili kashfiyotlarini yuqori baholadilar va asar oʻsha mavsumda Italiyada koʻpchilik tomonidan tomosha qilingan spektakl sifatida mukofotga sazovor boʻldi[86].

1990-yillar tahrir

OITS, Fors koʻrfazi urushi va genetik tajribalar kabi mavzularga murojaat qilib yozgan Zitti! Stiamo precipitando! (Jim! Biz yiqilayapmiz!) 1990-yil yozida va oʻsha yilning noyabrida Milandagi Nuovo Teatrida debyut qilindi[87]. „Johan Padan and the Discovery of the Americans“ filmining bosh qahramoni, Foning 1992-yilda Christofer Columbusning Amerikaga qilgan birinchi sayohatining besh yuz yillik bayramiga javobi sifatida yaratilgan, tadqiqotchi va mustamlakachining toʻrtinchi sayohatiga qoʻshilib, ispan inkvizitsiyasidan qochgan venetsiyalik qochoqdir. U choʻchqa tomonidan turtilib, okeanga tushib ketmagunicha bortdagi hayvonlarni boqishga majbur boʻladi, keyin esa Amerikaning tub aholisi tomonidan qutqariladi[88]. Fo bu rolni ijro etgan video yozuvi ham mavjud[89].

1993-yil Carlo Goldonining yubileyi boʻlib oʻtdi; bundan taʼsirlanmagan Fo undan koʻra eʼtiborini Angelo Beolcoga qaratishni tanlab, oʻz kompaniyasi va davlat tomonidan moliyalashtiriladigan Teatro dei Incamminati oʻrtasida qoʻshma loyiha ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Biroq, repetitsiyalar qizgʻin davom etar ekan, vazirlikning „davlat va xususiy kompaniyalar oʻrtasida hamkorlikda loyiha ishlab chiqarishni taqiqlovchi noaniq qonun“ haqidagi loyihaning yakunlanishiga toʻsqinlik qiluvchi xati keldi[90].   Fo va Rame Settimo: ruba un poʻ meno no monologida ham hamkorlik qilishdi.2“ (Seventh Commandment: Steal a Bit Less No. 2) 1990-yillarda Italiyada avj olgan korrupsiya janjallari (Tangentopoli) asosida yozilgan[91]. Keyinchalik ular Mamma! I sanculotti! spektaklini ijro etishdi. Unda XVIII asrda oʻrnatilgan, lekin Tangentopoliga ishora qiluvchi tartiblar koʻrsatilgan va yana Fiorenzo Carpi musiqasidan foydalanilgan[92].

1994-yildagi Sesso? Grazie, tanto per gradre! (Jinsiy aloqa? Rahmat, Bajarsam, xafa boʻlmang!) monologi uchun Fo va Rame Yakoponing 1992-yilda yozgan „Lo Zen e l’arte di scopare“ kitobi asosida OITS, kontraseptsiya, jinsiy tarbiya va jinsiy aloqa kabi mavzularda oʻquv qismlarini oʻz ichiga olgan spektakl yaratish uchun Jacopo bilan birga ishladilar. repressiya[93]. Shu tariqa Foning Silvio Berlusconining yangi hukumati bilan birinchi kurashi boshlandi. Berlusconi hukumati 18 yoshgacha boʻlgan italiyaliklarga qoʻrquv tufayli uni koʻrishni taqiqlab qoʻygan edi, bu spektakl „odob masalalarini hurmat qilishni talab qiladigan umumiy axloqni buzishi va oʻsmir tomoshabinlar orasida tushkunlikka sabab boʻlishi, ularning xulq-atvoriga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkinligi“ni aytdi. Bu orqali u spektaklning asl maqsadini yoʻqqa chiqardi. Oʻqituvchilar talabi bilan Milliy parlamentda senzura masalasi muhokama qilinib, tomoshabinlar hamda italiyalik va chet ellik ziyolilar taqiqni bekor qilishni talab qiluvchi petitsiyaga imzo chekishdi[94].

1995-yil 17-iyulda Fo insultga uchradi, lekin 1996-yil 24-martda yetmish yoshga toʻlish arafasida yana sogʻayib ketdi[95]. 1996-yil yozida u Leonardo: The Flight, the Count and the Amours (Leonardo: Parvoz, graf va sevishganlar romanini) romanini yozdi. 1502-yilda yaratilgan asarning bosh qahramoni Leonardo da Vinchi edi[96]. 1997-yilda u „Il diavolo con le zinne“ ("Koʻkrakli iblis") asarini yozdi. Fo uni „Machiavellian komediyasi, sudyalar, iblislar, zohidlar, jandarmlar, qiynoqchilar va hatto maymunlar tomonidan tutilgan uy bekalari ishtirokidagi XVI asr oxiridagi ulkan fitna“ deb taʼriflagan. Asar oʻsha yil boshida vafot etgan Fiorenzo Carpi hotirasiga bagʻishlab yozilgan[97].

21-asr tahrir

 
Dario Fo Cesenada

2001-yilda Fo College de ' Pataphysiqueʼning satrapi boʻldi. 2004-yilda Forza Italia senatori Marcello Dell’Utri Fo soʻnggi pyesasida unga shaʼma qilgani uchun uni sudga berdi. Fo bundan norozi boʻldi: „Men 40 yildan beri satira bilan shugʻullanaman. Bu paradoks. Bu juda gʻalati“[98]. „The Two Headed Anomaly“ deb nomlangan va birinchi marta 2003-yilda namoyish etilgan spektaklda oʻsha paytdagi bosh vazir Silvio Berlusconining boʻyi pastligi ham masxara qilingani, uni stulga bogʻlab, elektr toki urishi bilan davolashgani va Berlusconining Sisiliyadagi hashamatli villasiga tashrif buyurgan Vladimir Putinning chechen isyonchilari tomonidan otib oʻldirilgani tasvirlangan. Sarlavha Putinning miyasini keyinchalik Berlusconi boshiga koʻchirib oʻtkazilishiga ishora qiladi; spektakl Berlusconining biznes va siyosiy manfaatlari hamda ommaviy axborot vositalari senzurasi yuzasidan bahs-munozaralari chogʻida namoyish etilgan, RAI italiyalik satiriklar Sabina Guzzanti va Paolo Rossini oʻz telekanallarida koʻrsatilishini taqiqlagan[99]. Fo agar bu spektaklni ijro etsa, siyosatchilardan tahdid olishi haqida aytgan edi[100].

 
Dario Fo 2007-yilda.

2005-yilda Fo keyingi yil Italiyaning iqtisodiy jihatdan eng muhim shahri boʻlgan Milan merligiga nomzodini qoʻyish rejalarini oshkor qildi. Uning aytishicha, bu uning Milanni Berlusconining siyosiy hamkasbi, amaldagi mer Gabriele Albertinidan tozalash uchun olib borayotgan kurashining bir qismi boʻlgan[101]. Italiya televideniyesi eʼtiboridan chetda qolgan Fo saylovoldi tashviqotini sahnada oʻtkaza boshladi[102]. „Men moderat emasman“ shiori ostida u oʻng markazchi maʼmuriyatning shahar markazini ayrim qismlarini buzib tashlash rejalariga qarshi chiqdi va „bu shaharni oʻnlab yillar davomida boshqarib kelgan pul oʻgʻirlovchi ablahlarni“ quvib chiqarishga vaʼda berdi[103][104]. 2006-yil yanvarida oʻtkazilgan markaziy soʻl ittifoqning birlamchi saylovlarida 23,4 % ovoz olib, yakunda muvaffaqiyatsizlikka uchradi va Milanning sobiq politsiya boshligʻi Bruno Ferrantedan keyin ikkinchi oʻrinni egalladi[105].

21-asrning boshlaridan 2016-yilda vafot etguniga qadar Fo turli siyosiy, ijtimoiy hamda madaniy masalalarda faol ishtirokchi va targʻibotchi boʻlib qoldi[106]. U 11-sentabr xujumlari va Jahon Savdo Markazi binolarining qulashi haqidagi rasmiy hisoblarni „Zero: An Investigation into 9/11“ filmida soʻroqqa tutdi[107]. 2008-yilda u oʻzining 2006-yilgi „Gomorrah“ kitobida Camorraning yashirin faoliyatini fosh qilgandan keyin davlatni hayoti xavf ostida qolgan Roberto Savianoni himoya qilishga chaqirgan la Repubblicaga ochiq xatini imzolaganlar qatorida edi[108]. 2013-yilgi Italiyadagi umumiy saylovlar oldidan Fo oʻz satirasining eng soʻnggi nishonlari quyidagilardan iborat ekanligini tushuntirdi: "Asosan banklar va yirik tadbirkorlar, „shou ichidagi shou“ jilovini ushlab turganlarning barchasi, ommaviy axborot vositalari, televideniye va boshqa yoʻllar bilan odamlar oʻzlari duch kelgan sharoitlarni qabul qilishini taʼminlash uchun barcha saʼy-harakatlarini amalga oshiradilar[109].

Oʻlim tahrir

2016-yil 13-oktyabrda Fo 90 yoshida ogʻir nafas yoʻli kasalligi tufayli vafot etdi, kasallik tufayli u Milandagi Luigi Sacco kasalxonasida 12 kun davomida davolanishga majbur boʻlgan.  

Filmografiyasi tahrir

Year Title Role Notes
1954 Rosso e Nero Red and Black (film) Writer
1955 Scuola elementare Typographer
1956 Lo svitato Achille
1957 Souvenir d’Italie Carlino Uncredited
1957 Rascel-Fifì Pupo — il biondo
1958 Nata di marzo Cantante in osteria Uncredited
1958 Domenica è sempre domenica The Silk Stockings Salesman
1963 Follie d’estate Gangster
1989 Musica per vecchi animali Lucio Lucertola
1996 La freccia azzurra Scarafoni Voice
2002 Johan Padan a la descoverta de le Americhe Johan Padan (veccho) Voice
2016 Sweet Democracy (final film role)
2016 La fantastica storia di Marc Chagall Himself
2017 Dario Fo e Franca Rame, la nostra storia Himself

Mukofot va unvonlar tahrir

  • 1981: Sonning Prize from Copenhagen University[110]
  • 1985: Premio Eduardo Award
  • 1986: Obie Award in New York (with Franca Rame)[111]
  • 1987: Agro Dolce Prize[112]
  • 1997: Nobel Prize in Literature[110]
  • 2001: Honorary doctorate from the Vrije Universiteit Brussel, Belgium[113][114]
  • 2002: Order of Saint Agatha by the Republic of San Marino[115]

Qoʻshimcha oʻqish uchun tahrir

  • d’Arcangeli, Luciana, Pagliaro, Annamaria, (eds.) „Dario Fo & Franca Rame. Beyond the Rules“, Spunti e Ricerche, Volume 31, 2016, published in 2017.
  • d’Arcangeli, Luciana, 'Madness in the Theatre of Dario Fo and Franca Rameʼ, in Forum Italicum, Spring 2005, pp. 138–165.
  • Emery, Ed, (ed.), Research Papers on the Theatre of Dario Fo and Franca Rame: Proceedings of the International Conference on the Theatre of Dario Fo and Franca Rame, Cambridge, 28-30 April 2000, London and Sydney, Red Notes, 2002.
  • Fo, Dario. More Tricks of the Trade. Methuen, 2016. ISBN 978-0-413-77783-6. 
  • Montalban-Kroebel, Pedro. Dario Fo. Sindaco? / Dario Fo. Mayor?, Italian & English, Avellino: Per Caso Sulla Piazzeta, Collana Twin Faces, 2010. ISBN 978-88-88332-123. 
  • Mitchell, Tony. Dario Fo: People's Court Jester (Updated and Expanded). London: Methuen, 1999. ISBN 0-413-73320-3. 
  • Scuderi, Antonio. Dario Fo: Framing, Festival, and the Folkloric Imagination. Lanham (Md.): Lexington Books, 2011. ISBN 9780739151112. 
  • Soriani, Simone (2020), Petrolini e Dario Fo. Drammaturgia d’attore, Roma, Fermenti Editrice

Havolalar tahrir

  1. (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 2,2 Mitchell 1999, p. 3
  3. Mitchell 1999, p. xiii
  4. Mitchell 1999, p. 4
  5. 5,0 5,1 Mitchell 1999, pp. 91-92
  6. „Prasanna brings 'Debiddo'“.
  7. „Dario Fo - complete guide to the Playwright, Plays, Theatres, Agent“. doollee.com. 10-oktabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-oktabr 2016-yil.
  8. „Dario Fo“. A.R.T..
  9. 9,0 9,1 9,2 Mitchell 1999, p. 65
  10. 10,0 10,1 10,2 Mitchell 1999, p. 101
  11. „M5S: arrivato Grillo, sotto il palco anche Dario Fo - Genova la Repubblica.it“. genova.repubblica.it. 4-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-oktabr 2016-yil.
  12. Zaccuri, Alessandro. „Milano. Addio a Fo, il primo Nobel anomalo“ (italyancha). Avvenire (13-oktabr 2016-yil). Qaraldi: 3-dekabr 2016-yil.
  13. 13,0 13,1 Gardner, Lyn. „Low Pay? Don't Pay!“. The Guardian (18-aprel 2010-yil). Qaraldi: 18-aprel 2010-yil.
  14. 14,0 14,1 Mitchell 1999, p. xiv
  15. „The Nobel Prize in Literature 1997“. Nobelprize (7-oktabr 2010-yil). Qaraldi: 7-oktabr 2010-yil.
  16. Dario Fo, Il paese dei mezaràt, Feltrinelli, Milano, 2004
  17. 17,0 17,1 17,2 17,3 17,4 Mitchell 1999, p. 47
  18. 18,0 18,1 18,2 18,3 18,4 18,5 18,6 Mitchell 1999, p. 49
  19. Duval Smith, Alex. A Nobel Calling: 100 Years of Controversy. The Independent (14-oktabr 2005-yil). „1997: As a young man, the author of Accidental Death of an Anarchist was conscripted into Mussolini's army towards the end of the war, but escaped and hid in an attic... His father played a key role in the Resistance during the Second World War, smuggling Jewish scientists into Switzerland.“.
  20. „Dario Fo – writer and actor“.
  21. Mitchell 1999, pp. 50-51; Strehler would later become Foʻs chief rival in Milan, with Fo disagreeing with his interpretations of Brecht, though Brecht himself admired them.
  22. 22,0 22,1 22,2 22,3 Mitchell 1999, p. 56. Fo declared Anton Chekhov and George Bernard Shaw to be his favourite playwrights in 1954.
  23. Mitchell 1999, p. 234. Fo declared Angelo Beolco (Ruzzante) and Molière to be his mentors: „both of them authors, actor-managers and directors of their own plays, who were treated with arrogance and contempt by the authorities and their literary lackeys, and hated because they used their stages to fight against hypocrisy and violence by making people laugh.“
  24. Mitchell 1999, p. 52
  25. Mitchell 1999, p. 53
  26. 26,0 26,1 Mitchell 1999, p. 54
  27. 27,0 27,1 Mitchell 1999, p. 55
  28. Soriani 2020, p. 145
  29. 29,0 29,1 Mitchell 1999, p. 57
  30. 30,0 30,1 Mitchell 1999, p. 59
  31. Mitchell 1999, pp. 59-60
  32. 32,0 32,1 Mitchell 1999, p. 60
  33. Mitchell 1999, pp. 60-61
  34. 34,0 34,1 34,2 34,3 Mitchell 1999, pp. 72-73
  35. Mitchell 1999, pp. 74-75
  36. Mitchell 1999, p. 75
  37. Mitchell 1999, p. 76
  38. 38,0 38,1 Mitchell 1999, p. 85
  39. Mitchell 1999, p. 86
  40. Modern Language Association of America Executive Council. „Statement on the Importance of Unrestricted Travel for Scholarly Exchange“ (2013-yil fevral). — „"Thus the United States repeatedly denied an entry visa to the Italian playwright Dario Fo, who was not a member of the Italian Communist Party but a severe critic of Soviet censorship of his work."“. Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
  41. 41,0 41,1 Mitchell 1999, p. 89
  42. Mitchell 1999, p. 90
  43. Mitchell 1999, pp. 93-94
  44. Mitchell 1999, pp. 95-98
  45. 45,0 45,1 Mitchell 1999, p. 99
  46. Mitchell 1999, pp. 99-100
  47. Mitchell 1999, p. 115
  48. Mitchell 1999, p. 117
  49. Mitchell 1999, p. 119
  50. Kuennecke, Beret. „Resistance Takes Centre Stage“. Review (2002-yil aprel). 13-iyun 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-oktabr 2022-yil. Review of 'Harlequins of the Revolutionʼ, Joseph Farrell, Methuen, which mentions the rape.
  51. Mitchell 1999, p. 122
  52. Mitchell 1999, pp. 123-124
  53. Mitchell 1999, pp. 125-126
  54. Mitchell 1999, pp. 126-127
  55. Mitchell 1999, p. 128
  56. Mitchell 1999, p. 129
  57. Mitchell 1999, p. 130
  58. Mitchell 1999, pp. 139-140
  59. Mitchell 1999, pp. 142-143
  60. 60,0 60,1 Mitchell 1999, p. 157
  61. Mitchell 1999, p. 139
  62. Mitchell 1999, p. 144
  63. Mitchell 1999, p. 145
  64. 64,0 64,1 Mitchell 1999, p. 146
  65. Mitchell 1999, p. 147
  66. Mitchell 1999, pp. 148-149
  67. Mitchell 1999, p. 150
  68. Mitchell 1999, pp. 150-151
  69. 69,0 69,1 69,2 69,3 69,4 Mitchell 1999, p. 162
  70. "Dario Fo met un tigre dans son théâtre", Jean-Pierre Thiollet, Le Quotidien de Paris, 2 December 1980.
  71. 71,0 71,1 Mitchell 1999, p. 163
  72. Mitchell 1999, p. 166
  73. Mitchell 1999, p. 168
  74. Mitchell 1999, p. 172
  75. Mitchell 1999, pp. 176-177
  76. Mitchell 1999, p. 177
  77. Mitchell 1999, p. 182
  78. Mitchell 1999, pp. 188-189
  79. Mitchell 1999, pp. 192-194
  80. Mitchell 1999, p. 194
  81. Mitchell 1999, p. 195
  82. Mitchell 1999, pp. 195-196
  83. Mitchell 1999, p. 196
  84. Mitchell 1999, p. 197
  85. Mitchell 1999, pp. 198-199
  86. Mitchell 1999, p. 200
  87. Mitchell 1999, p. 203
  88. Mitchell 1999, pp. 210-211
  89. Mitchell 1999, p. 214
  90. Mitchell 1999, pp. 218-219
  91. Mitchell 1999, p. 216
  92. Mitchell 1999, pp. 221-222
  93. Mitchell 1999, p. 223
  94. Mitchell 1999, p. 225
  95. Mitchell 1999, p. 226
  96. Mitchell 1999, p. 227
  97. Mitchell 1999, pp. 227-229
  98. Arie, Sophie. „Dario Fo sued for €1m over play lampooning PM: Nobel-winning playwright accused of 'persecution'“. The Guardian (14-yanvar 2004-yil). Qaraldi: 14-yanvar 2004-yil.
  99. Arie, Sophie. „Comic Fo exposes Berlusconi's flaws“. The Guardian (7-dekabr 2003-yil). Qaraldi: 7-dekabr 2003-yil.
  100. Smith, Tamsin. „Fo's play gives Berlusconi a roasting“. BBC News (5-dekabr 2003-yil). Qaraldi: 5-dekabr 2003-yil.
  101. „Playwright Fo reveals mayoral aim“. BBC News (17-oktabr 2005-yil). Qaraldi: 17-oktabr 2005-yil.
  102. Hooper, John. „Dario for mayor!“. The Guardian (2-dekabr 2005-yil). Qaraldi: 2-dekabr 2005-yil.
  103. McMahon, Barbara. „Dario Fo makes a splash in bid to run Milan“. The Guardian (30-yanvar 2006-yil). Qaraldi: 30-yanvar 2006-yil.
  104. Duff, Mark. „Playwright Fo faces Milan voters“. BBC News (29-yanvar 2006-yil). Qaraldi: 29-yanvar 2006-yil.
  105. McMahon, Barbara. „Dario Fo loses contest to run for Milan mayoralty“. The Guardian (31-yanvar 2006-yil). Qaraldi: 31-yanvar 2006-yil.
  106. „Fo is still the enemy of power and corruption (an interview with Daniel Jakopovich)“. The Tribune (2011-yil mart). 13-oktabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-oktabr 2016-yil.
  107. „Zero“. 2008-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  108. Flood, Alison. „Ian McEwan condemns 'thuggery' of Neapolitan mafia“. The Guardian (24-oktabr 2008-yil). Qaraldi: 24-oktabr 2008-yil.
  109. „What took centuries to create in Italy was degraded in a very short time“. euronews (21-fevral 2013-yil). Qaraldi: 21-fevral 2013-yil.
  110. 110,0 110,1 „The Nobel Prize for Literature 1997 - Bio-bibliography“. nobelprize.org. Qaraldi: 14-oktabr 2016-yil.
  111. „Obie Awards“. obieawards.com. Qaraldi: 14-oktabr 2016-yil.
  112. Valentini, Chiara. La storia di Dario Fo. Feltrinelli Editore, 1-yanvar 1997-yil. ISBN 9788807814754. 14-oktabr 2016-yilda qaraldi. 
  113. „DHC-Dario Fo - Vrije Universiteit Brussel“ (inglizcha). vub.be. Qaraldi: 2-dekabr 2021-yil.
  114. „VUBToday: Nobelprijswinnaar: Dario Fo overleden“ (niderlandcha). vub.ac.be. 2016-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-oktabr 2016-yil.
  115. „13 ottobre 2016: un anno senza Dario Fo“ (italyancha). San Marino TV (12-oktabr 2017-yil). Qaraldi: 22-yanvar 2021-yil.