Daxmai shohon (Qoʻqon)
Daxmai shohon (shohlar daxmasi) — Qoʻqon shahridagi meʼmoriy yodgorlik. 19-asrning 20-yillarida qurilgan. Qoʻqon xonlari xonadonlariga tegishli shaxslar Norboʻtabiy va uning avlodlari dafn etilgan xazira. Daxmaga gʻarbdan peshtoq (9,4x11,7 m) orqali kiriladi. Peshtoqining ikki tomoniga burjlar ishlangan, sirkor gʻisht va koshin bezakli qilib terilgan. Peshtoq sathining yon tomonlari toʻq zangori rangdagi juft qalampir tasvirlar bilan e-zatilgan. Oʻrta qismiga zangori, yashil va oq koshindan sakkiz qirrali yul-duzlar, tepasiga qizil, qora va yashil rangli yoʻlyoʻl chiziqlar tushirilgan. Ravoq tepasida qizil, pushti, yashil, zangori va oq rangdagi oltiburchak va romb shakllari tasvirlangan. Maqbara eshigi oʻyma oʻsimliksimon naqsh va arabiy yozuvlar bilan uygʻunlashtirilib nafis bezatilgan. Maqbara gumbazli, ichki devorlaridagi darchalarning biridan tomga, ikkinchisidan masjidga oʻtilgan. Uchinchisi esa ochiq turgan. Ichki qismidagi katta ravoqlar bilan darcha ravoqlarining oraliqlaridagi gʻishtlar tik, gajaklar esa toʻlqinsimon qilib terilgan. Maqbara yonida ayvonli masjid (7x6,8 m) ikki us-tunli boʻlib, uning toʻsinli shifti 4 katakka boʻlingan, boʻyama naqsh bilan bezatilgan. D.sh.da xonning onasiga atab qurilgan Modarixon maqbarasi yaxshi saqlangan.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |