Asrlar davomida odamlar tabiiy mukammallikning eng ajoyib ijodlarini ajratib koʻrsatish uchun dunyoning turli xil moʻjizalari roʻyxatini tuzdilar. Koʻpincha bunday roʻyxatlar dunyoning qadimgi yetti moʻjizasi bilan chegaralangan, ammo kengaytirilgan yoki torroq roʻyxatlar ham mavjud.

Gerodot boʻyicha uch moʻjiza tahrir

 
Samos suv kanali

Ehtimol, birinchi bunday roʻyxat Gerodot tomonidan miloddan avvalgi V asrda tuzManbasini tahrirlashilgan. Oʻz asarlarida „tarix otasi“ qadimgi davrlarda Ion madaniyatining markazi boʻlgan Samos orolining uchta moʻjizasini sanab oʻtadi. Quydagilar:

  • Tunnel koʻrinishidagi suv oʻtkazgich (shaharni toza suv bilan taʼminlagan bir kilometr uzunlikdagi suv taʼminoti tizimi);
  • Oroldagi toʻgʻon (u qirgʻoqlarni himoya qilish uchun moʻljallangan edi, saqlanmagan);
  • Gera maʼbuda ibodatxonasi.

7 sonining xususiyati tahrir

Qadim zamonlardan beri bizga maʼlum raqamlarga alohida munosabat boʻlgan. 7 raqami ulardan biri. Fikrlarga koʻra, 7 — qamariy oyning fazalari oʻzgargan kunlar soni (chorak, yarim, toʻlin va yangi oy — va barchasi birgalikda 28), 7 — osmonda koʻrinadigan sayyoralar soni (Merkuriy, Saturn, Mars, Yupiter, Venera va Quyosh va Oy) deb taʼkidlashadi. Boshqalar esa, hamma narsa ancha sodda ekanligiga aminlar, chunki deyarli har bir quruqlikdagi sutemizuvchilarning 7 ta boʻyin umurtqasi bor, ularni qadimgi odamlar yuz minglab yillar oldin yaxshi bilishgan. Sababi ular ovqat miqdorini oʻz qabilasining aʼzolari orasida shunga qarab boʻlishishlari kerak edi. Inson qoʻli bilan yaratilgan yettita dunyo moʻjizalari deb atash gʻoyasining muallifi kim boʻlganligi ham aniq maʼlum emas (garchi bu borada bir qancha taxminlar mavjud boʻlsa-da), lekin eramizning IV-asridan beri hech kim bu bilan bahslashishga urinmagan[1].

Qadimgi dunyoning yetti moʻjizasi tahrir

 
Dunyoning yetti moʻjizasi

Miloddan avvalgi 3-asr atrofida dunyoning yetti moʻjizasining klassik roʻyxatini paydo boʻldi:

Xeops piramidasi (Giza, Miloddan avvalgi 2550 yil), Xeops piramidasi saqlanib qolgan yagona mojiza boʻlib, u Misrning Giza shahrida joylashgan. Binoning yoshi 4500 yil. 120 ming misrlik 20 yil davomida yuzlari ter toʻkib, ulugʻvor firʼavn qabrini qad koʻtardi. Xeops piramidasi har birining ogʻirligi 2,5 tonna boʻlgan 2,5 million blokdan iborat. Sement va boshqa mahkamlagichlardan foydalanmasdan, bloklar bir-biriga juda qattiq oʻrnatiladi, ular orasidagi boʻshliq 0,5 mm dan oshmaydi.Piramidalar Misr firʼavnlari uchun qabr boʻlib xizmat qilgan va ular oʻlimidan ancha oldin oʻnlab yillar davomida qurilgan. Qurilish jarayoni qanday sodir boʻlganligi aniq nomaʼlum. Baʼzi tarixchilar quruvchilarni huquqdan mahrum boʻlgan qullar boʻlgan deb aytishadi, boshqalari esa Misr dehqonlari har uch oyda bir-birini almashtirib, oziq-ovqat uchun piramidalar qurishda ishlagan degan taxminlar bor. Piramida oʻsib ulgʻaygan sari gigant bloklar qanday qilib yuqoriga tortilgani ham hozirgacha nomaʼlum. Oʻsha paytda quruvchilarda blok va tutqichlardan boshqa jihozlar yoʻq edi. Tadqiqotchilardan biri hatto bloklarni maxsus qum tepaliklari boʻylab sudrab borishni taklif qildi — va agar bu haqiqatan ham shunday boʻlsa, unda bajarilgan ishlarning umumiy miqdori sezilarli darajada oshadi … Qanday boʻlmasin, ish ulkan va hayratlanarli darajada aniq bajarilgan: bloklar orasidagi masofaga hatto pichoqning qili ham sigʻmasligi maʼlum. Zamonaviy inson nuqtai nazaridan, piramidalar maʼnosiz, ammo ulugʻvor, goʻzal va mukammaldir. Shuning uchun, bugungi kunda ham ularni koʻrganlarni hayratda qoldiradilar[2].

• Bobilning osma bogʻlari (Bobil, Miloddan avvalgi 600 yil), Bobilning osma bogʻlari miloddan avvalgi VII-asrda shoh Navuxadnazar II ning rafiqasi uchun qurilgan. Ular hozirgi Iroq hududi boʻlgan Bobilda joylashgan edi. Zilzila natijasida noyob bogʻlar vayron boʻldi. Bogʻlar toʻrt pogʻonali platformada joylashgan boʻlib, doimo gullab-yashnayotgan yam-yashil tepalikni eslatardi. Teraslar poydevori qamish qatlami bilan qoplangan va asfalt bilan toʻldirilgan tosh bloklardan qurilgan. Keyin ikki qavatli gʻisht, undan ham balandroq — sugʻorish suvining oqishi oldini olish uchun qoʻrgʻoshin plitalari bor edi. Bu inshoot ustiga unumdor tuproq qatlami yotqizilib, uning ustiga daraxtlar, palma daraxtlari, gullar o‘stirildi. Ulug‘ balandlikka ko‘tarilgan muhtasham bog‘lar g‘amgin, chang bosgan Bobilda haqiqiy dunyo mo‘jizasidek tuyulardi. Afsonada aytilishicha, eramizdan avvalgi VI asrda hukmronlik qilgan Bobil shohi Navuxadnazar II Midiyaning yam-yashil kengliklarida (zamonaviy Eron gʻarbidagi qadimiy davlat) tugʻilgan suyukli rafiqasi Amitsaga oʻz vatanining aniq nusxasini sovgʻaga berishga qaror qilgan [3]. Boshqa bir afsonaga koʻra, qirolicha Semiramis bogʻlarni qurgan va ularni uning nomi bilan atagan. Bogʻlar keng toʻrt qavatli minorada joylashgan edi. Yaruslar qalin unumdor tuproq qatlami bilan qoplangan boʻlib, unda begona oʻsimliklar, nafaqat gullar, balki baland palma daraxtlari va turli xil daraxtlar ekilgan. Bu bogʻlarni sugʻorish uchun yuzlab qullar Furotdan suv tortdilar. Uch yuz yil oʻtgach, buyuk bosqinchi Iskandar Zulqarnayn bogʻlarning goʻzalligidan juda xursand boʻlib, Bobilni oʻz davlatining poytaxtiga aylantirishga qaror qildi. Ammo yillar va asrlar oʻtdi, shahar vayron boʻldi, toshqinlar yomon pishirilgan loydan binolarni vayron qildi, goʻzal osilgan bogʻlar changga aylandi[4].

Olimpiyadagi Zevs haykali (Olimpiya, Miloddan avvalgi 435 yil), Olimpiyadagi Zevs haykali haykaltarosh Phidias miloddan avvalgi 435 yilda momaqaldiroq xudosining haykalini yaratgan, u Olimpiyadagi maʼbudga tegishli edi. U Gretsiyada joylashgan edi. Yongʻin natijasida haykal tuzatib boʻlmaydigan darajada shikastlangan. Miloddan avvalgi 435-yilda Olimpiyada — Qadimgi Yunonistonning ziyoratgohlaridan biri — xudolar hukmdori — Zevs sharafiga ulugʻvor maʼbud qurilgan. Maʼbudning ichida taxtda oʻtirgan Olimpiya xudosining 20 metrli ulkan haykali oʻrnatilgan. Haykal yogʻochdan yasalgan boʻlib, uning ustiga Zevs tanasining yuqori yalangʻoch qismini taqlid qilib, fil suyagi plitalari yopishtirilgan. Xudoning kiyimi va poyabzali oltin bilan qoplangan. Zevs chap qoʻlida burgut tasvirlangan tayoq, oʻng qoʻlida esa gʻalaba maʼbudasi haykali bor edi[5].

Efes Artemidasi ibodatxonasi (Efes, Miloddan avvalgi 550 yil), Efesdagi Artemida ibodatxonasi Artemida maʼbudaga bagʻishlangan ulugʻvor ibodatxona edi. Uni bir necha bor yoʻq qilishga harakat qilishdi, lekin yunonlar faqat kelishi bilan buni uddalashdi. Endi siz faqat bir vaqtlar chiroyli binoning xarobalarini koʻrishingiz mumkin, ular Turkiyada joylashgan. Ulkan oq marmar ibodatxona balandligi 18 metr boʻlgan 127 ta ustun bilan oʻralgan edi. Ichkarida unumdorlik maʼbudasi Artemidaning oltin va fil suyagidan yasalgan haykali bor edi. Miloddan avvalgi 356-yilda Efesning magʻrur aholisidan biri Gerostrat, maʼbudga oʻt qoʻyib, shu tariqa mashhur boʻlishga va oʻzining ismini abadiylashtirishga qaror qildi. Kichik Osiyo yarim orolida joylashgan qadimgi Yunonistonning Efes shahri (zamonaviy Turkiya hududi), uning aholisi Artemida maʼbudasiga bagʻishlangan. Miloddan avvalgi VI-asrda ular oʻzlarining homiylari — Artemisiya uchun goʻzalligi boʻyicha barcha maʼlum ziyoratgohlardan ustun boʻlgan ulugʻvor maʼbud qurishga qaror qilishdi. Qurilish arxitektor Xersifronga ishonib topshirildi, u loyihani yaratdi va ishga kirishdi. Vazifa shu qadar ulkan va murakkab boʻlib chiqdiki, Xersifron ishning natijasini koʻrishga hayoti yetmadi (vafot etdi). Bu ishni uning o‘g‘li Metagen davom ettirdi, lekin u ham uni oxiriga yetkaza olmadi. Qurilish arxitektorlar Peonit va Demetrius tomonidan yakunlangan. Umuman olganda, manbalarga koʻra, qurilish 120 yil davom etgan.Shunga qaramay, goʻzal ibodatxona — 18 metr balandlikdagi marmardan oʻyilgan ikki qator ulkan ustunlar bilan oʻralgan, maydoni 6000 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan ulkan inshoot shaklida qurilgan. Afsuski, u yuz yildan ortiq turmadi. Efesliklar yoʻqotishni qabul qilishmadi. Pul yigʻib, ular maʼbudni avvalgi ulugʻvorligini tiklab, uni nafaqat 15 metrlik haykali asosiy zalda oʻrnatilgan Artemida ziyoratgohiga, balki oʻsha davrning taniqli rassomlarining sanʼat asarlari toʻplamiga aylantirdilar. Darhaqiqat, Artemida ibodatxonasi 600 yildan ortiq vaqt davomida mavjud boʻlgan antik davrning eng mashhur muzeyiga aylandi. Artemida ziyoratgohi qayta qurilgan, ammo 263-yilda u gotlar tomonidan vayron qilingan va talon-toroj qilingan. Vizantiya davrida uning marmar qoplamasi qurilish materiali sifatida foydalanish uchun demontaj qilingan va daryo choʻkindilari poydevor qoldiqlarini koʻmgan va faqat XIX-asrda ingliz arxeologlari olti metr chuqurlikdagi bir vaqtlar buyuk inshootning izlarini qayta kashf etishgan[6].

Galikarnas maqbarasi (Galikarnas, Miloddan avvalgi 351 yil), Galikarnasdagi maqbara hukmdor Mansolni dafn etish uchun qabr sifatida qurilgan — uning nomidan „maqbara“ soʻzining oʻzi shakllangan. U shu qadar ulugʻvor ediki, u darhol „Yetti moʻjiza“ roʻyxatiga kirdi. Inshoot XV-asrda zilzila vayron boʻlgunga qadar koʻp yuz yillar davomida turdi. Zamonaviy Galikarnas Turkiyaning Bodrum kurortidir. Balandligi 46 metr boʻlgan, 36 ta ustun bilan oʻralgan va arava haykali bilan oʻralgan muhtasham dafn inshooti zamondoshlarida shu qadar kuchli taassurot qoldirdiki, oʻshandan beri barcha monumental qabrlar shoh Mavzolining nomi bilan atalgan[7].

Rodos Kolossi (Rodos, Miloddan avvalgi 292-280 yillar oraligʻida), Rodos Kolossi — Gretsiyaning Rodos orolida miloddan avvalgi III-asrda qurilgan Helios xudosining ulkan haykali. Vaqti-vaqti bilan yunon ommaviy axborot vositalarida ular yodgorlikni tiklashni rejalashtirayotgani haqida maʼlumotlar paydo boʻladi, ammo hozircha bu faqat rejalar. 292-280 yillarda Rodos portiga kiraverishda qadimgi yunon quyosh xudosi Heliosning ulkan haykali oʻrnatilgan. Qad rostlagan nozik yoshlik xudosi qoʻlida mashʼalni ushlab turardi. Haykal oyoqlari orasidan kemalar suzib yurardi. Faqat 65 yil davomida Rodos Kolossu oʻz oʻrnida turdi: miloddan avvalgi 222-yilda zilzila natijasida vayron boʻlgan. Haykalning boʻlaklari 900 tuyada tashilgan[8].

Iskandariya mayogʻi (Iskandariya, Miloddan avvalgi 3-asr), Iskandariya mayogʻi hozir Misr tarkibiga kiruvchi Foros orolida qurilgan. Miloddan avvalgi 270 yilda Foros orolida, Iskandariya portiga kiraverishda balandligi 120 metr boʻlgan ulkan minora qurilgan. Mayoq tepasida doimiy ravishda olov yonib turardi, uning yorugʻligi metall konkav oynalar yordamida kuchaytirildi va 60 kilometr masofada koʻrindi. Yongʻin uchun oʻtin xachirlar tortgan aravalarda aylanma zinapoyaga koʻtarildi. Mayoq XIV-asrda zilzila natijasida vayron boʻlgan.Koʻp asrlar davomida u dunyodagi eng baland bino hisoblangan. Mayoq nafaqat goʻzalligi tufayli yaratilgan: u dengizchilar uchun yaxshi yoʻl koʻrsatuvchi boʻlib xizmat qilgan. Mayoq zilzilalar natijasida vayron boʻlgan[9][10].

Dunyoning zamonaviy yetti moʻjizasi tahrir

2001-yilda „New Open World Corporation“ notijorat tashkilotining dunyoning zamonaviy yetti moʻjizasini aniqlashga moʻljallangan loyihasi ishga tushirildi. Shu bilan birga, meʼmoriy va tabiiy moʻjizalarni alohida belgilashga qaror qilindi. Birinchi toifadagi gʻoliblar 2007 yil 7 iyulda aniqlandi[11]. Ikkinchi toifadagi gʻoliblar 2011 yilda maʼlum boʻldi[12].

Inson tomonidan yaratilgan dunyo moʻjizalari tahrir

Ism Mintaqa Manzil Rasm
Kolizey Yevropa Rim, Italiya
 
Buyuk Xitoy devori Osiyo Xitoy
 
Machu Picchu Janubiy Amerika Peru
 
Petra Osiyo Iordaniya
 
Toj Mahal Osiyo Agra, Hindiston
 
Xaloskor Iso Masih haykali Janubiy Amerika Rio-de-Janeyro, Braziliya
 
Chichen Itsa Shimoliy Amerika Yucatan, Meksika
 
Giza piramidalari (faxriy nomzod) Afrika Misr
 

Tabiat olamining ajoyibotlari tahrir

Ism turi Manzil Rasm
Amazon va Amazon oʻrmonlari Daryo   Boliviya



  Braziliya



  Venesuela

  Kolumbiya

  Peru

  Surinam
  Ekvador
Halong koʻrfazi Bay   Vyetnam
Iguazu sharsharalar   Argentina
  Braziliya
Jeju oroli Orol   Janubiy Koreya
Komodo milliy bog   Indoneziya
Puerto Princesa er osti daryosi Karst gʻorlari   Filippin
Table Mountain milliy bogʻi milliy bog   Janubiy Afrika Respublikasi

Suv osti dunyosining moʻjizalari tahrir

CEDAM International maʼlumotlariga koʻra [13] WebUrbanist maʼlumotlariga koʻra [14][15]
Palau suv osti dunyosi Iskandariyaning suv osti xarobalari
Beliz toʻsiq rifi Kambay ko'rfazi, Hindiston
Katta toʻsiq rifi Phayao koʻli, Tailand
chuqur dengiz yoriqlari Yonaguni yodgorligi, Yaponiya
Galapagos orollari Ekvador
Baykal koʻli Irkutsk viloyati, Buryatiya Respublikasi, Rossiya
Qizil dengiz shimolida Osiyo

Mamlakat boʻyicha roʻyxat tahrir

  • Belgiyaning yetti moʻjizasi
  • Portugaliyaning yetti moʻjizasi
  • Rossiyaning yetti moʻjizasi
  • Ukrainaning yetti moʻjizasi
  • Ukrainaning yettita tabiiy moʻjizasi

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir