Ernes[1] Sergeevich Sedko (ruscha: Седько, Эрнес Сергеевич; 1987-yil 16-aprel) – oʻzbek futbolchisi, hujumchi pozitsiysida oʻynagan.

Ernes Sedko
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ernes Sergeevich Sedko
Tavallud sanasi 16-aprel 1987-yil
Tavallud joyi Oʻrta Chirchiq tumani,
Toshkent Viloyati,
Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 192 m (629 ft 11 in)
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2005—2006 Oʻzbekiston Kimyogar - (5)
2007 Oʻzbekiston Bunyodkor 1 (0)
2007 Oʻzbekiston Kimyogar - (1)
2008 Oʻzbekiston Sokol (Uchquduq) - (15)
2009 Oʻzbekiston Qizilqum 0 (0)
2013 Qozogʻiston Maqtaaral 30 (8)
2014 Qozogʻiston Astana-1964 22 (4)
2015—2017 Qirgʻiziston Alay ? (3)
2022 Rossiya Kurkino (Moskva) 20 (7)
2023 Rossiya Lyubertsi-400 14 (5)
2024 Rossiya FC Metallurg Vidnoye 14 (11)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2024-yil 2-may uchun)

Futbolchilik faoliyati

tahrir

10 yoshida futbol oʻynashni boshlagan. Klub bilan birinchi professional shartnomasini 2005-yilda Oʻzbekiston birinchi ligasida ishtirok etuvchi „Kimyogar“ (Chirchiq) jamoasi bilan imzolangan. Ernes 2007-yilgi mavsumning bir qismini Toshkentning „Quruvchi“ jamoasida oʻtkazgan boʻlib, oliy ligada bitta oʻyin oʻtkazgan. Yagona oʻyinini 2007-yil 14-aprelda „Mash’al“ jamoasiga qarshi oʻyinda 78-daqiqada Baxtiyor Ashurmatov oʻrniga maydonga tushgan[2].

2008-yilda Oʻzbekiston birinchi ligasida „Sokol“ (Uchquduq) jamoasida oʻynagan[3]. 2008-yilgi Oʻzbekiston kubogi 1/16 finalida Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasiga qarshi oʻyinda (1:1, 5:4-pen) asosiy vaqtda gol urgan va penaltilar seriyasida hal qiluvchi penaltini golga aylantirgan. 2009-yili „Qizilqum“ klubi tarkibida qayd etilgan. 2010-yillar boshida u Moskvadagi havaskor klublarda safida 8x8 futbol musobaqalarida ishtirok etgan.

2013-yilda Ernes birinchi ligadan Qozogʻistonning „Maxtaaral“ klubiga oʻtgan va 8 ta gol bilan jamoasining toʻpurariga aylangan. Keyingi yili Astana-1964 jamoasida birinchi ligada oʻynagan, chempionatda 4 ta va Qozogʻiston kubogida 2 ta gol urgan.

2015-yilda „Alay Oʻsh“ jamoasida toʻp surgan va 2015-yilda Qirgʻiziston chempioni boʻlgan. Oʻsha mavsumning soʻnggi oʻyinlaridan birida, 2015-yilning 18-oktabr kuni „Abdish-Ata“ga qarshi oʻyinda Farhod Musabekov[4] bilan toʻqnashib, oyogʻini sindirib olgan. Bir yildan koʻproq vaqt davomida futbolchi jarohatidan forigʻ boʻldi, shu vaqt ichida u klubda seleksioner murabbiy vazifasini ham bajargan. Sedko 2017-yilning ikkinchi yarmida yana „Alay“ jamoasining mavsum oldi qaydnomasida futbolchi sifatida kiritilgan.

2016/17-yilgi qishda va 2017-yil noyabr oyidan boshlab yana Moskvadagi havaskor jamoalarda oʻynagan. 2022-yilda u Rossiyaning uchinchi divizionida (Moskva zonasi, A divizioni) „Kurkino“ klubi eʼlon qilgan mavsum oldi qaydnomasiga kiritilgan. 2024 yilda esa „Vidnoye Metallurg“ jamoasi tarkibida Rossiya uchinchi ligasida (Moskva viloyati chempionati) oʻynagan.

Manbalar

tahrir
  1. Ernest ham xato yozilgan
  2. „МАШЪАЛ 0:1 БУНЁДКОР“. 2019-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-yanvar.
  3. „Uzbekistan 2008“. 2013-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-iyun.
  4. „Футбол: «Алай» в гостях обыграл «Абдыш-Ату» и приблизился к чемпионству“. 2019-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-yanvar.

Havolalar

tahrir