Farhodning jasorati
Farhodning jasorati — 1967-yilda suratga olingan harbiy drama film. Kaliningrad viloyatining Neman shaharchasida suratga olingan.[1][2]
Farhodning jasorati | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Albert Xachaturov |
Ssenariynavis(lar) | Ibrohim Rahim |
Rollarda |
Javlon Hamroyev Vija Artmane |
Bastakor(lar) | Rumil Vildanov |
Distribyutor | Oʻzbekfilm |
Chiqarilgan sanasi | 1967 |
Davomiyligi | 77 daqiqa |
Mamlakat | Sovet Ittifoqi |
Syujeti
tahrirIkkinchi jahon urushidagi janglardan birida kapitan Farhod Abbosov fashistlarga asir tushib qoladi. Fashist qoʻshini generali Hoffman uni sinovdan oʻtkazadi, unga tankni mudofaa chizigʻidan olib oʻtishni buyuradi. Farhod „T-34“ tankini mudofaa chizigʻidan mohirona olib oʻtadi. Hoffman Farhodning mahoratiga qoyil qoladi, biroq uni otib tashlashni buyuradi. Farhod Vera ismli tarjimon qiz bilan asirlikdan qochishga erishadi. Farhod Veraga oʻz safdoshlarining yoniga qaytishni buyuradi. Fashistlar harbiy eshelonini yakson qilib, Farhodning oʻzi ham qahramonlarcha halok boʻladi. Vera qochishga muvaffaq boʻladi.
Rollarda
tahrir- Javlon Hamroyev — Farhod
- Vija Artmane — Vera, tarjimon
- Laimonas Noreika — Hoffmann, nemis generali
Manbalar
tahrir- ↑ „Фильмы снятые в Немане“. // moyneman.ru. 7-avgust 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 20-iyul.
- ↑ „Хамраев Джавлон Раззакаевич“. // kino-teatr.ru. 7-avgust 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 21-iyul.
Havolalar
tahrir