Oluwafikayomi OluwadamilolaFikayoTomori (1997-yil 19-dekabrda tugʻilgan) — professional futbolchi, "Milan" klubi va Angliya terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi. Kanadada tugʻilgan, xalqaro uchrashuvlarda Angliya sharafini himoya qiladi.

Fikayo Tomori
2022-yil Tomori AC Milan safida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Oluwafikayomi Oluwadamilola Tomori[1]
Tavallud sanasi 19-dekabr 1997-yil (1997-12-19) (26 yosh)[2]
Tavallud joyi Calgary, Alberta, Canada
Boʻyi 1.85 m (6 ft 1 in)[2]
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
AC Milan
Raqami 23
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Riverview United
2005-2016 Chelsi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016-2021 Chelsi 17 (1)
2017 Brighton & Hove Albion (ijara) 9 (0)
2017-2018 Hull City (ijara) 25 (0)
2018-2019 Derby County (ijara) 44 (1)
2021 AC Milan (ijara) 17 (1)
2021- AC Milan 32 (0)
Milliy terma jamoa
2016 Kanada U20 3 (0)
2016 Angliya U19 5 (0)
2016-2017 Angliya U20 15 (0)
2017-2019 Angliya U21 15 (0)
2019- Angliya 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(13-avgust uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (11-iyun uchun)

Tomori Kanadaning Alberta shtatidagi Kalgari shahrida nigeriyalik ota-ona oilasida tugʻilgan. Bir yoshga toʻlmasdanoq, Tomori oilasi bilan Angliyaga koʻchib oʻtgan va u yerda oʻsgan.[3][4] U olti yoshida Kentdagi Riverview United jamoasida oʻynay boshladi.[4] Uning futboldagi kumiri Thierry Henry edi.[5] U 2009-yildan 2014-yilgacha Kentdagi Gravesend grammatika maktabida oʻqigan, maktabda oʻqib yurgan vaqtida u Gravesendni tark etib, 16 yoshida Chelsiga borishga qaror qilgan.

Klublardagi faoliyati tahrir

Tomori „Chelsi“ akademiyasiga 8 yoshgacha boʻlgan bolalar darajasida qoʻshildi va klub akademiyasiga qabul qilindi.[6] U 2015-2016-yillarda UEFA Yoshlar ligasida va Angliya yoshlar kubogida ketma-ket gʻalaba qozongan „Chelsi“ yoshlar jamoasi aʼzosi edi.[6]

2017-yilning 31-avgustida Tomori Chempionshipning „Hull City“ klubiga bir mavsumlik ijara shartnomasi asosida qoʻshildi.[7] U 2017-yilning 13-sentabrida „Fullham“ ga qarshi oʻyinda (2:1) debyut qilgan.[8]

2018-yilning 6-avgustida Tomori Chempionshipning „Derby County“ jamoasiga bir mavsumga ijara asosida qoʻshildi.[9] U 11-avgust kuni „Leeds United“ga qarshi oʻyinda (1:4) debyut qildi.[10][11] Klubdagi faoliyati davomida u klubning „Yil futbolchisi“ deb topilgan.[12]

2021-yilning 22-yanvarida Tomori Italiyaning "Milan " klubiga 2020-21-yilgi mavsumning qolgan qismida sotib olish huquqi bilan ijaraga berildi.[13] Toʻrt kundan soʻng u Italiya kubogi chorak finalida „Inter“ ga qarshi „Derby della Madonnina“da debyut qildi, jamoasi safarda 2:1 hisobida magʻlub boʻldi.[14] 2021-yil 9-may kuni Tomori „Milan“ safidagi ilk golini safarda „Yuventus“ ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda kiritdi.[15] Tomori 2009-yilda David Beckhamdan keyin „Milan“ safida gol urgan birinchi ingliz futbolchisi boʻldi va bu klubning 2011-yil martidan beri „Yuventus“ga qarshi ligadagi ilk safardagi gʻalabasi edi.[16]

2021-yil 17-iyun kuni Tomori Milan bilan 2025-yilning 30-iyuniga qadar doimiy shartnoma imzoladi, chunki klub oldingi ijaradagi 25 million funt sterlingga sotib olish huquqidan foydalangan.[17] Tomori „Milan“da 23-raqamda toʻp surdi.[18]

Terma jamoadagi faoliyat tahrir

Tomori ota-onasi sababli xalqaro miqyosda Nigeriya terma jamoasi vakili boʻlish huquqiga ega boʻlgan.[19] 2019-yil 17-noyabr kuni Tomori Kosovoga qarshi UEFA Yevro-2020 saralashida Angliya terma jamoasiga qarshi debyut qildi va shu tariqa oʻz kelajagini shu mamlakat bilan bogʻladi.[20]

Kanada tahrir

2016-yil 27-mart kuni Tomori Kanada U20 terma jamoasi sardori boʻlib, milliy terma jamoadagi uchinchi uchrashuvida Angliya U20 ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.[21][22]

Yutuqlar tahrir

Chelsi akademiyasi

  • FA yoshlar kubogi: 2014-15, 2015-16[23]
  • UEFA Yoshlar ligasi: 2014-15, 2015-16[6]

Chelsi

  • Angliya kubogi sohibi: 2019-20[24]

AC Milan

Angliya U20

  • FIFA U-20 Jahon chempionati: 2017

Angliya U21

  • Toulon turniri: 2018[26]

Shaxsiy sovrinlari

  • 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi futbolchisi: 2016[27]
  • „Chelsi“ akademiyasining eng yaxshi futbolchisi: 2016[28]
  • Derby County safida yilning eng yaxshi futbolchisi: 2018-19[29]
  • „Chelsi“ safida yilning eng chiroyli goli: 2019-20 (Wolvesga qarshi oʻyinda)[30]

Manbalar tahrir

  1. „FIFA U-20 World Cup Korea Republic 2017: List of Players“. FIFA (2017-yil 25-may). Qaraldi: 2017-yil 8-oktyabr.
  2. 2,0 2,1 „Fikayo Tomori“. 11v11. Qaraldi: 2017-yil 8-oktyabr.
  3. „Calgary-born Fikayo Tomori gets call from England national soccer team“. CBC Sports (3-oktabr 2019-yil). Qaraldi: 21-fevral 2021-yil.
  4. 4,0 4,1 „Fikayo Tomori Canada Profile“. Canadian Soccer Association.
  5. „Fikayo Tomori: First, Last and Always“. Chelsea F.C. (25-mart 2020-yil). Qaraldi: 21-fevral 2021-yil.
  6. 6,0 6,1 6,2 „Fikayo Tomori“. TheChels.info.
  7. „Hull City sign Chelsea defender on loan“. Sky Sports (31-avgust 2017-yil). Qaraldi: 31-avgust 2017-yil.
  8. „Fulham 2–1 Hull City“. BBC Sport. BBC (13-sentabr 2017-yil). Qaraldi: 13-sentabr 2017-yil.
  9. „Fikayo Tomori: Chelsea defender joins Derby County on loan“. BBC Sport (6-avgust 2018-yil). Qaraldi: 6-avgust 2018-yil.
  10. „DERBY COUNTY VS LEEDS UNITED. Derby later beat Leeds over two legs in the play off semi-final. Derby played Aston Villa at Wembley in the 2910 play-off final with Tomori being on the losing side by 2 goals to one.“. Leeds United (11-avgust 2018-yil). 11-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-avgust 2018-yil.
  11. „Derby 1–4 Leeds – Bielsa's side thrash Rams with brilliant attacking display. Later in the season Derby would beat Leeds in the play off semi final and Tomori last match for Derby was in the play off final at Wembley.“. BBC Sport (11-avgust 2018-yil). Qaraldi: 11-avgust 2018-yil.
  12. „Fikayo Tomori named Derby County's player of the year“. Derby Telegraph (24-aprel 2019-yil). Qaraldi: 8-avgust 2019-yil.
  13. „Official Statement: Fikayo Tomori“. A.C. Milan (21-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 21-yanvar 2021-yil.
  14. „Inter Milan 2-1 AC Milan: Christian Eriksen nets winner in dramatic derby“. BBC Sport (26-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 27-yanvar 2021-yil.
  15. „Serie A: AC Milan beat Juventus to leave Juve outside top four“. BBC Sport (9-may 2021-yil). Qaraldi: 9-may 2021-yil.
  16. „AC Milan secured their first ever win at Allianz Stadium on Sunday night, beating Juventus 3-0 to take a huge step towards a top four finish.“. Sempre Milan (10-may 2021-yil). Qaraldi: 10-may 2021-yil.
  17. „Fikayo Tomori: Chelsea defender to join AC Milan in £25m permanent transfer after loan spell“. Sky Sports (17-iyun 2021-yil). Qaraldi: 3-sentabr 2021-yil.
  18. „Video: Tomori explains why he opted to take the No.23 shirt at Milan“ (en). SempreMilancom (24-yanvar 2021-yil).
  19. David Paszto. „Chelsea teenager Fikayo Tomori turning heads on both sides of the Atlantic“. Vox Media (13-may 2016-yil). Qaraldi: 11-iyul 2016-yil.
  20. McNulty, Phil. „Kosovo 0–4 England“. BBC Sport (17-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 17-noyabr 2019-yil.
  21. „England Under-19s squad named for Mexico double header“. TheFA (16-may 2016-yil).
  22. „Fikayo Tomori: How Canada helped set 'mystery' defender on path to stardom“ (14-oktabr 2019-yil). Qaraldi: 14-oktabr 2019-yil.
  23. „Fikayo Tomori“. TheChels.info.
  24. McNulty, Phil. „Arsenal 2–1 Chelsea“. BBC Sport (1-avgust 2020-yil). Qaraldi: 1-avgust 2020-yil.
  25. „Milan Secure 1st Serie A Title in 11 Years“. news18.com (23-may 2022-yil). Qaraldi: 23-may 2022-yil.
  26. „Final fightback takes England U21S to Toulon hat-trick with win over Mexico“. The Football Association (9-iyun 2018-yil). Qaraldi: 10-iyun 2019-yil.
  27. „Technical Reportfinals“. UEFA. Qaraldi: 24-oktabr 2016-yil.
  28. @ChelseaFC. „Well done to Fikayo Tomori - our...“.
  29. „Tomori wins Jack Stamps Player of the Year Award“. Derby County F.C.. Qaraldi: 23-aprel 2019-yil.
  30. „Tomori wins Goal of the season“. Chelsea F.C.. Qaraldi: 25-avgust 2020-yil.