Fort-Shevchenko (Tupqarag'an tumani)
Fort-Shevchenko — shahar, Mang'istau viloyati Tupqaragʻan tumanining maʼmuriy markazi. Kaspiy dengizining sharqiy sohilida, viloyat markazi Aqtau shahridan shimoli-gʻarbga tomon 130 km uzoqlikda joylashgan. Aholisi 5,228 kishi (2013).
Fort-Shevchenko qoz. Форт-Шевченко | |
---|---|
shahar | |
44°31′0″N 50°16′0″E / 44.51667°N 50.26667°E | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
viloyat | Mang'istau viloyati |
{{{tuman_turi}}} | Tupqaragʻan tumani |
Hukumat | |
Asos solingan | 1846 |
Avvalgi nomlari |
Novopetrovskoe ukreplenie, Fort-Aleksandrovskiy, fort Uritskiy |
Qachondan beri shahar | 1899 |
Maydon | 545 km2 (210 kv mi) |
Aholisi (2013) |
5,228[1] |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +7 72938[2] |
Pochta indeks(lar)i | 130500[3] |
Avtomobil kodi | R, 12 |
|
Tarixi
tahrirOʻrta asrlarda bu yerda dengiz porti — Ketikqala shaharchasi joylashgan. Kaspiy dengizining sharqiy qirgʻogʻini egallash maqsadida 1716-yili Rossiya imperiyasi Petr I-ning farmoniga binoan A.Bekovich-Cherkasskiy boshchiligidagi ekspeditsiya shu yerda dastlabki „Avliyo Petr“ rus qamalining poydevorini quradi. 1846-yil shtabs-kapitan M.I. Ivaninning boshchiligi bilan Novo-Petrovsk qamali qad rostladi. 1857-yildan qamal atrofida paydo boʻlgan shahr Fort-Aleksandrovsk, kengash hukumatining dastlabki yillarida Fort-Uritskiy, 1939-yildan boshlab hozirgi nomi bilan ataladi. Shaharning chekka qismida Qoʻrgʻantas togʻida vayrona boʻlgan qamalning qoldiqlari saqlangan. 1882-yil Fort-Aleksandrovsk Mangʻistau uezining markazi boʻlib, 1896-yili unga shahar mavqei berildi. 1850 — 1857 yillari bu shaharga ukrainlarning buyuk shoiri T.G. Shevchenko badargʻa qilindi. 1932-yili Shevchenkoning memorial muzeyi ochildi. 1928-yil Fort-Shevchenkoga shahar maqomi berildi. 1938 — 1963 yillar Shevchenko tumanning markazi, 1992-2001 yillar viloyat ahamiyatiga ega shahar boʻldi. 1992-yil yangidan tashkil topgan Tupqaragʻan tumanining markazi, tuman ahamiyatiga ega shahar.
Ijtimoiy soha
tahrirChet ellarning neft-gaz kompaniyalari bazasi shu shaharda joylashgan. 2006-yil shaharning 160 yillik yubileyi nishonlandi. Shaharda bosmaxona, tuman aloqa boʻlimi, 2 maktab, 4 bolalar bogʻchasi, madaniyat uyi, 2 kutubxona, 3 muzey, mehmonxona, avtomat telefon stansiya, tuman kasalxonasi va shifoxona, dorixona, sanepidemiologiya stansiya faoliyat yuritadi.[4]
Manbalar
tahrir- ↑ Численность населения РК по областям, городам и районам Республики Казахстан на 1 июля 2013 года
- ↑ Mangʻistau viloyatining telefon kodlari
- ↑ Почтовые индексы Казахстана
- ↑ "Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati" ensiklopediyasi, Almati, 2002;
Havolalar
tahrir- Форт-Шевченко в Казахстанской энциклопедии[sayt ishlamaydi]