Dilmurod Dilmurodov tahrir

Dilmurodov Dilmurod Dilshodjon o‘g‘li 2003-yilning 12-fevral sanasida Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida tavallud topgan. 2020-yilda Marg‘ilon shahridagi 14-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabini oltin medal bilan tamomlagan. D.Dilmurodov 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar fakultetiga to‘lov-shartnoma asosida talabalikka tavsiya etilgan. U oʻz iqtidori va isteʼdodi, faol ijodkorligi va tashabbuskorligi bilan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda Respublika “Kamalak” bolalar tashkilotining eng faol a’zolaridan sanaladi. Ingliz, rus, nemis, fransuz tillarida erkin muloqot qiladi.

D.Dilmurodov oʻzining ilmiy izlanishlarida bugungi davr uchun dolzarb boʻlgan mavzularni tadqiq etib ijobiy natijalarga erishib kelmoqda. Jumladan, uning ilmiy-tahliliy, ommabop maqolalari Respublika va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda hamda mahalliy gazetalarda chop etilgan. Uning koʻplab ilmiy ishlari, konstuktiv tahliliy maqolalari oʻzining izchil va tushunarliligi bilan alohida e’tirof etilgan. Uning Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlab yozilgan “Ibrat” nomli kitobi nashr etilgan. Hozirda “Markaziy va Janubiy Osiyoning bog‘liqligi” mavzusi  ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

D.Dilmurodov Rossiya Federatsiyasida tashkil etilgan Siyosiy fanlar boʻyicha xalqaro onlayn fan olimpiadasida qatnashib, 90 ball bilan 1-oʻringa sazovor boʻlgan.

2021-yilning aprel oyida Turkmanistonning Oʻzbekistondagi Elchixonasi tomonidan tashkil etilgan maqolalar tanlovida 3-oʻrinni egallab, maxsus diplom bilan taqdirlangan.

Qozogʻiston Respublikasining Ostona shahrida MDHga aʼzo 14 mamlakat orasida tashkil etilgan xalqaro tanlovda faxrli 1-oʻrinni egallab, “MDH yosh olimi – 2021” nominatsiyasini qoʻlga kiritgan hamda diplom va medal bilan mukofotlangan.  Shu bilan birga, sentabr oyida “Yil talabasi” xalqaro koʻrik-tanlovining “Ilm-fan” yoʻnalishida ishtirok etib, faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, u Respublika miqyosida tashkil etilgan bir qator nufuzli xalqaro konferensiyalarga tarjimon-volontyor sifatida jalb etilgan.

Bundan tashqari, Dilmurod Dilmurodov Respublika miqyosidagi koʻplab ijtimoiy loyihalarda samarali ishtirok etgan. Xususan, “21st UP” loyihasi tashkiliy qoʻmitasi aʼzosi, “Genius camp” loyihasining asoschisi, Yuksalish umummilliy harakati aʼzosi hamda UNICEF loyihalarining faol ishtirokchisi sifatida tanilgan.

D.Dilmurodov oʻqishning ilk davrlaridanoq o‘zining mehnatsevarligi, bilimga chanqoqligi, oʻz ustida tinimsiz ishlashi tufayli universitet maʼmuriyati, professor-oʻqituvchilari va talabalari orasida hurmat qozongan. Universitetda oʻtkaziladigan ilmiy-amaliy, ijtimoiy-siyosiy anjumanlarda, madaniy-maʼrifiy tadbirlarda doim faol ishtirok etish bilan birga, universitet tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarni tayyorlash hamda tashkil etishda tashkilotchanligi va izlanuvchanligi bilan amaliy yordam berib kelmoqda.

Shu bilan bir qatorda, Dilmurod Dilmurodov yoshlarning ijtimoiy masalalari boʻyicha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari vakillari bilan oʻtadigan muloqotlarda oʻz taklif va gʻoyalarini ilgari surgan. U yetakchilik qobiliyati orqali tengdoshlarini ijtimoiy mazmundagi aksiya va tadbirlarga safarbar etish jarayonlarida ham doimo faol qatnashadi.

Hozirgi vaqtda Dilmurod Dilmurodov doimiy oʻz ustida ishlab, oʻzining bilim va malakasini oshirib bormoqda. Oʻquv fanlarini aʼlo baholarga oʻzlashtirib, barcha seminar va konferensiyalarda faol ishtirok etmoqda.

D.Dilmurodov oʻqishdan boʻsh vaqtini universitet kutubxonasida doimiy izlanish, yangilik izlab topish, xalqaro munosabatlarning joriy holati va istiqboli yuzasidan prognozlar ishlab chiqishga sarflaydi. Doimiy izlanishlari natijasida bir necha tahliliy maqolalar tayyorlab, ko‘plab ilmiy konferensiya to‘plamlarida chop etib kelmoqda.

Dilmurodning ko‘plab ilmiy ishlari, tahliliy maqolalari o‘zining mukammal va sezmazmunligi bilan ko‘plab professor-o‘qituvchilarning e’tiboriga sazovor bo‘lgan. D.Dilmurodov har bir ishga masʼuliyatli yondashishi, boshlagan ishini oxirigacha yetkazishi va o‘qishga bo‘lgan cheksiz muhabbati bilan talabalar orasida o‘z o‘rniga ega.

Dimurodov Dilmurod Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti stipendiyasi sohibi hisoblanadi.