Oblakulova/Al-Hakim I
Qohiraning 2-xalifasi
Hukmronlik 1262-yil 21-noyabr – 1302-yil 19-yanvar
Oʻtmishdoshi Al-Mustansir II
Davomchisi Al-Mustakfiy
Tugʻilishi tax. 1247
Bagʻdod, Iroq
Vafoti 1302-yil 19-yanvar
Qohira, Misr
Farzandlari
Otasi Abu Ali al-Hasan ibn Abu Bakr
Dini Islom, sunniylik

Al-Hakim I (arabcha: أبو العباس أحمد الحاكم بأمر الله; taxminan 1247 - 1302-yil 19-yanvar) to'liq ismi Abul-Abbos Ahmad al-Hakim bi-amrulloh ibn Abu Ali al-Hasan ibn Abu Bakr, Qohirada hukmronlik qilgan va Mamluk sultonligiga boʻysungan ikkinchi Abbosiy xalifa. 1262–1302-yillarda hukmronlik qilgan.

Hayoti

tahrir

Al-Hakim I 1262–1302-yillarda Qohira xalifasi etib tayinlangan. Uning nasli 1118–1135-yillarda hukmronlik qilgan Abbosiylar xalifasi al-Mustarshidga borib taqaladi. 1258-yilda Bag'dod mo'g'ullar qo'liga o'tgach, al-Hakim I Damashqqa qochib ketdi va u yerda arab qabilalari boshlig'i Iso ibn al-Muhanna bilan do'stlashdi. Iso al-Hakimni xalifalikka tayinlanishiga harakat qilgan. Biroq mo'g'ullarning Suriyaga bosqini bilan bog'liq tartibsizliklar vaqtida 1259–1260-yillarda al-Hakim Halabga ketishga majbur bo'lgan. Abulqosim Ahmad al-Mustansir 1261-yilda Qohirada xalifa deb e'lon qilingan. Al-Hakim I Ahmad al-Mustansirning Iroqqa yurishiga hamrohlik qilgan, shuningdek, Abulqosim Ahmadga xalifa sifatida boʻysungan. Biroq Abulqosim Ahmad Iroqning Hit shahri yaqinida moʻgʻullar tomonidan koʻpchilik bosqinchilar bilan birga oʻldirib yuborilgan. Shundan keyin Qohiraga qaytgan al-Hakim 1262-yilda al-Mustansirning o'rniga xalifa deb e'lon qilingan. Al-Hakimning Abbosiylar bilan qarindoshlik aloqasi juda uzoq va zaif bo'lgani bois uning haqiqatan ham o'zi da'vo qilganidek Abbosiylar sulolasidan bo'lgan yoki yo'qligini aniqlash mumkin emas. Mamluk sultonlari hukmronligi ostida Qohirada 39 yil hukmronlik qilgan va Qohiraning barcha keyingi xalifalari uning avlodiga aylangan. 1262-yildan keyin Qohira xalifasi lavozimida qolgan boʻlsa-da, Mamluk sultonlari uni qalʼada mahbus sifatida saqlagan. 1296-yilning dekabr oyiga kelib, Sulton Lajin al-Hakimni ozod qilgan va unga kattaroq maosh berib, shahardagi uylardan birida yashashga ruxsat bergan.

Oilasi

tahrir

Al-Hakimning nasli Al-Mustarshidga borib taqaladi.

Manbalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
Oblakulova/Al-Hakim I
Tavalludi:  ? Vafoti: 1302-yil 19-yanvar
Sunniylik unvonlari
Oldingisi Qohira xalifalari
1262-yil 16-noyabr – 1302-yil 19-yanvar
Keyingisi

[[Turkum:XIII asr Abbosiy xalifalari]] [[Turkum:1302-yilda vafot etganlar]]