Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, AnnaDelvey!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy

Umarxon III (munozara) 15:55, 5-May 2022 (UTC)

Kishi ismlari

tahrir

Salom hamda Vikipediya xush kelibsiz! Avvalambor, qoʻshayotgan hissangiz uchun tashakkur! Sizdan iltimos qilardimki, originali lotin yozuvida yoziladigan kishi ismlarini translit qilmang (VP:Maqolalarni nomlash sahifasi bilan tanishib chiqing). Masalan, Albert Eynshteyn emas, Albert Einstein. Malikxan munozara 16:34, 11-May 2022 (UTC)

Salom, maslahat uchun katta rahmat! AnnaDelvey (munozara) 05:19, 12-May 2022 (UTC)
Iltimos, yuqorida aytganlarimga amal qiling. Soʻnggi yaratgan maqolalaringizning deyarli barchasida bu qoidaga amal qilmayabsiz. Malikxan munozara 17:18, 30-May 2022 (UTC)
Salom, avvalgi maqolalarni tahrir qilaman. Rahmat! AnnaDelvey (munozara) 05:26, 31-May 2022 (UTC)
Yangilarinichi? Mana bu maqolangizda amal qilmabsiz-ku yuqorida aytganlarimga. Iltimos, munozara sahifangizga yozganlarimga eʻtiborliroq boʻling. Terens Xovard emas, Terrence Howard boʻladi. Maqolangizda xip-xop, deb yozibsiz. Aslida x bilan emas, h bilan yozilishi kerak. Malikxan munozara 12:54, 13-Iyun 2022 (UTC)
Asli lotin yozuvida yoziladigan kishi haqida maqola yaratar ekansiz, faqatgina maqola nomini yuqorida aytgan qoidaga rioya qillib yaratganingiz yetarli emas. Maqola ichidagi barcha asli lotin yozuvida yoziladigan kishi ismlarini aslidek qilib yozishingiz zarur. Leopold Bloom maqolangizda tuzatib chiqing shu kabilarni. James Joyce emas, Jeyms Joys boʻlishi kerak. Malikxan munozara 13:00, 13-Iyun 2022 (UTC)

Rahmat

tahrir

Kanar orollari bilan bog'liq maqolalarni yaxshilaganingiz uchun tashakkur. Buni kengaytirsangiz bo'ladi, men uni ancha oldin yaratganman, lekin men o'zbekcha gapirishni bilmayman, shuning uchun u juda kichik. Barcha ezgu tilaklarni tilayman: Amaro Pargo. 87.223.147.154 19:49, 20-Iyul 2022 (UTC)

Kiyev kotletasi maqolasi oʻchirishga nomzod sifatida koʻrsatildi

tahrir
 

Siz tomoningizdan yaratilgan Kiyev kotletasi maqolasi oʻchirishga nomzod sifatida koʻrsatildi, chunki maqola hozirgi koʻrinishida Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga mos kelmaydi.

Maqolani oʻchirish masalasi konsensusga erishilgunga qadar Vikipediya:Oʻchirishga/Kiyev kotletasi sahifasida muhokama qilinadi. Muhokamada hamma, jumladan, siz ham qatnasha olasiz.

Muhokama davomida ham maqolani tahrir qilishingiz mumkin, biroq uning tepasidagi {{oʻchirishga}} andozasini olib tashlamasligingiz kerak. Nataev munozara 23:39, 16-Dekabr 2023 (UTC)