Assalomu aleykum!

tahrir
  Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Javohir93!
  Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

 
Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
  Maqolalarni nomlash
  Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
  Qoida va koʻrsatmalar
  Tasvirlar bilan bezash
  Mualliflik huquqlari
  Glossariy

Doniyor Yóldoshev (munozara) 06:22, 13-Iyun 2023 (UTC) Doniyor Yóldoshev (munozara) 06:22, 13-Iyun 2023 (UTC)

Ogohlantirish

tahrir

  Abror Muxtor Aliy maqolasining „Tanqidlar“ boʻlimini asossiz oʻchirib tashlashni toʻxtating. Aks holda, bloklanasiz.

Malikxan munozara 18:52, 13-Iyun 2023 (UTC)

Asossiz? Tuxmatlarga asoslangan ma'lumotlat qo'yish asosli bo'ladimi? Javobgarlik-chi? Qo'rqmaysizmi, qiyomatda javob berishga? Javohir93 (munozara) 04:22, 14-Iyun 2023 (UTC)

Bloklandingiz

tahrir
 
Ogohlantirishga qaramay, Abror Muxtor Aliy maqolasining „Tanqidlar“ boʻlimini asossiz oʻchirib tashlashda davom etganingiz uchun 3 kun muddatga bloklandingiz. Blok muddati tugagach, foydali hissa qoʻshishingiz mumkin.
Agar sizga qoʻyilgan blokni olib tashlash kerak, deb oʻylasangiz va bunga tayinli sabablaringiz boʻlsa, quyidagi kodni munozara sahifangizga qoʻshing: {{blokdan chiqarish|sabab=Bu yerga sababingizni yozing. ~~~~}}.  Malikxan munozara 18:34, 14-Iyun 2023 (UTC)
Tuxmat qilish - asosli ma'lumotmi? Ee, saviyasiz. Javohir93 (munozara) 18:47, 14-Iyun 2023 (UTC)

Salom! Siz ushbu sahifada tahrirlar urushini keltirib chiqargansiz. Sababini tuxmat gaplar debsiz. Sizga shuni eslatib o'tmoqchimanki, Vikipediya diniy ulamolarni qadrlab, e'zozlaydigan, ular haqida faqat yaxshi gaplar gapiriladigan joy emas. Vikipediya barcha nuqtai nazarni ko'rib chiquvchi, neytral ensiklopediyadir. Iltimos, boshqa foydalanuvchilarni haqorat qilmasdan, ezgu maqsadni koʻzlang. Salazarov 19:13, 23-Iyun 2023 (UTC)

"Vikipediya diniy ulamolarni qadrlab, e'zozlaydigan, ular haqida faqat yaxshi gaplar gapiriladigan joy emas." - debsiz. Ularga nisbatan tuxmat va tasdiqlanmagan ma'lumotlarni joylaydigan platformami? "Vikipediya barcha nuqtai nazarni ko'rib chiquvchi, neytral ensiklopediyadir." - debsiz. Vikipedia neytral bo'ilishi mumkin. Maqola muallifi qayerdan olyabdi bu ma'lumotlarni? Ikkinchi tomonni eshitish kerak emasmi?! Saviya qayerda qoldi? Biror kimsa yoki narsa haqida xolis ma'lumot joylash uchun, mavjud bo'lgan barcha manbaalar o'rganilib chiqiladi. Undan keyin yozish mumkin. Bir tomonlama ma'lumotlarga tayanib maqola joylash neytrallik emas. "Iltimos, boshqa foydalanuvchilarni haqorat qilmasdan, ezgu maqsadni koʻzlang." - biror kimsani haqorat qilibmanmi? Menga nisbatan tuxmat-ku bu. Ezgu maqsadni ko'zlaganim uchun shu ishni qilyabman. Media hizmatlari qanday ishlashini bilaman. Agar, sizlarning maqsadingiz odamlarga xolis aniq bo'lgan ma'lumotlar tarqatish bo'lsa, boshqa manbalarni ham o'rganib chiqishingiz shart bo'ladi. Aks, holda tuxmatlar va yolg'on ma'lumotlaringiz uchun javob berasizlar. Javohir93 (munozara) 03:26, 24-Iyun 2023 (UTC)
Javohir93; Maqola muallifi yozgan ma'lumotlariga manbalar keltirgan. Agar qo'lingizdan kelsa, siz ham muallif keltirgan gaplarni inkor qiluvchi manbalar topib, maqolani boyiting. Lekin, aslo mavjud matnni o'chirib tashlamang! Bu vandalizmdir! Yuqorida Foydalanuvchi:Malikxanni saviyasiz deb haqorat qilganingizni inkor qilib, meni tuxmatchilikda ayblayapsizmi? Salazarov 05:25, 24-Iyun 2023 (UTC)
Savollarimga javob bermaysizmi? Berilgan manbaalarning o'zi asl haqiqatdan yiroq-ku. Bir voqealikka ikkinchi tomon so'ralmasdan turib, adovat bilan xulosalar berib tashlangan. Yana, ozodlik.org ni manbaalari. Siz aytgan "neytrallik" qayerda qoldi? Malikxanga ham, bir necha bor savol berdim. Sizga ham savol: Tuxmatlarga asoslangan ma'lumotlat qo'yish asosli bo'ladimi? Tuxmat qilish - asosli ma'lumotmi? Savollarimga javob bermay blocklash-chi? Bir tomonning ma'lumotlariga tayanib bir shaxs haqida ma'lumot qo'yish saviyasizlik bo'lmay nima bo'lsin. Javohir93 (munozara) 09:47, 24-Iyun 2023 (UTC)