Mahmudova Maftunaxon
Tez boshlash uchun qoʻllanma | Vikipediyaga xush kelibsiz, Mahmudova Maftunaxon! |
Birinchi qadam | Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.
Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang. Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda ( Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz. Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling. Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin. Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin. Va yana bir marotaba, xush kelibsiz! Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
|
Maqolalarni nomlash | |
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar | |
Qoida va koʻrsatmalar | |
Tasvirlar bilan bezash | |
Mualliflik huquqlari | |
Glossariy |
Yoqimli tahrirlar tilayman! Komilhuja 18:00, 2024-yil 25-sentyabr (UTC)
Avtomat tarjima kontent yaratishni bas qiling
tahrirHormang! Vikipediyaga hissa qoʻshayotganingiz uchun rahmat. Ammo tarjima qilayotganda muayyan qoidalarga amal qilish kerak. Mazmunsiz, avtomat tarjima maqola yaratishni toʻxtating.
Pyotr Garyayev maqolasida „P.Garyayevning tajribalari biologlar tomonidan tanqid qilindi, ular uning eksperimentlar oʻtkazishning ilmiy metodologiyasiga rioya qilmasligi va tegishli fanlar asoslarini bilmasligini koʻrsatdi“ gapini oʻzingiz tushundingizmi? Vladimir Vasilevni olaylik. Familiyasi Vasilyev, „подрывник“ soʻzi esa „buzuvchi“ degani emas. Konstantin Legostayev Maqolasida esa „Эта композиция стала первой для «Гостей», авторами которой они не являлись“ gapini "Ushbu kompozitsiya mualliflari boʻlmagan „Mehmonlar“ uchun birinchisi edi" deb tarjima qilgansiz. Aleksandr Shishinin maqolasida esa „по образованию метеоролог“ qanaqasiga „malaka oshirish boʻyicha meteorolog“ boʻlib qoldi? Sergey Jukov maqolasida esa „в честь солиста Рэя Слейнгарда группы 2 Unlimited“ jumlasini bemaʼni „2 Unlimited guruhining Rey Sleyngardning bosh qoʻshiqchisi sharafiga“ shaklida ifoda etgansiz. Roman Sergeyevich maqolasida esa „Неоднократно посещал программу «Смак»“ shundayligicha qolib ketgan. Shuning aholi punktlari haqidagi oz sonli chala maqolalaringizdan boshqa barcha AT maqolangiz VP:M2ga koʻra tezda oʻchirildi.
Mavjud maqolalarning esa nusxalarini yaratmang. Masalan, Itambé maqolasi mavjudligiga qaramay, Itambe sahifasini yaratgansiz. Shuningdek, yangi maqolalarni boshqa tillarga ulashni oʻrganing.
Keyingi safar har bir jumla, har bir soʻz toʻgʻri ekanligiga amin boʻlsangizgina maqola yarating. Maqolalarda rasmiy tarjimasi yoʻq asarlar va filmar nomlarini aslidek yozing. Masalan, qarang: Slova i lyudi. Ogohlantirishlarga qaramay mashina tarjimasidan iborat kontent yaratishda davom etgan foydalanuvchilarga qarshi keskin chora koʻrilishi mumkin. Nataev munozara 20:23, 2024-yil 12-oktyabr (UTC)