Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Mamanov Jamshid!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy


Hasan Alimov (munozara) 09:59, 2-Avgust 2023 (UTC)Javob berish

Snoskalar tahrir

Maqolalaringizda snoskalar bilan bogʻliq xatoliklar kuzatilmoqda. Snoska qoʻyishda quyidagi qoidalarga amal qiling:

Oʻzbekcha Vikipediyada manbalar hamda izohlar nuqta, vergul, ikki nuqta va nuqtali verguldan oldin qoʻyiladi, keyin emas. Agar gap soʻroq, undov yoki koʻp nuqta bilan yakunlansa yoki gap yakunida qavs yopilsa, manba/izoh bu belgilardan keyin qoʻyiladi; shuningdek, manbalar/izohlar qoʻshtirnoqlardan keyin qoʻyiladi:

  • Jumla[1].
  • Jumla[1],
  • Jumla[1]:
  • Jumla[1];
  • Jumla?[1]
  • Jumla![1]
  • Jumla…[1]
  • (Jumla)[1]

Maroqli tahrirlar! — Hasan Alimov () 09:17, 6-Avgust 2023 (UTC)Javob berish

Orfografiya tahrir

Guluston maqbarasi maqolangizda,maqolaning nomini Guliston degan maqulroq. Agar orginalida Guluston bo'lmasa Axadjon1 (munozara) 11:18, 9-Avgust 2023 (UTC)Javob berish

Ogohlantirish tahrir

Salom. Tarjima qilayotgan maqolalaringizda avtomat tarjimalar qolib ketmoqda. Ularni hammasini tuzatib, mazmundor holga keltirishingiz tavsiya qilinadi. Aks holda, avtomat tarjima maqola oʻchirishga berilishi mumkin. Umarjon Rahimov (munozara) 06:39, 13-Avgust 2023 (UTC).Javob berish

Kamchilik tahrir

Assalomu aleykum,Aleksandr Ross maqolangizda manbalar joyini o'zgartirishi kerak,aynan 3 va 4 chi manbalar Axadjon1 (munozara) 11:39, 19-Avgust 2023 (UTC)Javob berish

Chuan (taom) tahrir

Salom. Maqolani „Chuan“ga koʻchiring. Oʻzbekcha Vikipediyada „Chuan“ nomli maqola mavjud emas, shu sababli maqola nomiga disambig qoʻshishga zarurat yoʻq. Oʻ va Gʻ harflarini yozishda inglizcha apostrofdan emas, oʻzbekcha okinadan foydalaning. Snoskalardan oldin va keyin qoldirilgan keraksiz probellarni olib tashlang. Eng asosiysi, maqola mazmuniga eʼtiborli boʻling. 1000 soʻzli mazmunsiz maqoladan 100 soʻzli mazmunli maqola afzal. Yordam kerak boʻlsa, tortinmasdan soʻrang.

Yoqimli tahrirlar tilayman.

Malikxan munozara 15:10, 13-Fevral 2024 (UTC)Javob berish

„Inson instinkti“ maqolasini „The Human Instinct“ga koʻchiring. Musiqiy guruh nomlari tarjima qilinmaydi. Asli lotin yozuvida yoziladigan kishilar ismlarini buzib emas, aslidek yozing (masalan, Stiv Makdonald emas, Steve McDonald). Qoʻshiq, albom nomlarini ham aslidek yozing. Qavs ichida tarjimasini keltirishingiz mumkin (masalan, „Children of the World“ („Dunyo bolalari“)). Qoʻshtirnoqlardan oldin va keyin qoldirilgan keraksiz probellarni olib tashlang. Yillar orasiga chiziqcha qoʻying (masalan, 2000 yil emas, 2000-yil). Iltimos, yaratgan maqolalaringizdagi kamchiliklarni tuzating.
Malikxan munozara 15:22, 13-Fevral 2024 (UTC)Javob berish