Xush kelibsiz tahrir

  Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Moxichehra!
  Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

 
Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
  Maqolalarni nomlash
  Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
  Qoida va koʻrsatmalar
  Tasvirlar bilan bezash
  Mualliflik huquqlari
  Glossariy

Optima D (munozara) 07:05, 2-Avgust 2022 (UTC) Optima D (munozara) 07:05, 2-Avgust 2022 (UTC)Javob berish

Джамалуддин (сын Шамиля) tahrir

Salom, Moxichehra. Avvalambor, koʻngilli boʻlib hissa qoʻshayotganingiz uchun tashakkur. Siz yaratgan Джамалуддин (сын Шамиля) maqolasini Jamaluddinga koʻchirdim. Maqola nomini ruschada qoldirmang. Bundan tashqari, maqolada ruscha turkum nomlarini ham qoldirmang. Maqola mazmuniga eʼtibor bering. Yillar orasiga chiziqcha qoʻying. Keraksiz joylarda boʻshliq (probel) tashlamang. Shuni ham qoʻshimcha qilmoqchimanki, maqolalarni yozish va tahrirlashda jasur boʻling, xato qilishdan qoʻrqmang. Tahrirlashdan huzur oling. Savollaringiz boʻlsa, tortinmasdan soʻrang. Yoqimli tahrirlar tilayman. Malikxan munozara 17:47, 2-Avgust 2022 (UTC)Javob berish

Salom, nomini o`zbekcha qilishni bilmadim. qolgan tavsiyalar uchun raxmat Moxichehra (munozara) 04:00, 3-Avgust 2022 (UTC)Javob berish

Tahrir tahrir

Sizga tinchlik bo'lsin!Tahriringiz uchun tashakkur! Elmurodjon qizi (munozara) 13:35, 5-Avgust 2022 (UTC)Javob berish

Raxmat Bintu Elmurod Moxichehra (munozara) 04:01, 6-Avgust 2022 (UTC)Javob berish

Chervonnaya, Svetlana Mixaylovna tahrir

Salom. Avvalambor, koʻngilli boʻlib hissa qoʻshayotganingiz uchun tashakkur. Oʻzbekcha Vikipediyada kishilar haqidagi maqolalar Ism Familiya formatida nomlanadi. Shuning uchun maqolangizni Svetlana Chervonnayaga koʻchirishingiz kerak. Yuqori paneldagi Yana tugmasini bossangiz, Koʻchirish degan tugma chiqadi. Oʻsha tugmani bosib, ochilgan oynada maqolaning yangi nomi va oʻzgartirish sababini keltirib, uni qayta nomlashingiz mumkin boʻladi. Tushunmagan joylaringiz boʻlsa, soʻrang. Aytmoqchi, yuqorida koʻchirish qanday qilinishini bilmasligingizni yozgan ekansiz. Xabaringizni koʻrishim uchun meni shu yerda tilga olishingiz/ping qilishingiz lozim. @Malikxan, deb yozsangiz, shunda menga meni tilga olganingiz xabari keladi. Yoki shunchaki munozara sahifamga yozishingiz mumkin. Yoqimli tahrirlar tilayman. Malikxan munozara 17:59, 10-Avgust 2022 (UTC)Javob berish

Raxmat oromgohda qayta nomlashni o`rgatishdi.Kamchiliklarni aytganingiz uchun tashakkur. Moxichehra (munozara) 18:09, 10-Avgust 2022 (UTC)Javob berish
Maqolani Svetlana Mixaylovna Chervonnaya‎ga koʻchiribsiz. Svetlana Chervonnayaga koʻchiring. Malikxan munozara 18:16, 10-Avgust 2022 (UTC)Javob berish
bajarildi Moxichehra (munozara) 18:33, 10-Avgust 2022 (UTC)Javob berish

Kishilar ismlari tahrir

Salom. Oʻzbekcha Vikipediyada asli lotin yozuvida yoziladigan kishilar ismlari buzib emas, aslidek qilib yoziladi. Masalan, Jon Makkarti emas, John McCarthy, deb yozamiz. Maqola boshida ismdan keyin qavs ichida talaffuzini keltirishingiz mumkin (masalan: John McCarthy (talaffuzi: Jon Makkarti) amerikalik informatika sohasidagi olimdir). Iltimos, shu kabi kamchiligi bor maqolalaringizni tuzatib chiqing. Ularni toʻgʻri nomga koʻchirib chiqing, maqola ichida kelgan barcha asli lotin yozuvida yoziladigan kishilar ismlarini aslidek yozib chiqing. Shuningdek, VP:Kishilar ismlari sahifasi bilan tanishib chiqing. Malikxan munozara 09:37, 12-Avgust 2022 (UTC)Javob berish

Hop,rahmat Moxichehra (munozara) 09:55, 12-Avgust 2022 (UTC)Javob berish

Amy Pearson tahrir

Birdan Fountainga qoʻshib qoʻyganingizga qaraganda, uni qayta tahrirlamaysiz. Iltimos, maqolani mashina yordamida tarjima qilganingizda, uning mazmuni bilan bir tanishib chiqing. Sizga yuqorida asli lotin yozuvida yoziladigan kishilar ismlari buzib emas, aslidek qilib yozilishi haqida yozdim. Xoʻp degansiz, lekin amalda bunga rioya etmayapsiz. Maqolani toʻliq tarjima qilish shart emas. Koʻp soʻzli mazmunsiz maqola oʻrniga oz soʻzli mazmunli maqola yarating. Bundan tashqari, uzwikida qoʻshiqchilar haqidagi maqolalar uchun {{Musiqachi bilgiqutisi}} andozasi bor, shuni ishlatishingiz mumkin.

Malikxan munozara 15:08, 12-Avgust 2022 (UTC)Javob berish

Uzr fountaindagi maqolalarni ham tahrir qilsa bo`ladi deb o`ylagandim.Bilgi qutini umuman o`zgartirib bo`lmadi. Ismlarni ham aslidagidek yozyapman.Birortasi qolib ketgan bo`lsa ko`rmay qolgan bo`lsam kerak. maqolalarimni tekshirib borayotganingizdan hursandman Moxichehra (munozara) 15:12, 12-Avgust 2022 (UTC)Javob berish
Yangi foydalanuvchi bo`lganligimga hali ko`p narsalarga tushunmayapaman. Hammasini bilib olishga harakat qilaman. Sizdan iltimos birorta xatoyimni ko`rsangiz tahrirlab qo`ying, ba`zi administratorlar o`chirib yuborishni afzal ko`rishadi. Avtomat tarjima bo`lsa ham, ishtirokchilar mehnat qilishyapti,qo`llaridan kelgancha tahrirlashmoqda. Moxichehra (munozara) 15:19, 12-Avgust 2022 (UTC)Javob berish
Mana bu maqolangizning qayerida ismini aslidek qilib yozibsiz? Pirson emas, Pearson, Emi emas, Amy. Maqolangizni oʻzingiz ham oʻqib koʻring, tushunarsiz jumlalar anchagina. Fountainga kelsak, maqolani Fountainga qoʻshilgandan keyin ham tahrirlashingiz mumkin, albatta. Bilgiqutiga kelsak, yuqorida koʻrsatgan bilgiqutidan foydalanishingiz mumkin. Qiziqtirgan savollaringiz boʻlsa, tortinmasdan munozara sahifamga yozing. Faqat mening emas, istalgan tajribali foydalanuvchining munozara sahifasiga yozsangiz, yordam beradi. Maqsadim imkon qadar yangi foydalanuvchilarga yordamlashishdir. Malikxan munozara 15:33, 12-Avgust 2022 (UTC)Javob berish
raxmat to`girlab qoyaman hozir Moxichehra (munozara) 15:37, 12-Avgust 2022 (UTC)Javob berish
Andozani qoʻshdim. Keyin, albom, qoʻshiq nomlarini tarjima qilmang, aslidek yozing. Malikxan munozara 15:42, 12-Avgust 2022 (UTC)Javob berish
Hop Moxichehra (munozara) 15:44, 12-Avgust 2022 (UTC)Javob berish
Assalomu alaykum Odilbek Irisqulov (munozara) 11:37, 29-Sentabr 2022 (UTC)
Mohichehra, uzr agar imkoni bo`lsa, davlatlarning ayollar terma jamoalarini haqida maqola yozishga batafsilroq yondoshsangiz. Men bir boshidan yozyapman. Shotlandiya, Germaniyalarnikini bashqatdan k`orib chiqing, iltimos. Odilbek Irisqulov (munozara) 11:38, 29-Sentabr 2022 (UTC)
Imkoni bo`lsa, o`zimga qoldirsangiz ham mayli. Noto`g`ri tushunmang, men shunchaki 20ga yaqin davlatnikini tuzdim. Ancha yo`l-yo`rig`ini bilib qoldim. Endi niyatim barcha davlatnikini tuzib chiqish. Iltimos, bu mavzuni menga qoldiring yoki batafsil yozing. Bir menikini o`qib ko`ring. Uzr Odilbek Irisqulov (munozara) 11:40, 29-Sentabr 2022 (UTC)
Salom,mayli tahrirlayvering Moxichehra (munozara) 14:08, 1-Oktabr 2022 (UTC)
@Odilbek Irisqulov, istalgan foydalanuvchi oʻzini qiziqtirgan istalgan mavzuda maqola yaratishi mumkin. Bundan tashqari, biror maqolani boshqa tildagi vikidan toʻliq tarjima qilish kerak degan shart yoʻq.
Malikxan munozara 19:36, 1-Oktabr 2022 (UTC)

Kishi ismi tahrir

Originali lotin alifbosida yoziladigan kishi ismlarini originalidek yozishingiz kerak. Jeyms emas, James. Iltimos Jimmy Chamberlin maqolangizda kishi ismlarini tuzatib chiqing --vikichizar💬 12:10, 3-Noyabr 2022 (UTC)Javob berish