Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, ShohruxV Official!
Birinchi qadam Vikipediya ishtirokchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Muhokama sahifalarida shunday imzo qoʻyish mumkin
Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda belgisi bilan (~~~~) yoki unsurlar darchasidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda taxallusni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Ishtirokchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi! Batafsil koʻring — Vikipediya:Mualliflik huquqlari.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa ishtirokchilarni xabardor qilish uchun matn boshiga {{subst:L}} soʻzini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{helpme}} soʻzini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi?
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy

Abdufattohov Ibrohimjon (munozara) 08:34, 30-Yanvar 2023 (UTC)

Shaxsiyat bilgiqutisi

tahrir

Salom. Vikipediyaga xush kelibsiz! {{Shaxsiyat bilgiqutisi}} andozasi faqat shaxsiyatlar haqidagi maqolalar uchun moʻljallangan. Foydalanuvchi sahifangizda {{Vikipediyachi}} andozasidan foydalanishingiz mumkin.

Malikxan munozara 00:04, 12-Fevral 2023 (UTC)

Biror film yoki teleserial oʻzbek tiliga rasmiy ravishda oʻgirilinmagan boʻlsa, shu film/teleserial haqidagi maqolani aslidek nomlashingiz lozim. Maqolani Stranger Thingsga koʻchiring. Shuningdek, asli lotin yozuvida yoziladigan kishilar ismlarini aslidek yozing. Masalan, Elis Kuper emas, Alice Cooper. Koʻproq maʼlumot uchun VP:MNKI sahifasiga qarang. Bundan tashqari, Oʻ va Gʻ harflarini yozishda inglizcha apostrofdan (') emas, oʻzbekcha okinadan (ʻ) foydalaning. Koʻproq maʼlumot uchun VP:IMLO sahifasiga qarang. Istasangiz, mana bu kompyuter klaviatura terilmasini kompyuteringizga oʻrnatib oling. Eng osoni, maqolani yozib boʻlgandan keyin tahrir oynasi ostidagi Vikifikator tugmasini bosing.

Yoqimli tahrirlar tilayman.

Malikxan munozara 00:16, 12-Fevral 2023 (UTC)

Salom. Avval ham yozganimdek, asli lotin yozuvida yoziladigan kishilar ismlarini buzib emas, aslidek yozing. Entoni Blinken emas, Antony Blinken. Shuningdek, VP:MNKI sahifasi bilan tanishib chiqing.

Malikxan munozara 00:18, 3-Mart 2023 (UTC)

Maqola nomiga sababsiz disambig qoʻshmang. Oʻzbekcha Vikipediyada Unlocked nomli maqola mavjud emas. Shunday ekan, disambig qoʻshishga hojat yoʻq. Maqolani Unlockedga koʻchirishingiz kerak.

Malikxan munozara 01:03, 3-Mart 2023 (UTC)

Uzr, men u maqolani serial deb o'ylabman, shuni uchun 2023 film deb yozing, Inglizcha Wikipedia qanday yozilsa shunday yoziladi, iltimos men uni ortda qaytara olmayman [[Foydalanuvchi munozarasi:ShohruxV Official|munozara]] (munozara) 07:05, 3-Mart 2023 (UTC)

Kishilar ismlari

tahrir

Salom. Asli lotin yozuvida yoziladigan kishilar ismlarini buzib emas, balki aslidek yozing. Masalan, Jenni Sleyt emas, Jenny Slate. Koʻproq maʼlumot uchun VP:MNKI sahifasiga qarang.

Yoqimli tahrirlar tilayman.

Malikxan munozara 16:55, 14-Mart 2023 (UTC)

Ogohlantirish

tahrir

Salom, Shohruh. Siz yaratgan baʼzi maqolalarda qoʻyilgan {{manba}} andozasini oʻzboshimchalik bilan olib tashlaganingizga koʻzim tushdi. Bunaqa holatlarni takrorlamaslikni soʻrayman. Agar ohohlantirish eʼtiborsiz qoldirilsa, kelajakda bloklanishingiz mumkin. Laziz Baxtiyorov (munozara) 12:42, 22-Mart 2023 (UTC)