Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Bevafo!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Muhokama sahifalarida shunday imzo qoʻyish mumkin
Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda belgisi bilan (~~~~) yoki unsurlar darchasidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda taxallusni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi! Batafsil koʻring — Vikipediya:Mualliflik huquqlari.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa ishtirokchilarni xabardor qilish uchun matn boshiga {{subst:L}} soʻzini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{helpme}} soʻzini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy

Ibrohimjon (✍️) 15:44, 15-Avgust 2023 (UTC)Javob berish

Kishilar ismlari tahrir

Salom! Oʻzbekcha Vikipediyada asli lotin yozuvida yoziladigan kishilar ismlarini buzib emas, balki aslidek yozing. Masalan, Kianu Rivz emas, Keanu Reeves, Jonni Depp emas, Johnny Depp. Koʻproq maʼlumot uchun VP:MNKI sahifasiga qarang. Bundan tashqari, oʻzbek tiliga rasmiy ravishda dublyaj qilinmagan film va teleseriallar nomlarini ham aslidek yozing.

Yoqimli tahrirlar!

Malikxan munozara 23:25, 4-Sentabr 2023 (UTC)

Assalomu alaykum. Amerikalik psixopat filmi allaqachon dublyaj qilingan, garchi televideniyeda chiqmagan boʻlsada Uzmovi saytida tarjima qilingani bor. Men aktyor va aktrisalar ismlariga oʻzgarishlar kiritmayman, faqat film nomini o'zgartiraman. Misol uchun odamlar Google orqali American Psycho deb emas Amerikalik psixopat deb izlashadi. Maslahating uchun rahmat Temuryusupov (munozara) 03:02, 5-Sentabr 2023 (UTC)
Maqolani American Psycho deb qayta nomlashingiz zarur. Biror film yoki teleserialning qaroqchi veb-sayt tomonidan dublyaj qilinishi rasmiy dublyaj hisoblanmaydi. Kamida Oʻzbekistonning biror nufuzli telekanalida oʻzbek tilida namoyish etilgan boʻlishi kerak. Amerikalik psixopatdan American Psychoga yoʻnaltirish qoldirish mumkin, shunda qidiruv oynasida Amerikalik psixopat deb yozilganda, avtomatik ravishda American Psycho maqolasi ochiladi. Shuningdek, yuqorida yozganimdek, asli lotin yozuvida yoziladigan kishilar ismlarini originalidek yozing (msl, Uillem Defo emas, Willem Dafoe). Bu maslahat emas, balki qoidadir. Shunday ekan, bunga amal qilishingiz lozim. Bundan tashqari, mana bu noerkin faylni yuklaganda, foydalanish asosini koʻrsatmagansiz. Mana bunday qilib foydalanish asosini keltirmasangiz, fayl oʻchiriladi.
Malikxan munozara 04:54, 5-Sentabr 2023 (UTC)
Kechirasiz, bu borada hali yangiman, xatoliklarni tuzataman Temuryusupov (munozara) 04:57, 5-Sentabr 2023 (UTC)
Tarjima qilingan maqolani qanday oʻchirish mumkin? Men boshidan boshlamoqchiman Temuryusupov (munozara) 04:58, 5-Sentabr 2023 (UTC)
Maqolani oʻchirishga hojat yoʻq. Maqola nomini oʻzgartirish uchun shu maqolani ochib, yuqoridan oʻngdagi Yana tugmasini bossangiz, Koʻchirish tugmasi chiqadi. Shu tugmani bossangiz, yangi oyna ochiladi. Ochilgan oynada maqolaning yangi nomi va nom oʻzgartirish sababini koʻrsatishingiz kerak. Agar mobil telefon orqali hissa qoʻshayotgan boʻlsangiz, nomini oʻzgartirmoqchi boʻlgan maqolani ochib, yuqoridan oʻngdagi uch nuqta ikonkasi ustiga bossangiz, Koʻchirish tugmasi chiqadi.
Malikxan munozara 05:13, 5-Sentabr 2023 (UTC)
Toʻgʻriladim shekilli. Rasmni litsenziya bilan yuklashni bilmayman... Temuryusupov (munozara) 05:42, 5-Sentabr 2023 (UTC)
Rasm yuklashda qisqa izoh bolimi bor u yerga nima yozish kerak? Temuryusupov (munozara) 05:43, 5-Sentabr 2023 (UTC)
Oʻzbekcha Vikipediyada American Psycho nomli maqola mavjud emas, shu yuzdan disambig qoʻshishga hojat yoʻq. American Psycho (film) maqolasini American Psychoga koʻchiring. Film posterini yuklashga kelsak, mana bu misolga nazar soling.
Malikxan munozara 06:45, 5-Sentabr 2023 (UTC)
@Malikxan Assalomu alaykum. Maqolani tarjima qilinganimda aktyorlar ismlariga biriktirilgan vikipediya sahifasiga yoʻnaltirilgan havola ishlamay qoladi va qizil rangli, baʼzilari esa oddiy soʻzga aylanib qoladi. Agar keyinchalik havola biriktirish uchun aktyor ismini yozsam bu ismga ega sahifa mavjud emas deydi. Android telefonda Chrome brauzeridan foydalanaman. Iloji boʻlsa Telegramdan yozing boshqa savollarim ham bor – https://t.me/yusupov_temur Temuryusupov (munozara) 04:36, 8-Sentabr 2023 (UTC)
@Malikxan Uzr xato yozibman Telegram: t.me/temuryusupov Temuryusupov (munozara) 04:41, 8-Sentabr 2023 (UTC)
American Psycho maqolasida kishilar ismlarini tuzatib chiqibsiz. Maqolaning mazmuniga ham eʼtiborli boʻling. 1000 soʻzli mazmunsiz maqoladan 100 soʻzli mazmunli maqola afzaldir. Yillar orasiga chiziqcha qoʻying (2000 yil emas, 2000-yil). Yigitlar (teleserial) maqolasini The Boysga koʻchirib, undagi kamchiliklarni ham tuzating. Film posteri yuklaganda, mana bu andozani qoʻshing. Yuqoridagi savolingizga kelsak, qizil boʻlib qolishining sababi shu maqola uzwikida mavjud emasligidadir. Boshqa savollaringizni mana bu Telegram guruhida berishingiz mumkin.
Malikxan munozara 15:24, 8-Sentabr 2023 (UTC)