Friglar
2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari va 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari maskoti (Parij)
Creator Gilles Deleris
Based on Frigiya qalpogʻi

Friglar (fransuzcha: [fʁiʒ]; inglizcha: Phryge) Parij 2024 Olimpiada va Paralimpiada oʻyinlarining rasmiy maskotlaridir[1]. Ular Fransiyaning ramzi boʻlgan ikkita antropomorfik Frigiya qalpoqlari asosida yaratilgan.

Tarixi

tahrir

Tavsif

tahrir
 
Delakrua Ferdinand Viktor Ejen (1830) tomonidan „Xalqni boshqarayotgan ozodlik“ asarida tasvirlangan iyul inqilobi (Luvr muzeyi). Marianna Frigiya qalpoqchasini kiyib, Ozodlik tushunchasini oʻzida ifodalagan.

Frigiya qalpogʻi, odatda qizil rangdagi yumshoq shlyapa boʻlib, anʼanaviy ravishda hozirgi Turkiyada joylashgan qadimgi qirollik Frigiyada ozod qilingan qullar tomonidan kiyilgan[2]. Fransiya inqilobi boshlangan 1789-yilda Bastiliya davlat qamoqxonasiga hujum qilingan vaqt ayni shu qalpoq kiyilgandan buyon, frigiya qalpoqchasi ozodlik ramzi sifatida, shu jumladan 1924-yil Parijdagi Yozgi Olimpiada oʻyinlari davomida kiyilgan[3]. Fransiyaning milliy timsoli boʻlgan Marianna odatda frigiya qalpogʻini kiygan holatda tasvirlangan[4].

Ochilish

tahrir

2022-yil 14-noyabrda Parij 2024 maskotining paydo boʻlishi bilan ularni „sportga xos, ziyofatni yaxshi koʻradigan va shuning uchun fransuzlarga oʻxshaydi“ deb taʼriflashgan[5]. Tashkiliy qoʻmita prezidenti Tony Estanguet turli xil hayvondan koʻra, mazkur maskotning „ideal“ tarzda tanlanganligini aytgan va fransuzlar uchun qalpoqning erkinlik ramzi va turli maʼnolarni ifodalashi haqida gapirgan. Uning qoʻshimcha qilishicha, Paralimpiada oʻyinlari maskotining nogironligi „inklyuzivlikni targʻib qilish uchun insonlarni harakat qilishga undaydi“[6].

Xususiyatlari

tahrir

Friglar ikkita qizil uchburchak shaklidagi antropomorf qalpoq koʻrinishida tasvirlangan. Ularning qoʻllari qiya holatda va tanasining yuqori qismida koʻrsatilgan[2]. Parij 2024 emblemasi ularning koʻkragidagi aylana ichiga chizilgan[3] va koʻzlarining yon tomonida Fransiya bayrogʻi tasvirlangan uch rangli lentalar bilan bezatilgan. Bu koʻrinish Fransiya kokardiga hurmat ramzi sifatida qilingan[3][7][8]. Olimpiada Frigining oyoqlarida koʻk krossovka, Paralimpiada Frigida esa protez oyoq va sogʻlom oyogʻida qizil krossovka tasvirlangan[7][9].

Har bir frigga oʻziga xos shaxsiyatga xos boʻlgan xususiyatlar va taʼriflar berilgan. Olimpiada frigi „uslubiy jihatdan aqlli va maftunkor jozibaga ega“ boʻlsa, Paralimpiada frigi „bazmlarga oʻch, beqaror va biroz va biroz shoshqaloq“ maskotdir[10].

Intellektual mulk

tahrir

XOQ xalqaro shartnoma, Olimpiya ramzini himoya qilish toʻgʻrisidagi Nayrobi shartnomasi orqali Olimpiya ramzlaridan foydalanish ustidan mutlaq egalik va nazoratni qoʻllab-quvvatlagan[11]. Maskotlar erkinlikni ifodalasa-da, ular erkin foydalanilmasligi va tijorat sheriklariga butun dunyo boʻylab sotish singari eksklyuziv huquqlarni berish orqali daromad keltirishi kerak. Olimpiada oʻyinlari mulkining IP bilan himoyalangan aktivlari turli shakllarda boʻladi:

  • Olimpiya Frigining savdo belgisi : Parij 2024 maskotlari Fransiyada „La Phryge Olympique“ va „La Phryge Paralympique“ nomlari ostida roʻyxatga olingan savdo belgilaridir.
  • Parij 2024 maskot shiori mualliflik huquqi : „Yolgʻiz biz tezroq boramiz, lekin birgalikda tezroq boramiz“, chunki Olimpiya va Paralimpiya Firglarining rasmiy shiori mualliflik huquqi bilan himoyalangan.
  • Friglarning dizayni : Olimpiya Friglarining shakllari dizayn huquqlariga tegishli. Gaaga tizimi huquqbuzarliklarning oldini olish uchun xalqaro miqyosda Friglar dizaynini himoya qiladi.

Olimpiya Frigi va Paralimpiya Frigining maskotlari faqat Olimpiya doʻkonidagi 150 dan ortiq tovarlarda (kalitlar, pinlar, magnitlar, suv idishlari, bolalar uchun qoʻngʻiroqlar, sumkalar, beysbol qalpoqlari, yumshoq oʻyinchoqlar va boshqalar) tasvirlangan[12].

XOQning IP huquqlaridan strategik foydalanishi natijasida olingan daromadlar[13] Olimpiada harakati boʻyicha alohida sportchilar, tashkiliy qoʻmitalar, MOQ, Xalqaro sport federatsiyalari va boshqa sport tashkilotlari oʻrtasida qayta taqsimlanadi[14].

Qabul qilinishi

tahrir

Fransiyada maskotning oʻyinchoq nusxalarining koʻpchiligi „Xitoyda ishlab chiqarilgan“ degan tanqidlarga uchragan[15]. Parij 2024 brendining direktori Julie Matikhine „Doudou et Compagnie kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yumshoq oʻyinchoqlarning 18 foizi Bretanda boʻladi“, deb aytgan[16].

Friglarni gigant „trenerdagi klitoris“ga[17] oʻxshatishgan va ularga fransuz internet foydalanuvchilari tomonidan le clito national (milliy klitoris) laqabi berilgan. Fransiyaning Libération gazetasi buni Eyfel minorasining anʼanaviy fallik ramzidan inqilobiy chekinish sifatida eʼtirof etgan[18].

Manbalar

tahrir
  1. „Meet Olympic Phryge and Paralympic Phryge: The story of the Paris 2024 mascots“ (2022-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 14-noyabr.
  2. 2,0 2,1 O'Neill, Shane; Chery, Samantha. „Is the Paris Olympics 2024 mascot so weird it works?“ (en-US). The Washington Post (2024-yil 31-iyul). 2024-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 6-avgust.
  3. 3,0 3,1 3,2 Cohen. „What are Phryges? Everything to know about the Paris 2024 mascot“ (en). NBC News (2024-yil 26-iyul). 2024-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 6-avgust.
  4. Darbhamulla, Sruthi. „Paris Olympics 2024: The story behind The Phryges, the mascot“ (en-IN). The Hindu (2024-yil 22-iyul). 2024-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 6-avgust.
  5. Mather. „Liberté, Égalité, Millinery?“ (2022-yil 14-noyabr). 2022-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-noyabr.
  6. Belam, Martin. „Meet the Phryges: Paris 2024 Olympic and Paralympic mascots unveiled“ (en-GB). The Guardian (2022-yil 14-noyabr). 2024-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 6-avgust.
  7. 7,0 7,1 „Paris 2024 chooses symbol of French Revolution as Olympic mascot“ (en) (2022-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 6-avgust.
  8. „Paris 2024 Olympic Games: Everything you should know about 'Phryge', the mascot of the summer games“ (en). The Indian Express (2024-yil 26-iyul). 2024-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 6-avgust.
  9. Clark. „Paris 2024 Olympics mascot mocked for resembling 'giant clitorises'“ (en). The Independent (2022-yil 16-noyabr). 2023-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 6-avgust.
  10. „Paris 2024 Olympic, Paralympic mascots unveiled“. NBC Sports (2022-yil 14-noyabr). 2023-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-noyabr.
  11. „Nairobi Treaty on the Protection of the Olympic Symbol“ (en). www.wipo.int. Qaraldi: 2024-yil 20-avgust.
  12. „The Phryges – Paris 2024 Mascots Star as Olympic Merchandise“ (en). www.wipo.int. Qaraldi: 2024-yil 20-avgust.
  13. „Olympic Marketing Fact File 23024 Edition“. stillmed.olympics.com (2024).
  14. „The IP journey of an Olympic Games“ (en). www.wipo.int. Qaraldi: 2024-yil 20-avgust.
  15. „Phrygian cap symbolising French republic chosen as 2024 Paris Olympics mascot“. France 24 (2022-yil 14-noyabr). 2024-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-noyabr.
  16. „Made-in-China 'Phryges' toys are surprise mascots for Paris Olympics 2024“. Radio France International (2022-yil 14-noyabr). 2023-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-noyabr.
  17. Chrisafis. „Paris Olympic and Paralympic Games mascots likened to 'clitoris in trainers'“ (2022-yil 15-noyabr). 2024-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-noyabr.
  18. Girard. „JO 2024 : vive les Phryges, les mascottes clitoris qui en mettent plein la vulve“. Libération (2022-yil 14-noyabr). 2024-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-noyabr.

Havolalar

tahrir