Futbol boʻyicha 1968-yilgi SSSR kubogi finali

1967/1968-yilgi futbol boʻyicha SSSR kubogi finali 1968-yil 8-noyabrda boʻlib oʻtgan. Moskvaning „Torpedo“ jamoasi Toshkentning „Paxtakor“ jamoasini 1:0 hisobida magʻlub etgan va SSSR kubogi sohibiga aylangan.

Futbol boʻyicha 1968-yilgi SSSR Kubogi finali
Turnir SSSR Kubogi 1967/1968
Sana 1968-yil 8-noyabr
Oʻyin oʻtkazilgan joy Lujniki, Moskva
Hakam Tofiq Bahramov
Tomoshabinlar soni 52 000
← Futbol boʻyicha 1967-yilgi SSSR Kubogi finali
Futbol boʻyicha 1969-yilgi SSSR Kubogi finali →

Finalga yoʻl

tahrir
Torpedo Moskva Bosqich Paxtakor
Raqib Joy Hisob Raqib Joy Hisob
Neftchi Mehmonda 2:0 1/16 final Dinamo Batumi Mehmonda 2:0
SSKA Moskva Uyda 2:2 1/8 final Sokol Saratov Uyda 1:0
Uyda 2:1
Uralmash Uyda 3:1 1/4 final Tong Lugansk Mehmonda 2:1
Neftçi Boku PFK Mehmonda 2:0 1/2 final FC Shakhtar Donetsk Uyda 3:1

Final uchrashuvining borishi

tahrir

Moskvaning „Torpedo“ jamoasi va Toshkentning „Paxtakor“ jamoalari SSSR kuboklari tarixida ilk bor yakuniy final oʻyinida toʻqnash kelishdi. Qolaversa, jamoalar bungacha ushbu turnirning birorta bosqichida oʻzaro toʻqnash kelishmagan edi[1].

Oʻyin 8 daraja sovuq havoda oʻtkazilgan. Uchrashuv boshidanoq „Torpedo“ futbolchilari maydonda hududiy ustunlikni qoʻlga kiritishgan boʻlsa, toshkentliklar esa Gennadiy Krasnitskiyning kuchli zarbalari va Birodar Abduraimovning tezkor harakatlariga umid qilib, asosiy eʼtiborni himoyaga qaratishgan. Hattoki Torpedo jamoasi himoyachi, faxriy va jamoa sardori Viktor Shustikov ham oʻyin davomida jamoasining hujumlariga qoʻshildi, ammo soʻnggi bosqichda futbolchilarga aniqlik yetishmagan yoki „Paxtakor“ darvozaboni Nikolay Lyubartsev oʻz individual harakatlari bilan darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Birinchi boʻlimda Paxtakor jamoasi futbolchilari raqib jamoaga aytarli xavf tugʻdira olishmagan.

52-daqiqada „Torpedo“ hisobni ochdi. „Paxtakor“ning uch nafar himoyachisi Mixail Gershkovich pas uzatgan Eduard Streltsov tomon yugurdi. Biroq Streltsov himoyachilarsiz yolgʻiz turgan Yuriy Savchenkoga toʻpni tovoni bilan uzatishga muvaffaq boʻldi va Yuriy toʻpni „Paxtakor“ darvozasiga yoʻllagan. Urilgan goldan keyin „Torpedo“ futbolchilari hujumda davom etishdi, toshkentlik futbolchilar javob golini urishga harakat qilishdi, ammo hisob oʻzgarmadi. 89-daqiqada „Torpedo“ jamoasi asosiy darvozabon oʻrniga Mixail Skokovni maydongga tushirdi va u qolgan vaqt davomida „Paxtakor“ jamoasi futbolchilarining bir necha zarbalarini qaytarishga muvaffaq boʻldi. Oʻyin soʻnggida Krasnitskiyning kuchli zarbasidan soʻng darvozabon darvozaning uzoq burchagidan toʻpni egallab olishga muvaffaq boʻldi. Final yakunida hakam hushtagi yangraganda Moskvaning „Torpedo“ jamoasi toʻrtinchi marta futbol boʻyicha SSSR kubogi sohibiga boʻlgan[2].

8-noyabr 1968
Torpedo Moskva 1:0 Paxtakor BSA im. V. I. Lenina, Moskva
Tomoshabinlar: 52 000
Hakam:   Bahramov
Savchenko   52' Hisobot
Torpedo:
DR   Anzor Kavazashvili   89'
HM   Aleksandr Chumakov
HM   Viktor Shustikov
HM   Leonid Paxomov
HM   Grigoriy Yanets
YH   Devid Pais   80'
YH   Aleksandr Lenev
HJ   Eduard Streltsov
HJ   Vladimir Mixaylov
HJ   Mixail Gershkovich
HJ   Yuriy Savchenko
Oʻzgartirishlar:
YH   Vadim Nikonov   80'
DR   Mixail Skokov   89'
Bosh murabbiy:
  Valentin Ivanov
Paxtakor:
DR   Nikolay Lyubartsev
HM   Sergey Dotsenko
HM   Vladimir Stern
HM   Viktor Naumenko
HM   Axrol Inoyatov
YH   Hamid Rahmatullaev
YH   Viktor Varyuxin
YH   Vyacheslav Bektashev   74'
HJ   Berador Abduraimov
HJ   Gennadiy Krasnitskiy
HJ   Bohodir Ibrohimov
Oʻzgartirishlar:
YH   Toʻlagan Isoqov   74'
Bosh murabbiy:
  Yevgeniy Yeliseyev

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir