Gʻayratjon Hasanov (1983-yil 12-yanvar, Yaypan, Oʻzbekiston SSR, Sovet Ittifoqi[1]) — Sobiq oʻzbek futbolchisi va darvozaboni[2]. Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi sobiq aʼzosi.

Gʻayratjon Hasanov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Gʻayratjon Hasanov
Tavallud sanasi 12-yanvar 1983-yil (1983-01-12) (41 yosh)
Tavallud joyi Yaypan Fargʻona
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan.
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002—2004 Sementchi 16
2003—2009 Neftchi 65
2009—2011 Xorazm 32
2011—2012 Andijon 21
2012—2013 Nasaf 8
2013—2015 Neftchi 22
2016—2017 Qoʻqon 1912 4
Milliy terma jamoa
2007—2009 Oʻzbekiston 1
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Professional faoliyatini 2003-yilda Quvasoy Sementchi tarkibida boshlagan. 2005-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga oʻtib, 2008-yil oxirigacha neftchilar safida toʻp surdi va shu vaqt ichida 65 ta oʻyinda maydonga tushdi, 2006-yilda chempionat kumush medallarini qoʻlga kiritdi. 2009—2010-yillarda u „Xorazm“ safida toʻp surgan, ushbu klubda 32 ta oʻyinda maydonga tushgan. 2011-yil davomida u „Andijon“ jamoasida oʻynagan. 2012—2013-yillarda Qarshining „Nasaf“ klubi futbolchisi boʻlgan. 2013-yilning yozidan boshlab u yana Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida oʻynamoqda[3]. 2016-yildan Qoʻqon 1912 jamoasi safiga oʻtdi 2018-yil mavsum oldidan faoliyatini yakunladi[4][5].

Xalqaro oʻyinlar tahrir

2007—2008-yillarda Oʻzbekiston terma jamoasiga chaqirilgan. 2007-yilgi Osiyo kubogida esa terma jamoaning zaxira darvozaboni boʻlgan. Hech qachon terma jamoa safida rasmiy oʻyinlarda maydonga tushmagan.

Yutuqlari tahrir

Oʻzbekiston Superligasi kumush medal sohibi: 2004, 2006

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir