Gagat
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Gagat (yun. gagates – qora kahrabo) – toshkoʻmirning toʻq qora, oʻta yaltiroq turi. Qayishqoq. Sinish yuzasi chigʻanoqsimon. Qattiqligi 3-3,5. Sof ogʻirligi 1,3-1,4. Dengiz loyqalari ostida koʻmilib qolgan daraxt qoldiqlarining metamorfizmga uchrashidan hosil boʻladi. Mezozoy va kaynozoy yotqiziqparida koʻpincha sof holda, baʼzan qumtosh, mergel, bir oz oʻzgargan toshkoʻmir va qoʻngʻir koʻmir qatlamlari orasida uyum yoki boʻlaklar shaklida uchraydi. Gagat oson jilolanadi. Sharq mamlakatlarida mayda zargarlik buyumlari (munchoq, tasbeh va b.) tayyorlashda ishlatiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |