Global shahar, shuningdek, dunyo shahri, alfa shahar yoki dunyo markazi deb ham ataladi, bu global iqtisodiy tarmoqdagi asosiy tugun sifatida xizmat qiluvchi shahardir. Bu tushuncha geografiya va shaharsozlik tadqiqotlaridan kelib chiqib, globallashuvning moliya, savdo va madaniyat ustidan turli darajadagi taʼsirga ega boʻlgan strategik geografik joylarga nisbatan aytiladi[1]. Global shahar xalqaro tizimdagi eng murakkab va muhim markazni ifodalaydi, bu boshqa shaharlarga bogʻlanganligi bilan global ijtimoiy-iqtisodiy masalalar ustidan toʻgʻridan-toʻgʻri va aniq taʼsirga ega[2].

Nyu-York (yuqori) va London (quyi) - Globalization and World Cities Research Network tomonidan Alpha++ kategoriyasida reytinglangan yagona ikki shahardir. Har ikkala shahar ham yetakchi moliyaviy, tijoriy va madaniy markazlar sifatida e'tirof etiladi.

Global shahar mezonlari manbadan-manbaga qarab farq qiladi[3]. Umumiy xususiyatlarga yuqori darajadagi shaharsozlik, katta aholi soni, yirik koʻp transmilliy kompaniyalarning mavjudligi, taʼsiri katta va globallashgan moliyaviy sektor, yaxshi rivojlangan va xalqaro bozorga integratsiyalashgan transport infratuzilmasi, mahalliy yoki milliy iqtisodiy ustunlik, yuqori sifatli taʼlim va tadqiqot institutlari hamda gʻoyalar, innovatsiyalar yoki madaniy mahsulotlarning global taʼsiri kiradi. Koʻpchilik indekslar va tadqiqotlar asosida eng odatiy misollar Nyu-York shahri, London, Parij va Tokio hisoblanadi.

Kelib chiqishi va terminologiya

tahrir

'Global shahar' atamasi sotsiolog Saskia Sassenning 1991-yilda nashr etilgan "The Global City: New York, London, Tokyo" kitobi sababli ommalashgan[4]. Bungacha taxminan bir xil xususiyatlarga ega boʻlgan shahar markazlari uchun boshqa atamalar ishlatilgan. „Dunyo shahri“ atamasi, global savdoda faol ishtirok etadigan shaharni anglatgan, ushbu atama birinchi marta 1886-yil may oyida "The Illustrated London News" tomonidan Liverpul haqidagi maqolada ishlatilingan[5]. Britaniyalik sotsiolog va geograf Patrick Geddes bu atamani 1915-yilda ishlatgan[6]. „Megashahar“ atamasi XIX asr oxiri yoki XX asr boshlarida keng qoʻllanila boshlagan, eng qadimgi misol 1904-yilda Texas universiteti tomonidan nashr etilgan manbada uchraydi[7]. XXI asrda bu atamalar odatda shaharning moliyaviy qudrati va yuqori texnologiyali infratuzilmasiga qarab foydalaniladi[8][9].

Mezonlar

tahrir
 
Manhattan, Nyu-York shahrining markaziy hududi, Alpha++ global shahar boʻlib, u yerda global shaharlarga xos bir nechta elementlar mavjud[10], masalan, dunyo miqyosida taʼsirchan iqtisodiy (Nyu-York fond birjasi) va madaniy (Broadway) markazlar, xalqaro siyosiy tashkilotlarning bosh qarorgohlari (BMT bosh qarorgohi), dunyoga mashhur muzeylar (Met Museum, MOMA, Guggenheim Museum) va butun dunyoga tanilgan diqqatga sazovor joylar (Times Square, Empire State Building, Central Park).

Raqobatchi guruhlar jahon shaharlarini tasniflash va baholash hamda ularni boshqa shaharlardan ajratib koʻrsatish uchun turli usullarni ishlab chiqqan[6]. Yetakchi jahon shaharlari borasida kelishuv mavjud boʻlsa-da[11], tanlangan mezonlar qaysi shaharlarning kiritilishi yoki chiqarilishiga taʼsir qiladi[6]. Tanlash mezonlari mezon qiymatiga asoslangan boʻlishi mumkin (masalan, agar ishlab chiqarish va xizmat sektori eng katta sektor boʻlsa, unda X shahar jahon shahri hisoblanadi)[6] yoki belgilangan koʻrsatkichga asoslangan boʻlishi mumkin (agar X shaharning ishlab chiqarish-xizmat sektori N ta boshqa shaharlarning birgalikdagi ishlab chiqarish-xizmat sektoridan katta boʻlsa, unda X shahar jahon shahri hisoblanadi)[6]. Mezonlar oʻzgaruvchan va moslashuvchan boʻlishiga qaramay, jahon shaharlari uchun odatiy xususiyatlar quyidagilardan iborat[12]:

  • Turli xil xalqaro moliyaviy xizmatlarni taqdim etish[13], xususan, moliya, sugʻurta, koʻchmas mulk, bank ishi, buxgalteriya va marketingda; va moliyaviy bosh qarorgohlar, fond birjasi va boshqa yirik moliyaviy institutlarni birlashtirgan;
  • Transmilliy korporatsiyalarning bosh qarorgohlari;
  • Katta hududdagi savdo va iqtisodiy hukmronlik;
  • Katta ishlab chiqarish markazlari va konteyner tashish imkoniyatlariga ega portlar;
  • Kundalik va global darajada muhim qarorlar qabul qilish qudrati;
  • Biznes, iqtisodiyot va madaniyatda yangi gʻoyalar va innovatsiyalar markazlari;
  • Raqamli va boshqa ommaviy axborot vositalari va global tarmoqlar uchun aloqa markazlari;
  • Milliy mintaqadagi xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan hukmronlik;
  • Xizmatlar sektori va axborot sektorida ishlaydigan aholining yuqori foizi;
  • Yuqori sifatli taʼlim muassasalari, shu jumladan mashhur universitetlar va tadqiqot markazlari; va xalqaro talabalarni jalb qilish imkoniyati[14];
  • Mamlakatdagi eng yaxshi yuridik, tibbiy va koʻngilochar imkoniyatlarni taklif qiladigan koʻp funksiyali infratuzilma;
  • Til, madaniyat, din va mafkuralar xilma-xilligi yuqori boʻlishi.

Umumiy reytinglar

tahrir

Global shahar reytinglari koʻp[15]. Nyu-York shahri, London, Tokio va Parij kabi shaharlar eng koʻp tilga olinadi[16][17].

GaWC tadqiqoti

tahrir

Jon Beaverstok, Richard G. Smit va Piter J. Teylor „Globallashuv va Jahon Shaharlari Tadqiqot Tarmogʻi“ (GaWC)ni tashkil etishgan. Ular jahon shaharlarini toʻrtta „rivojlangan ishlab chiqarish xizmatlari“ boʻyicha baholashadi: buxgalteriya, reklama, bank/moliya va qonunchilik[11]. Garchi mualliflar „shahar reytinglariga qiziqish GaWC loyihasi ruhiga qarshi“ ekanini taʼkidlasa-da[18] GaWC uchta global shahar darajasini va bir nechta ostki reytinglarni ishlab chiqqan[19]. 2004-yilgi reytinglar bir nechta yangi koʻrsatkichlarni oʻz ichiga qoʻshdi, shahar iqtisodiyotiga siyosiy va madaniy omillardan koʻra koʻproq urgu' berishni davom ettirdi. 2008-yilgi roʻyxat, 1998-yilgi versiyaga oʻxshash, Alfa jahon shaharlari (toʻrtta sub-kategoriya bilan), Beta jahon shaharlari (uchta sub-kategoriya bilan), Gamma jahon shaharlari (uchta sub-kategoriya bilan) ga boʻlgan. 2022-yilgi nashrda eng yaxshi uchta tasnifdagi shaharlar quyidagilardir[20]:

Alfa ++

tahrir

Alfa +

tahrir

Global Cities Index (Kearney)

tahrir

2008-yilda Foreign Policy jurnali, A. T. Kearneykonsultatsiya firmasi va Chicago Council on Global Affairs bilan hamkorlikda, Saskia Sassen, Witold Rybczynski va boshqa mutaxassislarning maslahatlari asosida jahon shaharlarining reytingini eʼlon qildi[21]. Foreign Policy shuni taʼkidladi: „Dunyoning eng yirik, eng oʻzaro bogʻlangan shaharlar global kun tartibini belgilashga, transmilliy xavf-xatarlarga dosh berishga va global integratsiya markazlari boʻlib xizmat qilishga yordam beradi. Ular oʻz mamlakatlarining oʻsish dvigatellari va oʻsha mintaqaning resurslariga kirish eshiklari hisoblanadi[22].“ Reyting 27 koʻrsatkich asosida besh oʻlchovda amalga oshirilgan: biznes faoliyati, inson kapitali, axborot almashinuvi, madaniy tajriba va siyosiy ishtirok[23]. 2015-yildan beri u alohida indeks bilan eʼlon qilinadi, bu shaharning toʻrt oʻlchov boʻyicha 13 koʻrsatkichdagi oʻzgarishlar tezligi asosida salohiyatini prognoz qiluvchi Global Cities Outlook hisoblanadi: shaxsiy farovonlik, iqtisodiyot, innovatsiya va boshqaruv. 2023-yildagi eng yuqori reytingli shaharlar quyidagilardir[24]:

  1.   Nyu-York
  2.   London
  3.   Parij
  4.   Tokio
  5.   Pekin
  6.   Bryussel
  7.   Singapur
  8.   Los Angeles
  9.   Melburn
  10.   Hong Kong

Global Cities Index (Oxford Economics)

tahrir

Oxford Economics konsalting firmasi 2024-yilda Global Cities Index-ni chiqardi, dunyoning eng katta 1000 shahrini 27 koʻrsatkich boʻyicha besh toifada (iqtisodiyot, inson kapitali, hayot sifati, atrof-muhit va boshqaruv) baholab, iqtisodiy omillarga koʻproq ahamiyat bergan. 2024-yilda eng yuqori reytingga ega shaharlar quyidagilardir[25]:

  1.   Nyu-York
  2.   London
  3.   San Jose
  4.   Tokio
  5.   Parij
  6.   Seattle
  7.   Los Angeles
  8.   San Francisco
  9.   Melburn
  10.   Syurix

Global Economic Power Index

tahrir

Global Economic Power Index iqtisodiy qudratning uch oʻlchovini aks ettirgan holda 2012-yilda joriy etildi[26]. 2015-yilda The Atlantic jurnali Richard Florida tomonidan tuzilgan ikkinchi Global Economic Power Index-ni eʼlon qildi (Martin Prosperity Institute tomonidan chop etilgan shu nomdagi roʻyxatdan farqli oʻlaroq[27]). Bu roʻyxat beshta boshqa roʻyxatga asoslangan shahar kompozit reytingini oʻz ichiga oladi[27][28] . 2015-yildagi eng yuqori reytingli shaharlar quyidagilardir:

  1.   Nyu-York
  2.   London
  3.   Tokio
  4.   Hong Kong
  5.   Parij
  6.   Singapur
  7.   Los Angeles
  8.   Seul
  9.   Vena
  10.   Stokgolm &   Toronto

Global Power City Index

tahrir

Tokioda joylashgan Mori Memorial Foundationning Institute for Urban Strategies 2008-yilda global shaharlar boʻyicha tadqiqot oʻtkazdi. Shaharlar iqtisodiyot, tadqiqot va rivojlanish, madaniy aloqalar, yashash qulayligi, atrof-muhit va kirish imkoniyati boʻyicha oltita toifada baholandi, ulardan 70 ta individual koʻrsatkichlar mavjud. 2023-yildagi eng yaxshi 10 shahar subyektiv kategoriyalar, jumladan, menejer, tadqiqotchi, sanʼatkor, mehmon va rezident boʻyicha ham baholandi[29][30]. Eng yaxshi 10 shahar quyidagilardir[29]:

  1.   London
  2.   Nyu-York
  3.   Tokio
  4.   Parij
  5.   Singapur
  6.   Amsterdam
  7.   Seul
  8.   Dubay
  9.   Melburn
  10.   Berlin

Moliyaviy reytinglar

tahrir

Global Financial Centres Index

tahrir

Moliyaviy markaz sifatidagi kuch global shahar reytingining eng muhim koʻrsatkichlaridan biriga aylandi. 2024-yil holatiga koʻra[31], China Development Institute va Z/Yen tahliliy firmasi tomonidan tuzilgan Global Financial Centres Index boʻyicha eng yaxshi oʻnta moliyaviy markaz quyidagilardir[32]:

  1.   Nyu-York
  2.   London
  3.   Singapur
  4.   Hong Kong
  5.   San Francisco
  6.   Shanxay
  7.   Jeneva
  8.   Los Angeles
  9.   Chikago
  10.   Seul

The Wealth Report

tahrir

Koʻchmas mulk agenti Knight Frank LLP va Citi Private Bank tomonidan chop etilgan The Wealth Report „Global Cities Survey“ ni oʻz ichiga oladi, unda 25 million AQSh dollaridan ortiq investitsiya qilinadigan aktivlarga ega yuqori daromadli shaxslar uchun eng muhim shaharlar baholandi. Mezonlar iqtisodiy faoliyat, siyosiy qudrat, bilim va taʼsir, va hayot sifati hisoblanadi[33][34]. 2022-yilda yuqori daromadli shaxslar uchun eng muhim shaharlar quyidagilardir[35]:

  1.   London
  1.   Parij &   Nyu-York
  1.   Los Angeles
  1.   Tokio
  1.   Chikago
  1.   Singapur
  1.   Hong Kong
  1.   Toronto
  1.   Pekin

Ijtimoiy reyting

tahrir

Dunyoning eng koʻtilga olinadigan shaharlari

tahrir

Londonda joylashgan ING Media firmasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlar va onlayn yangiliklar orqali 250 shaharni umumiy onlayn eslatmalar boʻyicha reytingi tuzildi. Raqamli eslatmalarning beshdan bir qismi Tokio, Nyu-York, London va Parij toʻgri keladi[36]. 2019-yil nashrida eng yaxshi shaharlar quyidagilardir[37]:

  1.   Tokio
  2.   Nyu-York
  3.   London
  4.   Parij
  5.   Madrid
  6.   Dubay
  7.   Rim
  8.   Barselona
  9.   Seul
  10.   Osaka

Manbalar

tahrir
  1. Lenormand, Maxime; Gonçalves, Bruno; Tugores, Antònia; Ramasco, José J. (2015). "Human diffusion and city influence". Journal of the Royal Society Interface 12 (109): 20150473. doi:10.1098/rsif.2015.0473. PMID 26179991. PMC 4535413. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4535413. 
  2. Sassen, Saskia (July 2001). „The global city: strategic site/new frontier“. Seminar Magazine. № 503. 18 October 2006da asl nusxadan arxivlandi.
  3. „global city“ (en). Britannica. 2022-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-oktyabr.
  4. Sassen, Saskia. The Global City: New York, London, Tokyo. 1991. Princeton University Press. ISBN 0-691-07063-6. (Wayback Machine saytida 16 March 2015 sanasida arxivlangan).
  5. Belchem, John „The Empire in One City? Liverpool's Inconvenient Imperial Past“. Reviews in History (2009-yil 18-dekabr). 2012-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-may.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 Doel, M., & Hubbard, P., (2002), „Taking World Cities Literally: Marketing the City in a Global Space of flows“, City, vol. 6, no. 3, pp. 351–368. Subscription required.
  7. Hemisfile: Perspectives on Political and Economic Trends in the Americas (en). Institute of the Americas, 1994. 
  8. „Asian Cities Pay Hidden Price for Global Status“. The Diplomat (2015-yil 15-fevral). 2016-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-yanvar.
  9. „The World's Most Influential Cities“. Forbes (2014-yil 14-avgust). 2017-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-avgust.
  10. „What are the characteristics of world cities and megacities, and how has their distribution changed since 1950? – HBK Portal“ (en-GB). 2022-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-noyabr.
  11. 11,0 11,1 GaWC Research Bulletin 5 (Wayback Machine saytida 8 August 2011 sanasida arxivlangan), GaWC, Loughborough University, 28 July 1999
  12. Pashley, Rosemary. „HSC Geography“. Pascal Press, 2000, p.164
  13. J. V. Beaverstock, World City Networks 'From Below' (Wayback Machine saytida 8 March 2006 sanasida arxivlangan), GaWC, Loughborough University, 29 September 2010
  14. K. OʻConnor, International Students and Global Cities (Wayback Machine saytida 5 February 2006 sanasida arxivlangan), GaWC, Loughborough University, 17 February 2005
  15. „Decoding City Performance“ (en). Jll.co.uk (2019-yil 2-aprel). 2019-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-oktyabr.
  16. „Struggling Giants“ (en). University of Minnesota Press. 2021-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 31-dekabr.
  17. Abrahamson, Mark. Global cities, 1st, New York: Oxford University Press, 2004 — 4-bet. ISBN 978-0195142044. Qaraldi: 2021-yil 9-yanvar. 
  18. Taylor, P.J. „Measuring the World City Network: New Results and Developments“. 2018-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-noyabr.
  19. "The World According to GaWC (Wayback Machine saytida 30 November 2012 sanasida arxivlangan)". GaWC. Retrieved 21 November 2012.
  20. „The World According to GaWC 2022“. Twitter. Globalization and World Cities. Qaraldi: 2022-yil 24-may.
  21. „2012 Global Cities Index and Emerging Cities Outlook“ (PDF). 2013-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-may.
  22. "The 2008 Global Cities Index". Foreign Policy (November/December 2008). 21 October 2008. Archived from the original on 2010-01-07. https://web.archive.org/web/20100107184223/http://www.foreignpolicy.com/story/cms.php?story_id=4509. Qaraldi: 31 October 2008. Global shahar]]
  23. „Read @ATKearney: Una Cuestión de Talento: Cómo el Capital Humano Determinará los Próximos Líderes Mundiales“ (en-US). Atkearney.com. 2019-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-oktyabr.
  24. „The distributed geography of opportunity: the 2023 Global Cities Report“. Kearney. Qaraldi: 2024-yil 9-mart.
  25. Millson, Alex „New York, London Top Oxford Economics Ranking of 1,000 Global Cities“. Bloomberg (2024-yil 21-may). Qaraldi: 2024-yil 21-may.
  26. „What Is the World's Most Economically Powerful City?“. The Atlantic (2015-yil 10-mart). 2015-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan.
  27. 27,0 27,1 Richard Florida. „Sorry, London: New York Is the World's Most Economically Powerful City“. The Atlantic Monthly Group (2015-yil 3-mart). — „Our new ranking puts the Big Apple firmly on top.“. 2015-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-mart.
  28. „The Top 10 most powerful cities in the world“. Yahoo! India Finance (2012-yil 11-may). 2013-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-iyun.
  29. 29,0 29,1 „Global Power City Index 2023“. The Mori Memorial Foundation. 2023-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-noyabr.
  30. Inoue, Yukana „Tokyo remains third in global power index despite downturn“ (en). The Japan Times (2023-yil 9-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 9-iyul.
  31. „The Global Financial Centres Index 35“.
  32. „GFCI 34 Rank“. 2023-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
  33. „The Wealth Report 2015“. Knight Frank LLP. 2015-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-iyun.
  34. „Global Cities Survey“. 2015-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-iyun.
  35. „Knight Frank: City Wealth Index“. 2023-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-iyun.
  36. „Tokyo world's most talked about city online“ (en-GB). Fdiintelligence.com. 2020-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-fevral.
  37. „The World's Most Talked About Cities“ (en-US). ING Media - Property PR | Architecture PR | Strategic communications for the BUILT ENVIRONMENT. 2019-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-dekabr.

Tashqi havolalar

tahrir