Hamidabonu Begim (taxminan 1527 tax. — 1604-yil 29-avgust), ikkinchi boburiy hukmdor Humoyunning rafiqasi va sulola vorisi hisoblangan uchinchi boburiy podsho Akbarning onasi edi[1][2]. Begimga oʻgʻli Akbar tomonidan Maryam Makoni unvoni berilgan[3]. Hamida Akbar davrida Podishoh Begim unvonini ham olgan[4].

Hamida Bonu Begim

Hamida Bonu begim portreti
Podishoh begim
Oʻtmishdoshi Beka begim
Vorisi Soliha Sulton begim
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1527-yil
Vafoti 1604-yil 29-avgust
Agra, Boburiylar imperiyasi
Turmush oʻrtogʻi Humoyun1541-1556-yillar
Bolalari

Akbar

2 qiz
Onasi Moh Afro'z begim
Otasi Shayx Ali Akbar Jomiy
Dini shia, islom
Dafn etilgan joyi Humoyun qabri yoniga, Dehli
Unvoni Podishoh begim, Hazrat begim

Oila tahrir

Hamidabonu Begim tax. 1527-yilda fors millatiga mansub oilada dunyoga kelgan[5]. Qizning otasi-shayx Ali Akbar Jomiy, shialikka eʼtiqod qilgan. Podsho Boburning kenja oʻgʻli, shahzoda Hindol Mirzoning homiysi edi. Ali Akbar Jomiyning oʻzi Ahmad Jomiy Zinda-fil nasliga mansub. Shuningdek, Miyan Bobo Doʻst nomi bilan ham tanilgan. Hamida Bonuning onasi Sindning Paat shahrida Ali Akbar Jomiyga turmushga chiqqan Moh Afroʻz Begim edi. Nasl-nasabiga koʻra, Hamida dindor musulmon boʻlgan[6].

Humoyun bilan uchrashuv tahrir

Hamidabonu Humoyunni oʻn toʻrt yoshli qizaloq chogʻida Mirzo Hindol xonadoniga tashrif buyurganda yaʼni, Alvarda onasi Dildor begim (Boburning xotini va Humoyunning oʻgay onasi) bergan ziyofatda uchratgan. Humoyun Dehlida afgʻon hukmronligini tiklash umidida boʻlgan Sher Shoh Sur qoʻshinlari hujumi natijasida Dehlidan chiqib ketganidan keyin surgunda yurgan edi[7].

Humoyunning Hamidabonu Begim bilan turmush qurishi boʻyicha fikr bildirilganda, Hamida ham, Hindol ham, ehtimol, bir-birlari bilan aloqador boʻlganlari uchun nikoh taklifiga qattiq qarshilik koʻrsatishgan[8]. Aftidan, Hamida Hindolga oshiq boʻlgan boʻlishi mumkin. Buning uchun faqat ikkilamchi dalillar bor[8]. Hindolning singlisi va Hamidaning yaqin dugonasi Gulbadan begim oʻzining „Humoyunnoma“ kitobida Hamidani oʻsha kunlarda akasining saroyida, hatto onasi Dildor begimning saroyida tez-tez koʻrishini taʼkidlagan[9].

Dastlab Hamida Humoyun bilan uchrashishdan bosh tortgan; oxir-oqibat qirq kunlik „taʼqib“dan soʻng Dildor begimning talabiga koʻra Humoyunga turmushga chiqishga rozi boʻlgan. Hamidabonu Humoyunnomada dastlab istaksizligiga ishora qilingan[10].

Nikoh tahrir

 
Yosh Akbar onasini tanidi. " Akbarnoma "dan bir illyustratsiya.

Nikoh 1541-yil sentabr oyining dushanba kuni (Jumada ul-avval 948 hijriy) Humoyunning oʻzi astrolab yordamida tanlagan kuni, Patrda (Paat, Dodu tumani nomi bilan mashhur) boʻlib oʻtdi. Shunday qilib, Hamida birinchi xotini va bosh turmush oʻrtogʻi boʻlgan Beka Begimdan keyin (keyinchalik Hoji Begim deb nomlanadi) keyin podshoning kichik xotini boʻldi[2][11]. Bu nikoh Humoyun uchun „siyosiy jihatdan foydali“ boʻlgan, chunki u urush paytida raqib shia guruhlaridan yordam oldi[10].

Choʻl boʻylab xavfli sayohatdan bir yil oʻtib, 1542-yil 22-avgustda Begim Humoyun bilan hindu rojasi Rajput Rana Prasad tomonidan boshqariladigan Umerkotga yetib bordi va Rana ularga boshpana berdi. Ikki oy oʻtgach, xonim 1542-yil 15-oktyabrda erta tongda (hijriy 949 yil rajab oyining toʻrtinchi kuni) boʻlajak imperator Akbarni dunyoga keltirdi. Chaqaloqqa Humoyun Lahordaligida tushida maʼlum boʻlgan — Jaloliddin Muhammad Akbar deb ism qoʻyildi[12][13].

Kelgusi yillarda Halima begim hali ham qoʻnimsiz eriga ergashib koʻp ogʻir sayohatlarni boshdan kechirdi. Birinchidan, keyingi dekabr oyining boshida Begim yangi tugʻilgan chaqaloq bilan oʻn yoki oʻn ikki kunlik yoʻl yurib, Jun shahriga yoʻl oldi. Keyin 1543-yilda u Sindda xavfli sayohatni amalga oshirdi. Hamida oʻgʻlini qoldirib, eriga hamrohlik qilib, Eronga joʻnadi. Bu yerda er-xotinlar Safaviylar sulolasi hukm surgan Eronning Ardabil shahrida ajdodlari Ahmad Jomiy va shialar ziyoratgohini ziyorat qildilar. Bu ularga keyingi ishlarida katta yordam berdi. 1544-yilda Hirotdan 93 chaqirim janubda joylashgan Sabzavordagi qarorgohda Hamida qiz tugʻdi.

Humoyun Eron shohi Tahmasp I bergan qoʻshin bilan Erondan qaytib keladi va Qandahorda Dildor Begim va uning oʻgʻli Mirzo Hindol bilan uchrashadi. Shunday qilib, 1545-yilning 15-noyabrida (hijriy 952-yilning 10-raqami) u oʻgʻli Akbarni yana koʻrdi, bir guruh ayollar orasida yosh Akbarning onasini tanigan sahnasi Akbarning tarjimai holi „Akbarnoma“da juda yaxshi tasvirlangan. 1548-yilda Hamida begim Akbar bilan Humoyun bilan Kobulga boradi[14].

Akbar hukmronligi tahrir

 
Akbarning onasi qayiqda Agraga boradi. " Akbarnoma "dan bir illyustratsiya.

Akbar hukmronligi davrida podsho xonimlari davlat ishlariga aralashib, gunoh qilgan kishi uchun kechirim soʻragan holatlar koʻp boʻlgan. Bir paytlar Hamida Bonu va uning kelini Ruqiya Sulton Begim shunday qilgan boʻlsalar ham, Akbar shia musulmonni oʻldirgan Lahorlik sunniy musulmonni faqat diniy aqidaparastlik tufayli kechirishdan bosh tortgani tarixda saqlanib qolgan[15].

Shu bilan birga, Shershoh Suriy 1545-yil may oyida vafot etdi va shundan soʻng uning oʻgʻli va vorisi Islomshoh ham 1554-yilda vafot etib, Suri sulolasi hukmronligini tarqatib yubordi. 1554-yilning noyabrida Humoyun Hindistonga joʻnab ketib, yana Hamida Kobulda qoldi. Humoyun 1555-yilda Dehlini nazoratga olgan boʻlsa-da, qaytib kelganidan keyin bir yil oʻtib, 1556-yilda Dehlining Purana Qila shahrida kutubxonasi zinasidan yiqilib, 47 yoshida oʻn uch yoshli merosxoʻrini qoldirib vafot etdi. Akbar imperiyaning eng buyuk hukmdorlaridan biri boʻlgan. Hamida Bonu Kobuldan Akbarga faqat uning hukmronligining ikkinchi yili, milodiy 1557-yilda qoʻshildi va undan keyin u bilan birga boʻldi. Hamida turli vaziyatlarda siyosatga aralashdi. Eng muhimi, Boburiylar vaziri Bayramxonning lavozimidan chetlatilishi paytida ham oʻgʻliga yoʻl-yoʻriq koʻrsatdi[14].

Keyinchalik u nevarasi Shahzoda xonimni tarbiyaladi[16].

Vafoti tahrir

 
Hamida Bonu Begimning kenotafi Dara Shikoh va boshqalar bilan birga Humoyun qabrining yon xonasida, Dehli.

Hamida Bonu 1604-yilning 29-avgustida (19-Shahriyor, hijriy 1013-yil) Agra shahrida, oʻgʻli Akbar vafotidan bir yil oldin va eri Humoyun vafotidan deyarli yarim asr oʻtgach, Humoyun qabri yoniga dafn etilgan. Keyinchalik shahzoda Salim, boʻlajak podsho Jahongir otasi Akbarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarganida, Hamida Bonu oʻgʻli va nabirasini yarashtirishni zimmasiga oldi. Salim fitna uyushtirib, Akbarning sevimli vaziri Abul-Fazlni oʻldirgan boʻlsa ham, yarashuv amalga oshdi.

Hamida Bonu Maryam-Makoniy unvoniga ega boʻlib, oʻlimidan soʻng, Akbar uni „aybsizlik timsoli“ deb hisoblagan. Oʻgʻli Akbar va nabirasi Jahongirning saroy yilnomalarida "Hazrat" nomi bilan tilga olinadi. Uning hayoti tafsilotlari Humoyunning singlisi Gulbadan Begim tomonidan yozilgan „Humoyun nomasida[17] hamda uning oʻgʻli Akbar davrida yozilgan „Akbarnoma“ va „Ayn-i-Akbariy“da ham uchraydi.

Ommaviy madaniyatda tahrir

  • Hamidabonu 1945-yilda suratga olingan „Buyuk sulola“ hind epik filmida Nargis tomonidan tasvirlangan.
  • 2008-yilda Ashutosh Govariker tomonidan suratga olingan hind epik filmi Jodha va Akbarda Hamida Bonu obrazini Poonam Sinha gavdalantirgan[18].
  • 2013-yil 18-iyundan Zee TV Rajat Tokas va Paridxi Sharma boshchiligidagi Jodha va Akbar nomli teleserialni namoyish qila boshladi. Hamida Bonu Begim bosh qahramon sifatida tasvirlangan va uni Chhaya Phadkar ijro etgan. 
  • Rishina Kandxari 2017-yilda hind seriali Akbar Rakht Se Takht Ka Safarda Hamida Bonu Begim rolini ijro etgan.

Manbalar tahrir

  1. Lal, Muni. Shah Jahan (en). Vikas Publishing House, 1986 — xv bet. ISBN 9780706929294. 
  2. 2,0 2,1 The Humayun Nama: Gulbadan Begum’s forgotten chronicle Yasmeen Murshed, The Daily Star, 27 June 2004.
  3. Findly, Ellison Banks. Nur Jahan, empress of Mughal India. New York: Oxford University Press, 1993 — 94 bet. ISBN 9780195360608. 
  4. Badayuni, Abdul Qadir. Muntakhab-ut-Tawarikh. „Begum Pädshāh, the mother of his Majesty, busied herself in the ladies' apartments of the palace in interceding for the Shaikh and said to the Emperor. My son, he has an aged and decrepit mother in Ajmer.“ 
  5. Truschke, Audrey. Culture of Encounters: Sanskrit at the Mughal Court (en). Columbia University Press, 2016-03-01. ISBN 978-0-231-54097-1. 
  6. Dr. B. P. Saha. Begams, concubines, and memsahibs. Vikas Pub. House — 20 bet. 
  7. Mukherjee, p.119
  8. 8,0 8,1 Eraly, Abraham. Emperors of the Peacock Throne : The Saga of the Great Mughals, [Rev. ed.]., Penguin books, 2000 — 65, 526 bet. ISBN 9780141001432. 
  9. Wade, Bonnie C.. Imaging Sound : an Ethnomusicological Study of Music, Art, and Culture in Mughal India. Univ. of Chicago Press, 1998 — 62 bet. ISBN 9780226868417. 
  10. 10,0 10,1 Mukherjee, p.120
  11. Bose, Mandakranta. Faces of the feminine in ancient, medieval, and modern India. US: Oxford University Press, 2000 — 203 bet. ISBN 0-19-512229-1. 6-avgust 2009-yilda qaraldi. 
  12. Part 10:..the birth of Akbar Humayun nama by Gulbadan Begum.
  13. Schimmel, Annemarie. The empire of the great Mughals. Reaktion Books, 2004 — 146 bet. ISBN 1-86189-185-7. .
  14. 14,0 14,1 Schimmel, Annemarie. The empire of the great Mughals. Reaktion Books, 2004 — 146 bet. ISBN 1-86189-185-7. Schimmel, Annemarie; Burzine K. Waghmar (2004). The empire of the great Mughals. Reaktion Books. p. 146. ISBN 1-86189-185-7..
  15. Mukherjee, p.130
  16. Emperor, Jahangir. Jahangirnama — 37 bet. 
  17. Humayun-Nama : The History of Humayun by Gul-Badan Begam. Translated by Annette S. Beveridge. New Delhi, Goodword, 2001,ISBN 81-87570-99-7. Page 149.
  18. Jodhaa Akbar IMDbda

Adabiyotlar tahrir

Havolalar tahrir