Gidroproyekt
S. Y. Juk nomidagi Gidroproyekt butunrossiya loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot instituti (ruscha: Всеросси́йский прое́ктно-изыска́тельский и нау́чно-иссле́довательский институ́т «Гидропрое́кт» и́мени С. Я. Жука) – gidroenergetika va suv xoʻjaligi tuzilmalarini loyihalash boʻyicha Rossiyaning yetakchi muassasasi. Institut Moskvada joylashgan va Rossiyaning boshqa shaharlarida filiallariga ega. 1930-yildan, institut tashkil qilingandan beri institut va uning filiallari tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar asosida sobiq SSSR hududida umumiy oʻrnatilgan quvvati 65 GVt (shundan 45 GVt Rossiyada), yillik elektr energiyasi ishlab chiqarishi 230 mlrd kVt*soat (shundan 170 mlrd kVt*soat Rossiyada) boʻlgan 250 dan ortiq GESlar qurilgan. SSSRdan tashqarida Gidroproyekt Misrdagi Asvon toʻgʻonini loyihalashtirgan[1].
Turi | Ilmiy tadqiqot instituti |
---|---|
Ishga tushgan sanasi | 1927 |
Joylashuvi | Rossiya Moskva Volokolam shossesi 2-uy |
Asoschi(lar)i | Xalq xoʻjaligi oliy soveti |
Direktori | Yevgeniy Bellendir |
Vebsayti | http://www.hydroproject.ru/ |
Institut shuningdek, koʻplab kanallarni loyihalashtirdi, ammo ularning hammasi ham qurilmagan.
Tarixi
tahrirGidroproyekt tarixi Moskva kanali qurilishi loyihasi (1930-yillar) va SSSRning birinchi besh yillik rejasida koʻzda tutilgan gidroelektr stansiyalar qurilishini muvofiqlashtirish uchun 1930-yil 9-oktyabrda tashkil etilgan „Gidroelektrostroy“ tresti loyiha boʻlimlariga borib taqaladi. 1932-1936-yillarda „Gidroelektrostroy“ trestining vorisi boʻlgan „Gidroelektroproyekt“ trestining birinchi direktori Vissarion Chichinadze boʻlgan, u Stalin qatagʻoni qurboni boʻlgan[2]. Bu ikki tashkilot bir necha marta nomlarini oʻzgartirgandan soʻng, 1962-yilda nihoyat birlashtirildi.
1932-yil 31-martda „Gidroelektrostroy“ tresti negizida „Gidroelektroproekt“ tresti va uning Leningrad, Tiflis, Toshkent va Rostov-Don boʻlimlari tashkil qilindi.
1950-yilgacha bu tashkilotlar SSSR IIV tarkibida edi, keyinchalik Energetika vazirligiga tarkibiga oʻtkazildi.
Institutning baʼzi mintaqaviy boʻlimlari, xususan, Sankt-Peterburgdagi Lengidroproyekt nomi bilan mashhur boʻlgan filiali uzoqroq tarixga ega[3]. 1990-yillarda institut Rossiyaning elektr energetika milliy kompaniyasi RAO EESning shoʻba korxonasi sifatida faoliyat yuritgan. 2010-yilda u RusGidro guruhiga kirdi[4].
Yirik loyihalari
tahrirAmalga oshirilgan
tahrir90 yil davomida institut Rossiya va sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlari 250 dan ortiq GESlarni loyihalashtirgan. Ularning umumiy quvvati 65 000 MVt, yillik elektr energiyasi ishlab chiqarishi – 230 000 GVt*soat. Shuningdek, dunyoning 45 mamlakatida umumiy quvvati 26 000 MVt dan ortiq 50 ta GESni loyihalashtirgan.
Oʻzining tarixi davomida Gidroproyekt 400 dan ortiq obyektlar – transport suv kanallari, GESlar, GTESlar, mobil elektr stansiyalarni loyihasini ishlab chiqqan. Ulardan ayrimlari quyida keltirilgan:
SSSRda
tahrirGESlar:
- Volga va Kama daryolaridagi aksar GESlar;
- Angaradagi elektr stansiyalar: Irkutsk GES, Bratsk GES, Ust-Ilimsk GES va Boguchansk GES;
- Yeniseydagi toʻgʻonlar: Krasnoyarsk GES, Sayan-Shushensk GES;
- Inguri GES, Gruziya;
- Norak ges, Tojikiston;
- Rogʻun GES, Tojikiston;
- Toʻqtagʻul GES, Qirgʻiziston;
- Pļavyaviņ GES, Latviya;
- Riga GES, Latviya;
- Kruonis PSP, Litva;
- Uzoq Sharqda Zeya GES (1330 MVt);
- Kisloguba PES.
Kanallar:
- Moskva nomidagi kanal;
- Volga-Don kanali;
- Volga-boltiq suv yoʻli;
- Irtish – Qaragʻandi, Dnepr – Donmass, Shimoliy Dones – Donbass suv taʼminoti kanallari va boshqalar.
SSSRdan tashqarida
tahrir- Misrda Asvon toʻgʻoni (2100 MVt);
- Vyetnamda Xoabin (1920 MVt), Shonla (2400 MVt), Yali (720 MVt) i Laytyau (1200 MVt) gidrouzellari;
- Hindistonda Teri gidrouzeli (1000 MVt);
- Angolada Kapanda gidrouzeli (520 MVt);
- Efiopiyada Melka-Vakena gidrouzeli (153 MVt);
- Iroqda Al-Qodisiya (670 MVt) va Dukan (400 MVt) gidrouzellari, Al-Bagʻdodiy toʻgʻoni;
- Suriyada Tishrin (630 MVt), Al-Baas (81 MVt) va Tabka (824 MVt) gidrouzellari;
- Dunaydagi Temir darvozalarda ikkita GES (2057 va 591 Mvt);
- Xitoyda Xuanxe daryosidagi Sanmensya toʻgʻoni;
- Marokashda Dra daryosidagi Mansur Eddaxbi arkali toʻgʻoni (balandligi 70 m) va Al-Vahda GES (248 MVt);
- Kanadada Nelson daryosidagi Jenpeg GES[5][manba kerak];
Amalga oshirilmagan
tahrir- Kerchen gidrouzeli;
- Sibir daryolari oqimini Qozogʻiston va Oʻrta Osiyoga burish.
Insititut binosi
tahrirGidroproyekt binosinnig dastlabki namunasi 1951-yil Karo Alabyan ustaxonasida ishlab chiqilgan. Loyiha stalincha koʻp qavatli binolar uslubida qilingan va Leningrad shossesidagi 3-uy hamda Volokolam shossesidagi 4-uy bilan yaxlit ansablni tashkil qilgan[6].
Alabyan vafotidan keyin Gidroproyekt binosi 1965—1968-yillarda boshqa loyiha (mualliflari – meʼmorlar G. P. Yakovlev va N. A. Jevanshirova, bosh konstruktor – V. V. Xanji) boʻyicha ishlangan. Bino Volokolam shossesi 2-uyda joylashgan boʻlib, uch qavatli stilobatda shaklidagi toʻrtburchak minora koʻrinishida[7]. Fasadlarning koʻrinishi oyna, shaffof va qora temperli shisha – stemalitning almashinuvi bilan belgilanadi. Metall profillarning vertikal kumush chiziqlari oynalar boʻylab oʻtadi. Stilobatning janubiy qismida joylashgan institutga kirish joyida qattiq choʻzilgan soyabon shaklidagi katta zinapoyasi bor.
Institutning 27 qavatli binosining balandligi deyarli 104 metrni tashkil qilib, Leningrad shoh koʻchasini mantiqiy yakunlaydi. Ikkita yirik magistralning ayrisida joylashgan boʻlib, Moskvaning shimoli-gʻarbida moʻljal vazifasini bajaradi. Meʼmorchiligi xalqaro uslubga tegishli[7].
2000-yillardan boshlab binoning deyarli butun fasadi tijoriy reklamalar bilan qoplangan. 2012-yil oxirida bino fasadida „Buildering Media“ kompaniyasi tomonidan svetodiod videoekran oʻrnatilgan. Bu mediafasadning maydoni 2700 m² (shundan taxminan 2400 m² svetodiod panno – Yevropadagi eng kattasi). Mediafasad kecha-yu kunduz ishlaydi va meʼmoriy obyektda televizion tasvirni keng koʻlamli namoyish qilish imkonini beradi hamda 2 kmgacha boʻlgan masofadan – "Aeroport" metro bekatidan aniq koʻrinadi[8][9].
Leningradda insitut filiali uchun Plutalov koʻchasi va Shchors shoh koʻchasi burchagida stalincha meʼmorchilik uslubida bino qurilgan (hozirgi manzili – Kichik shoh koʻcha, Pedrograd tomoni, 77-uy).
Adabiyotda eslanishi
tahrir- Gidroproyekt binosi Yuriy Trifonovning "Другая жизнь (oʻzbekcha: Boshqa hayot) hikoyasining oxirgi xatboshida eslatib oʻtilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Hydroproject website (English and ruscha)
- ↑ История Гидропроекта. 1930 — 2000 (ru), Moscow, 2000 — 47-bet. [sayt ishlamaydi]
- ↑ Lenhydroproject – About the institute – Creation history (Wayback Machine saytida 2007-07-14 sanasida arxivlangan)
- ↑ „RusHydro Group Acquires Hydroproject Research Center“. Renewableenergyworld.com. 2017-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-dekabr.
- ↑ Glen R. „Jenpeg start-up underlines Manitoba power disputes“. SciTech Connect (1977-yil 11-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 7-aprel.
- ↑ Proekt zdaniya „Gidroproekta“ na razvilke Volokolamskogo i Leningradskogo shosse. III variant. Maket. 1951 g., arx. K. S. Alabyan, L. N. Batalov, inj. G. V. Chernishyov – foto, foto.
- ↑ 7,0 7,1 „НИИ «Гидропроект» имени С. Я. Жука“ (deadlink). СовАрх.ру. 2013-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-aprel.
- ↑ „Москва, здание «Гидропроекта»“. Buildering Media. 2011-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-aprel.
- ↑ „Самый крупный медиафасад в Европе“. YouTube (2013-yil 23-yanvar). 2014-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-aprel.
Havolalar
tahrir- „ОАО «РусГидро» — Институт «Гидропроект»“ (ru) (deadlink). 2010-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-iyul.