Bosh menuni ochish

Irtish-qaragʻanda kanali - Qozogʻiston Respublikasidagi yirik kanal. I. -Q. k. Irtish daryosidan (Pavlodar viloyati Yermek sh. dan 5 km uzoqlikda) boshlanib, Markaziy Qozogʻiston hududini shim.sharqdan janu-bi-gʻarbga kesib oʻtadi va Jezqazgʻan shahri yaqinida tugaydi. Kanal qurilishi 1974 y. da tugallangan, uning 1navbati (uz. 458 km) 1962—67 y. larda qurilgan. Suv 22 bosqichda nasoslar orkali 420 m gacha balandlikka koʻtarib beriladi. Suv oʻtkazish imkoniyati 72 m³/sek. Kanalning eni 40 m, chuq. 7— 10 m. Kanalda 11 gidrouzel, 22 nasos st-yasi, 2 suv ombori, 14 toʻgʻon va b. qurilgan. Kanalning 2navbati uz. 520 km (Jezqazgʻan sh. gacha). Karagʻanda, Jezqazgʻan, Ostona va qisman Pavlodar viloyatlarining sanoat va q. x. korxonalarini, Ekibastuz, Karagʻanda, Temirtau shaharlarini suv bilan taʼminlaydi. 50 ming ga dan koʻproq yer sugoriladi, choʻl yaylovlarga suv chikarilgan.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil