Jamshid Boltaboyev (1996-yil 3-oktyabrda tugʻilgan) — oʻzbek professional futbolchisi, „Navbahor Namangan“ va Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynaydi. Koʻp qirrali futbolchi, u quyidagi pozitsiyalarda harakat qilishi mumkin: markaziy himoyachi, oʻng qanot himoyachisi va tayanch yarim himoyachisi.

Jamshid Boltaboyev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jamshid Xasan oʻgʻli Boltaboyev
Tavallud sanasi 3-oktyabr 1996-yil (1996-10-03) (27 yosh)
Tavallud joyi Toshkent Oʻzbekiston
Boʻyi 1.74 cm (12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Navbahor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014—2018 Paxtakor 33 (2)
2019—2021 Soʻgʻdiyona 67 (4)
2022—... Navbahor 47 (4)
Milliy terma jamoa
2013 O‘zbekiston U17 3 (1)
2014 Oʻzbekiston U20 4 (0)
2016 Oʻzbekiston U23 2 (0)
2016— Oʻzbekiston 2
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(1-yanvar 2024-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (1-yanvar 2024-yil uchun)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Yoshlik karyerasi tahrir

2012-yilgi Osiyo U-16 chempionati va U-17 FIFA Jaxon Chempionatida muvaffaqiyatli oʻyinlaridan soʻng koʻp oʻtmay u xorijlik Yevropa skautlarini shunday hayratda qoldirdiki[1], bir qancha klublar sinov takliflarini yuborishdi[2], ammo u „Monako“ni tanladi va „ As Monako“ akademiyasi bilan olti kunlik mashgʻulotlarda qatnashdi va oʻrtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi.

Professional karyerasi tahrir

2014-yil Paxtakor klubi bilan professional shartnoma imzolagan va 2018-yilgacha jamoa tarkibida harakat qilgan. Shu yillar davomida jamoasining eng muhim futbolchilaridan biriga aylangan.[3]

2018-yil Paxtakor jamoasidagi bir qator oʻzgarishlardan soʻng Jamshid Soʻgʻdiyona jamoasi[4] safiga oʻtdi va jamoa bilan qator muvaffaqiyatli mavsumlarni oʻtkazdi. 2022-yildan Bosh murabbiy Samvel Babayanning taklifiga binoan[5] Namanganning Navbaxor jamoasi futbolchisiga aylandi[6]. Hozirda Navbahor futbolchsi hisoblanadi.

Xalqaro tahrir

2013-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatida 3 ta uchrashuvda ishtirok etib Oʻzbekiston — Xorvatiya uchrashuvida gʻalaba toʻpini kiritgan[7] va oʻsmirlar terma jamoasini guruhdan chiqishida muhim hissa qoʻshgan va sariq kartochkalar koʻpligi sabab 1/8 final bosqichida Gonduras U-17 jamoasiga qrshi jamoadoshlariga yordam bera olmagan[8]

U 23 yoshgacha boʻlgan futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safidagi ilk oʻyinida Osiyo grandi Janubiy Koreya U- 23ga qarshi oʻyinda 72-daqiqada Iroq U-23ga qarshi oʻyinni oʻtkazib yuborib, qizil kartochka oldi.[9]

Yutuqlar tahrir

  • 2014—2015-yilgi Ozbekiston Super ligasi Chempioni
  • 1x Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi mukofoti
  • 2013-yilda sobiq U-17 terma jamoasi hamyurtlari Akobir Toʻrayev va Izzatilla Abdullayevlar bilan birga yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.[10]

Mahalliy klublar statistikasi tahrir

Mavsum Jamolar Liga Kubok Xalqaro Jami
Isht Gol Isht Gol Isht Gol Isht Gol
2014 Paxtakor (Toshkent) 6 4 1 - - 10 1
2015 - - - - - -
2016 27 2 5 0 29 2
2017 - -
Jami Paxtakor (Toshkent)
2018 Soʻgʻdiyona (Jizzax) - -
2019 Soʻgʻdiyona (Jizzax) 20 0 1 0 - -
2020 Soʻgʻdiyona (Jizzax) 25 2 1 1 - -
2021 Soʻgʻdiyona (Jizzax) 22 2 3 0 - -
Jami Soʻgʻdiyona (Jizzax) 67 4 5 1 - - 72 5
2022 Navbahor (Namangan) 24 0 7 1 - -
2023 Navbahor (Namangan) 23 4 6 0 7 0 36 4
Jami Navbahor (Namangan) 47 4 13 1 7 0 67 5

Xalqaro maqsadlar tahrir

Raqib Yil Natija Gol
1. Xorvatiya U17 2013 2-1 1

Manbalar tahrir

  1. „BAAda matbuot Boltaboev va O'zbekiston xaqida“ (25 okt 2013). 2022-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-sentyabr.
  2. „Boltaboevga Yevropa grandlari qiziqish bildiryapti“ (06 noy 2013). 2022-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-sentyabr.
  3. „Asosiyga aylangan azamatlar“ (4 dek 2016). 2022-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-sentyabr.
  4. „“Пахтакор”нинг 10 футболчиси Суперлига клубларига ижарада ўйнайди“ (2018-yil 28-fevral). 2022-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-sentyabr.
  5. „Eshitdik-da! "So'g'diyona" yarim himoyachisi "Navbahor"ga o'tmoqda“ (28 noy 2021). 2022-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28 noy 2021.
  6. „Jamshid Boltaboev "Navbahor" o'yinchisiga aylandi“ (2022-yil 1-yanvar). 2022-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-sentyabr.
  7. „https://en.wikipedia.org/wiki/2013_FIFA_U-17_World_Cup“ (2013). 2022-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013.
  8. „Boltaboev keyingi o'yinni o'tkazib yuboradi“ (25 okt 2013). 2022-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-sentyabr.
  9. „U23 Osiyo chempionati. Jamshid Boltaboev Iroqqa qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi“ (2016-yil 13-yanvar). 2022-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-sentyabr.
  10. „"Yilning eng yaxshi yosh futbolchilari" - Boltaboev, To'raev va Abdullaev“ (23 dek 2013). 2022-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-sentyabr.

Havolalar tahrir