Kamarja jangi – Samarqand yaqinidagi Kamarja qalʼasi yaqinida boʻlib oʻtgan jang. 729-yilda shahardagi Umaviylar xalifaligi garnizoni Turkash xoqonligi qoʻshinlari va uning soʻgʻd ittifoqchilari tomonidan bosib olingan edi[1][2]. Mahalliy soʻgʻd shahzodalarning keng koʻlamli qarshiligiga uchrgan vaqtda Samarqand yaqinidagi bu kichik qoʻrgʻon arablarning Movarounnahrdagi soʻnggi yirik istehkomlaridan biri boʻlgan. At-Tabariy yozishicha qamal 58 kun davom etdi va muzokaralar bilan yakunlandi, uning doirasida garnizon Samarqanddan chiqib ketgan. Kamarja mudofaasi arab adabiyotlarida qayd etilgan. Oradan ikki yil oʻtgandan soʻng Taxtaqaracha dovoni jangidan soʻng arablarning mintaqadagi hokimiyat tiklangan[3].

Kamarja jangi
Geophysical map of southern Central Asia (Khurasan and Transoxiana) with the major settlements and regions
Sanalar 729
Urush yeri Samarqand, Movarounnahr
Natija Arablarning g'alabasi, garnizonni evakuatsiya qilish
Raqiblar
Umaviylar xalifaligi Turkash xoqonligi
Qoʻmondonlar
Aniq emas Suluk

Tarixi tahrir

VII asr oʻrtalarida arablar Fors va Xurosonni bosib olgan. Keyinchalik xalifa Al-Volid I davrida (705—715) Umaviylar sarkardasi Qutayba ibn Muslim tomonidan Movorunnahr bosib olingan[4]. 719-yilda mahalliy shahzodalar xalifalikka qarshi xitoylar va ularning turkash vassallaridan harbiy yordam soʻradi[5]. 720-yilda turgʻashlar mintaqadagi musulmonlarga qarshi hujumlar uyushtirdilar. Biroz muddat Fargʻona vodiysi ustidan nazorat yoʻqolgan boʻlsa-da, umaviylar hokimlari tartibsizliklarni bostirishga muvaffaq boʻldilar[4]. 728-yilga kelib, turgʻoshlar hujumi va arablarga qarshi keng koʻlamli qoʻzgʻolon koʻtarilgan vaqtda arablarda faqat Samarqand va Zarafshon daryosidagi Kamarja va Dabusiya qalʼalari bor edi[6].

Qamal tahrir

729-yilda Ashras ibn Abdulloh as-Sulamiy Turgʻash va ularning soʻgʻd ittifoqchilarining doimiy hujumlari ostida Oks daryosidan oʻtib, Buxoroga yetib boradi. Shu bilan birga ittifoqchilar qoʻshinlari Samarqand hududiga va undan gʻarbdagi 42 km gʻarbdagi Kamarja qalʼasiga yoʻl oladilar. At-Tabariy „Paygʻambarlar va podshohlar tarixi“ asarida Kamarjaning qamal qilinishi haqida yozgan.

Buxoro-Samarqand yoʻli boʻylab xoqon Suluk qoʻmondonligi ostida Fargʻona, At-Taraband (Shosh poytaxti, hozirgi Toshkent), Afshona (Samarqand yaqinidagi shahar), Nasaf va Buxoro atrofidan yigʻilgan turgʻosh qoʻshinlari qal’aga yaqinlashdi. Kamarjaga yetib kelgach, turgʻashlar va ularning ittifoqchilari qal’aga yaqin boʻlgan hududda qarorgoh tuzdilar. Qamaldan soʻng arablar sulh tuzishga majbur boʻldi.

Oqibatlari tahrir

Kamarja qamali magʻlubiyatidan keyin Buxoro va Samarqanddan tashqari, deyarli barcha Movarounnahr hududi boy berilgan, hatto qoʻshni Xorazmda ham qoʻzgʻolon koʻtarilgan, ammo mahalliy arablar tomonidan tezda bostirilgan[5]. 738-yilda Suluk oʻldirildi, bu esa turgʻashlar oʻrtasida ichki urush boshlanishiga olib keldi. 739—741-yillarda Nasr ibn Sayyor hukmronligida arablar xalifalik hokimiyatini Samarqandgacha boʻlgan hududda qayta tiklashga muvaffaq boʻldi[7].

Adabiyotlar tahrir

  • Blankinship Khalid Yahya. The End of the Jihâd State: The Reign of Hishām ibn ʻAbd al-Malik and the Collapse of the Umayyads. – Albany, N. Y.: State University of New York Press, 1994. – 410 p. – (SUNY Series of Medieval Middle East History). – ISBN 978-0-7914-1827-7.
  • Gibb H. A. R. The Arab Conquests in Central Asia. – L.: Royal Asiatic Society, 1923. – 102 p.
  • Hawting Gerald R. The First Dynasty of Islam: The Umayyad Caliphate AD 661—750. – Second edition. – L.; N. Y.: Routledge, 2000. – 176 p. – ISBN 0-415-24072-7.
  • Kennedy Hugh N. The Great Arab Conquests. How the Spread of Islam Changed the World We Live In. – L.: Weidenfeld & Nicolson, 2007. – 421 p. – ISBN 0-297-84657-4.
  • The History of al-Ṭabarī, Volume XXV: The End of Expansion: The Caliphate of Hishām, A. D. 724–738/A. H. 105–120 / Blankinship, Khalid Yahya. – Albany, New York : State University of New York Press, 1989. – ISBN 978-0-88706-569-9.

Manbalar tahrir

  1. Шамсиддин Камолиддин. Происхождение Саманидов. Ташкент: Французский Институт Исследований Центральной Азии, 2008. 2-oktabr 2023-yilda qaraldi. 
  2. „Siege of Kamarja. Enter history“. www.chronas.org. Qaraldi: 2-oktabr 2023-yil.
  3. „List of Muslim conquest of Transoxiana“. www.aztekium.pl. Qaraldi: 2-oktabr 2023-yil.
  4. 4,0 4,1 Blankinship 1994; Gibb 1923.
  5. 5,0 5,1 Blankinship 1994.
  6. Blankinship 1994; Gibb 1923; Kennedy 2007.
  7. Blankinship 1994; Kennedy 2007.