Katakomba madaniyati
Katakomba madaniyati - ilk jez davriga mansub arxeologik madaniyat (mil. av. 2-ming yillik — 1-ming yillik boshlari). Qora dengizning shim. sohillari, Quyi Volga boʻyida tarqalgan. 20-asr boshida rus arxeologi V. A. Gorodsov tomonidan ilmiy tavsif berilgan.
K.m.ning soʻnggi davrlari kimmeriylar bilan bogʻliq. K.m. uchun aholining urugʻdoshlik munosabatlariga koʻra, alohida qishloqlarda yashashi va mozorqoʻrgʻonlar xosdir. Mozorqoʻrgʻonlar tagidagi katakombalarta mayyitlar yon tomonga yonboshlatib oyoqparini bukkan holda dafn etilgan, ularning ustiga olov ramzi boʻlgan qizil boʻyoq sepilgan. K.m.ga oid sopol idishlar, tosh va jezdan yasalgan mehnat qurollari va qurolaslaha, suyak va jez bezak buyumlari topilgan. K.m. qabilalari koʻchmanchilik va dexqonchilik bilan mashgʻul boʻlishgan, shuningdek, mis va jez metallurgiyasidan ham xabardor boʻlib, atrofdagi qabilalar, ayniqsa Kavkaz qabilalari va ular orqali Old Osiyo, Eron, Misr bilan savdo aloqalari olib borishgan. K.m. kabilalarida matriarxat oʻrnini patriarxat egallagan, mulkiy tabaqalanish koʻzga tashlana boshlagan (zodagonlarning qabridagi ashyolar qimmatbaholigi bilan ajralib turadi).[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |