Kel, yashaylik biz birga
„Kel, yashaylik biz birga“ (shunchaki „Kel yashaylik biz birga“ oʻlaroq ham maʼlum) — „Bolalar“ oʻzbek pop-rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2010-yil eʼlon qilingan. Qoʻshiq matnini ham, kuyini ham guruh solisti Tohir Sodiqov yozgan[manba kerak]. Qoʻshiq tonalligi — lya-minor. „Kel, yashaylik biz birga“ „Bolalar“ guruhining 2010-yillarda chiqarilgan eng taniqli taronalaridan biridir. Guruh hamda Sodiqov qoʻshiqni barcha konsertlarida hamda toʻylarda ijro etib keladi. 2015-yil guruh taronani Oybek va Nigora toʻyida ijro etgan[1].
„Kel, yashaylik biz birga“ | |
---|---|
„Bolalar“ qoʻshigʻi | |
Chiqarilgan sanasi | 2010 |
Yozib olingan | 2010 |
Janr | ballada |
Davomiyligi | 3:09 |
Matn muallif(lar)i | Tohir Sodiqov |
Bastakor(lar) | Tohir Sodiqov |
2021-yil guruh aʼzosi Husan Sodiqov oʻzining rasmiy YouTube kanalida „Kel, yashaylik biz birga“ qoʻshigʻini guruhning 2015-yilga qadar eʼlon qilingan toʻrt qoʻshigʻi va remikslaridan iborat „20-albom“ nomli albomiga toʻrtinchi va yakuniy trek oʻlaroq kiritgan[2], ammo bu taronalar 2015-yilda albom shaklida eʼlon qilinmagan, balki shunchaki singl oʻlaroq chiqarilgan.
„Kel, yashaylik biz birga“ qoʻshigʻini bugunga qadar bir necha xonanda, jumladan, Renat Sobirov va Yusufxon Nurmatov kaver qilgan. Shuningdek, taronani „Zoʻr TV“ telekanalining „Artist“ koʻrsatuvi ishtirokchisi Borya Yunusov hamda hamda „The Cover-Up Kids“[izoh 1] koʻrsatuvi ishtirokchisi Ibrohim Nurmatovlar kuylagan.
Izohlar
tahrir- ↑ Koʻrsatuv ijodkorlari „cover-up“ soʻzi ingliz tilida 1) biror narsani, ayniqsa nojoʻya ish yoki xatoni yashirish urinishini yoki 2) suvdan chiqqanda choʻmilish kiyimi ustidan tashlab olinadigan ust-boshni anglatishidan bexabar boʻlgani uchun koʻrsatuvni shunday nomlagan.
Manbalar
tahrir- ↑ Shayxov, Qamariddin. „“Кел яшайлик биз бирга” қўшиғи остида вальс“. Qalampir (21-noyabr 2015-yil). Qaraldi: 6-sentyabr 2022-yil.
- ↑ „"Болалар" гуруҳининг 20 чи оригинал альбоми“. YouTube (27-fevral 2021-yil). Qaraldi: 6-sentyabr 2022-yil.