Lothar Matthäus
Lothar Herbert Matthaus (nemischa: Lothar Herbert Matthäus ) – nemis futbolchisi, himoyachisi va yarim himoyachisi. Germaniya terma jamoasida oʻynagan, terma jamoada oʻtkazilgan oʻyinlar soni boʻyicha rekordchi (150). 1990-yilda Germaniya va Yevropaning eng yaxshi futbolchisi boʻldi. Oradan bir yil oʻtib jahonning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiylik bilan shugʻullanadi. Hozirda Germaniyaning „Sky Sport“ telekanalida ekspert boʻlib ishlaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Lothar Herbert Matthäus | ||
Tavallud sanasi | 21-mart 1961-yil | ||
Tavallud joyi | Erlangen, Gʻarbiy Olmoniya | ||
Boʻyi | 1.74 m | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi, himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1971–1979 | 1. FC Herzogenaurach | ||
Total | 618 | (181) |
Lothar Matthaus 5 ta jahon chempionatlarida (1982, 1986, 1990, 1994, 1998) Antonio Carbajal, Gianluigi Buffon va Rafael Márquez bilan birga qatnashgan toʻrt nafar futbolchidan biri. Jahon chempionatining finalida oʻtkazilgan oʻyinlar soni boʻyicha ham rekordchi hisoblanadi (25 ta oʻyin)[1][2].
Faoliyati
tahrirFutbolchi sifatida
tahrirMatthaus 1961-yil 21-mart Bavariyaning Erlangen shahrida tugʻilgan. Faoliyatining boshida libero pozitsiyasiga oʻtishdan oldin yarim himoyachi sifatida oʻynagan. Beshta jahon chempionatida (1982, 1986, 1990, 1994, 1998) qatnashgan boshqa futbolchilardan koʻra jahon chempionatlarining final qismida koʻproq oʻtkazilgan oʻyinlar soni boʻyicha rekordchi (25 oʻyin). U milliy terma jamoa safida 150 ta oʻyin oʻtkazgan. 1980-yilgi Yevropa chempionatida gʻolib chiqdi. Shuningdek 1984, 1988 va 2000-yilgi chempionatlarda qatnashdi. Yevropa chempionatlarining final qismidagi oʻyinlarning birinchi va oxirgi ishtiroki orasida 20 yil vaqt oʻtgan tarixdagi yagona futbolchi boʻldi. Matthaus Pele tomonidan tuzilgan FIFA 100 125 ta eng zoʻr futbolchi roʻyxatiga kiritilgan.
Uning professional faoliyati 1979-yilda „Borussiya“ klubida boshlangan va 1984-yilgacha davom etgan. Matteus shuningdek Bavariya (1984-1988 va 1992-2000), Inter (1988-1992, 1989-yilda Italiya chempionligini qoʻlga kiritgan) va 2000-yilda „MetroStars“da oʻynagan.
Murabbiy sifatida
tahrir2010-yil 21-sentyabrda Bolgariya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Shartnoma „1+2“ sxemasi boʻyicha imzolandi. 2011-yil 19-sentyabrda u ketma-ket ikkita 1:6 hisobdagi magʻlubiyatdan soʻng isteʼfoga chiqarildi[3][4][5][6].
Shaxsiy hayoti
tahrirMatthaus besh marta turmush qurgan va ulardan toʻrt farzandi bor: qizlari Elise (1986-yilda tugʻilgan) va Viola (1988-yilda tugʻilgan), oʻgʻillari Loris (1992-yilda tugʻilgan) va Milan (2014-yilda tugʻilgan)[7]. Hozirda goh Germaniyada, goh Vengriyada yashaydi[8].
Yutuqlari
tahrirFutbolchi sifatida
tahrir"Bavariya"
- Germaniya chempioni – 1985, 1986, 1987, 1994, 1997, 1999, 2000
- Germaniya kubogi sohibi – 1986, 1998, 2000
- UEFA kubogi sohibi – 1996
- Germaniya Superkubogi sohibi – 1987
- Germaniya Ligasi kubogi sohibi – 1997, 1998, 1999
"Inter"
- Italiya chempioni – 1989
- Italiya Superkubogi sohibi – 1989
- UEFA kubogi sohibi – 1991
Germaniya terma jamoasi
- Jahon chempioni – 1990
- Yevropa chempioni – 1980
Murabbiy sifatida
tahrir"Partizan"
- Serbiya va Chernogoriya chempioni – 2003
Shaxsiy mukofotlar
tahrir- Oltin toʻp (France Football) sohibi – 1990
- World Soccer jurnali talqini boʻyicha eng yaxshi futbolchi – 1990
- Onze Mondial talqini boʻyicha Yevropaning eng yaxshi futbolchisi – 1990
- FIFA talqini boʻyicha eng yaxshi futbolchisi – 1991
- Germaniyada yilning eng yaxshi futbolchisi – 1990, 1999
- UEFA maʼlumotlariga koʻra Yevropa chempionati natijalariga koʻra ramziy terma jamoaga kiritilgan – 1988
- Jahon chempionatining ramziy terma jamoasiga kiritilgan – 1990
- Jahon kubogi „Kumush toʻp“ sohibi – 1990
- IFFHS talqini boʻyicha yilning eng yaxshi futbolchisi – 1990[9]
- „Inter“ klubining Shon-sharaf zaliga kiritilgan
- FIFA 100 roʻyxatiga kiritilgan
- Golden Foot – 2012 („Futbol afsonalari“ nominatsiyasida)
Manbalar
tahrir- ↑ „CNNSI.com — 2002 World Cup — World Cup Hall of Fame: Antonio Carbajal — Wednesday May 08, 2002 10:46 PM“. Sportsillustrated.cnn.com (2002-yil 8-may). 2013-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 14-oktyabr.
- ↑ „Архивированная копия“. 2012-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-fevral.
- ↑ „Маттеус уволен с должности главного тренера сборной Болгарии“. 2013-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-sentyabr.
- ↑ „Лотар Матеус е новият селекционер на България“ (bg). Български футболен съюз (2010-yil 21-sentyabr). 2010-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 21-sentyabr.
- ↑ „Новият треньор на Българския национален отбор“ (bg). Български футболен съюз (2010-yil 23-sentyabr). 2010-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 23-sentyabr.
- ↑ „Lothar Matthäus wird Nationaltrainer von Bulgarien“ (de). Die offizielle Website von Lothar Matthäus (2010-yil 23-sentyabr). 2012-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 23-sentyabr.
- ↑ Karlsson, Emil „Matthäus har gift sig – igen“ (sv). Aftonbladet (2009-yil 5-yanvar). 2009-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 5-yanvar.
- ↑ „Четыре чемпиона мира — одно интервью“. 2018-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-iyul.
- ↑ „IFFHS — The World’s best player“. 2018-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-yanvar.
Havolalar
tahrir- Rasmiy sayt(olm.) )