Marko Blajich (srb. Marko Blazic) - Serbiyalik futbolchi. 1985-yilning 2-avgust kuni Yugoslaviyaning Mladenovats shahrida tugʻilgan. Ampluasi yarim himoyachi. Hozirgi paytda Qozogʻistonning «Atirau» klubi aʼzosi.

Toʻliq ismi Marko Blajich
Tugʻilgan sanasi 1985-yil, 2-avgust
Tugʻilgan joyi  SFR Yugoslavia Yugoslaviya, Mladenovats
Fuqaroligi Serbiya bayrogʻi Serbiya
Boʻyi va vazni 178sm/74 kg
Ampluasi Yarim himoyachi
Hozirgi klubi  Kazakhstan Atirau

Faoliyati tahrir

Marko Blajich karyerasini ona shahrining «Mladenovats» klubida boshladi. Keyinroq «Polyot» va «Chukarichki» klublarida oʻynadi. 2008-yilda Serbiyaning eng mashhur klublaridan boʻlmish «Srvena Zvezda» bilan shartnoma imzoladi va 2010-yilgacha ushbu klubda 35 ta oʻyin oʻtkazib 4 ta golga mualliflik qildi. 2011-yilda Blajichning xalqaro klublardagi karyerasi boshlandi va u Slovakiyaning «Rujomberok» safiga koʻchib oʻtdi. Oʻsha yili esa Rossiyaning «Amkar» klubi bilan shartnoma imzoladi va ikki yil mobaynida ushbu klub safida 26 ta oʻyin oʻtkazib 1 ta gol urdi. 2013-yilda Marko Blajich Oʻzbekistonga koʻchib oʻtdi va Toshkentning «Bunyodkor» klubi safiga qoʻshildi. «Bunyodkor» safida Osiyo Chempionlar Ligasi, Oʻzbekiston Kubogi va Oliy Ligada 10 ta oʻyin oʻtkazib 1 ta golga mualliflik qildi. 2014-yilning fevral oyida esa Qozogʻistonning «Atirau» klubi bilan shartnoma imzoladi.

Fayl:Marko Blazic.jpg

Faoliyati tahrir

Yil Klub Oʻyin (gol)
2002-2003   Serbia and Montenegro Mladenovats 22 (1)
2003-2004   Serbia and Montenegro Polyot 29 (7)
2004   Serbia and Montenegro Radnichki 5 (0)
2005-2006   Serbia and Montenegro Mladenovats 33 (6)
2006-2008   Serbia Chukarichki 64 (11)
2008-2010   Serbia Srvena Zvezda 35 (4)
2011   Slovakia Rujomberok 11 (3)
2011-2012   Russia Amkar 26 (1)
2013-2014   Uzbekistan Bunyodkor 10 (1)
2014-h.v   Kazakhstan Atirau ... (...)