Menga tuyuladi

„Bolalar“ oʻzbek pop-rock guruhi ijro etgan qoʻshiq

Menga tuyuladi“ („Seni men unutmayman“ va „Maktab valsi“ deb ham nomlanadi) — „Bolalar“ oʻzbek pop-rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1990-yil chiqarilgan „1-albom“ nomli studiyaviy albomiga ikkinchi trek oʻlaroq kiritilgan[1]. Qoʻshiq matnini ham, kuyini ham guruh aʼzosi Tohir Sodiqov yozgan[manba kerak]. Qoʻshiqda muallif sevgisi javobsiz qolgani hamda sevgan yorini boshqa koʻra olmasligi haqida kuylaydi.

„Menga tuyuladi“
„Bolalar“ qoʻshigʻi
„1-albom“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 1990
Yozib olingan 1989
Janr pop musiqa
Leybl 3:53
Matn muallif(lar)i Husan Sodiqov
Bastakor(lar) Husan Sodiqov
„1-albom“ xronologiyasi
„Esingdami seni?“
(1990)
Menga tuyuladi
(1990)
„Kulib boq“
(1990)

„Menga tuyuladi“ qoʻshigʻi „Bolalar“ guruhi ijro etgan ilk qoʻshiqlarning biridir. Qoʻshiq do major tonnaligida boʻlib, vals oʻlaroq yozilgan[2]. Shuning uchun ham „Maktab valsi“ deb ham nomlanadi. Taronaning „Mne kajetsya, chto net“ („Shkolniy vals“) nomi bilan ijro etilgan ruscha versiyasi ham mavjud. Mazkur versiya „1-albom“ga oʻninchi trek oʻlaroq kiritilgan.

Manbalar tahrir

  1. „"Болалар" гуруҳининг 1 чи оригинал альбоми“. YouTube (18-oktyabr 2020-yil). Qaraldi: 21-oktyabr 2022-yil.
  2. Atayev, Nodir „Akkord zinalari“. Gitara chalishni oʻrganamiz. 2022-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-oktyabr 2022-yil.

Havolalar tahrir