Esingdami seni?

„Bolalar“ oʻzbek pop-rock guruhi ijro etgan qoʻshiq

Esingdami seni?“ — „Bolalar“ oʻzbek pop-rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1990-yil chiqarilgan „1-albom“ nomli studiyaviy albomiga birinchi trek oʻlaroq kiritilgan[1]. Qoʻshiqni guruh aʼzosi Husan Sodiqov dastlab „Ti pomnish togda?“ (ruscha: Ты помнишь тогда?) nomi bilan rus tilida yozgan. Oʻzbek tiliga ukasi, guruh solisti Tohir Sodiqov oʻgirgan. „Bolalar“ guruhi shuhrat qozonishiga aynan „Esingdami seni?“ qoʻshigʻi turtki boʻlgan.

„Esingdami seni?“
„Bolalar“ qoʻshigʻi
„1-albom“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 1990
Yozib olingan 1989
Janr pop musiqa
Leybl 3:59
Matn muallif(lar)i Husan Sodiqov (ruscha)
Tohir Sodiqov (oʻzbekcha)
Bastakor(lar) Husan Sodiqov
„1-albom“ xronologiyasi
Esingdami seni?
(1990)
„Menga tuyuladi“
(1990)
Klipi
„Esingdami seni?“ YouTubeda
Ushbu maqolani tinglang (2 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 9-avgust, 2022-yil(2022-08-09) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.

„Bolalar“ guruhining 1998-yil eʼlon qilingan va asosan remikslardan iborat „8-albom“ nomli albomiga „Esingdami seni?“ qoʻshigʻining remiksi yettinchi trek oʻlaroq kiritilgan[2]. 1990-yilgi versiya ham, 1998-yilgi remiks ham lya-minor tonalligida boʻlib, original versiyaning yakuniy kupleti bir ton yuqori tonallikda ijro etilgan.

„Sevimli yulduz“ dasturi davomida Husan Sodiqov qoʻshiqni sovet armiyasida xizmat qilayotgan davrida Olya ismli yoʻlovchi qiz bilan birgalikda yozganini soʻzlab bergan[3]. Uning aytishicha, Xabarovsk shahridan harbiy qorovullikdan poyezdda qaytganida Omsk shahrida Olya poyezdga chiqqan. Sodiqov unga bagʻishlab „Ti pomnish togda?“ qoʻshigʻining dastlabki kupletlarini yozgan. Olya esa ertasi kuni qoʻshiqning davomini yozganini aytgan va navbatdagi bekatda poyezddan tushib qolgan.

Klipi tahrir

Ashula guruhning debut albomiga kiritilgan birinchi tarona boʻlib, qoʻshiq uchun rejissor Baxtiyor Alimov klip suratga olgan. Bu guruhning ilk klipi boʻlib, Alimov unda Oʻzbekistonda ilk marotaba inkrustatsiyadan foydalanganini eʼtirof etgan[3]. Video boshida guruhning oʻsha paytdagi aʼzosi Javohir Zokirov guruh aʼzolari va rahbarlarini tanishtiradi. Shuningdek, Zokirov albom 1990-yilning yanvar oyida Toshkent shahridagi „Pushen“ studiyasida yozib olinganini taʼkidlaydi. Zokirov soʻzlagan kirish soʻz albomga ham kiritilgan. Klip eʼlon qilinishi ortidan guruh Oʻzbekistonda hamda qoʻshni mamlakatlarda shuhrat qozongan.

Manbalar tahrir

  1. „"Болалар" гуруҳининг 1 чи оригинал альбоми“. YouTube (18-oktyabr 2020-yil). Qaraldi: 26-iyul 2022-yil.
  2. „"Болалар" гуруҳининг 8 чи оригинал альбоми“. YouTube (29-oktyabr 2020-yil). Qaraldi: 26-iyul 2022-yil.
  3. 3,0 3,1 „Sevimli Yulduz - Tohir Sodiqov“. YouTube (18-oktyabr 2020-yil). Qaraldi: 26-iyul 2022-yil.

Havolalar tahrir