Bosh menuni ochish

Mesopotamiya pasttekisligiGʻarbiy Osiyodagi pasttekislik. Asosiy qismi Iroq, qolgan qismi Eron, Kuvayt, Suriya hududlarida, Dajla, Furot va Qarun daryolari havzasining quyi qismida, togʻ oldi bukilmasida joylashgan. Bukilma usti daryolar keltirgan allyuviy jinslar, Fors qoʻltigʻining dengiz choʻkindilari va togʻlardan nuragan toshlar bilan toʻlgan. Yer yuzasining koʻp qismi yassi tekislik. Balandligi shim.da 200 m gacha, jan.da 100 m va undan past. Iqlimi shim.da subtropik, jan.da tropik, choʻl iqlimi; yanvarning oʻrtachi temperaturasi 11°, avg .da 34°, yozda ayrim kunlari 50° gacha koʻtariladi. Yillik yogʻin 100–200 mm. Koʻl va shoʻrxok koʻp. Daryolari bahorda sersuv, kema qatnaydi. Vodiylarida oʻrmon va vohalar bor. Sugʻorib dehqonchilik qilinadi (bugʻdoy, sholi, paxta ekiladi), koʻchmanchi chorvachilik rivojlangan. Xurmozorlar bor. Neft konlari (Kirkuk, Rumayla va boshqalar) topilgan. Yirik shaharlari: Bagʻdod, Basra (Iroq), Obodon (Eron).[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil