Mirjon Ali madrasasi Mirjon Ali guzarida joylashgan boʻlib, uning 18 hujrasi boʻlgan. Taxminan XVIII asr oxirlarida qurilgan. Vaqfli boʻlgan.

Mirjon Ali madrasasi
Joylashuv Buxoro
Turi madrasa
Xarita

Tarixi

tahrir

Hujjatda hijriy 1277-yil muharram oyida (1860-yil iyul — avgust) Amir Nasrullaxon ushbu madrasa uchun bir qancha mulklarini vaqf qilagan. Oʻquv binosi ikki qavatli, pastki qavat pishiq gʻishtdan, ikkinchi qavat xom gʻishtdan qurilgan boʻlgan. Amir Nasrullaxon vaqf mulklari uchun solih va taqvoli bir musulmonni mutavalli etib tayinlagan. Vaqf nizomiga koʻra, har yili hazrati Ayyub mozori uchun 20 kumush tanga, hazrat Badr Maydoniy qabriga 10, Eshoni Imlo masjidiga 60, Sayyidabegim maqsuraxonasiga 60 tanga ajratiladi. Ulardan ortgani masjid-madrasa binosi ehtiyojiga sarflanadi. Ulardan keyin mutavalli ushr olgan. Qolgan toʻqqiz qism 29 qismga boʻlingan. 1 mudarrisga 4, olimlik darajasiga yetib qolgan 1 talabaga 3 hissa haq berilgan. Mazkur talaba oʻqish bilan birga masjid imomi vazifasini ham bajargan. 1 muazzin 1 qism oladi, qolgan 18 qism 18 hujrada yashayotgan 36 nafar talabaga taqsimlangan. 1,5 hissa 1 farrosh, 1 sartarosh, 1 meshkobchiga boʻlib berilgan. Qolgan 1,5 hissa tahoratxonachiga ajratilgan. U olgan mablagʻini oʻz zaruratidan tashqari qumgʻon, issiq-sovuq suv va yoritishga zarur narsalarga ham xarj qilgan. Hujjat Amir Nasrulloh, qozi ul-quzzot mulla Soʻfi oxund ibn oxund mulla Omonulla va boshqa rasmiy shaxslar muhrlari bilan tasdiqlangan. Ushbu madrasa uchinchi darajali oliy toifaga mansub boʻlgan. Uning yillik vaqfi 30 ming tangani tashkil etgan. Bemor talabalar roʻyxatida Mirjon Ali madrasasidan talaba mulla Qurbon ismi qayd etilgan. Soʻngra Shoʻrolar inqilobi paytida buzilib ketgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 348.