Mirza Badi' devon madrasasining ikkita vaqf hujjati saqlanib qolgan. Birinchisi asl nusxa bo‘lib, hijriy 1231-yil muharram oyida (1815-yil dekabr') forsiyda nasta'liq xatida yozilgan.

Miyon Ishoq madrasasi
Joylashuv Buxoro
Turi madrasa
Xarita

Tarixi tahrir

Amir Haydar ibn Amir Ma'sum va qozi Mir Abul Hasanxoja ibn Mir Asomiddinxoja muhri bilan tasdiqlangan. Hujjatga yana 15 muhr qo‘yilgan. Hujjatning ikkinchi nusxasi Ismoilxoja madrasasi hujjati bilan yonma-yon bir o‘ramda bo‘lgan. Unda yozilishicha, hijriy 1231-yil muharram oyida (1815-yil dekabr') marhum Mirza Shahobiddin devoni Kalon o‘g‘li domulla Mirza Badi' devon sadr o‘z madrasasi uchun Chorsuq guzaridagi 2 g‘ulang furushlik kappon va yana 2 do‘kon, Samjan tumanidagi Chortoq mavzesida 1200 tanob yer, hazrat Xoja Ahmad Turki Jandi qabri yonidagi Taxtai pushta guzarida 13 pardozgirlik do‘koni, 1 novvoyxona va yana turli joylardagi ko‘plab mulklarini vaqf qilgan. Mirza Shahobiddin devoni kalon o‘g‘li Abduvahhob qozi askarning Mirza Abduxoliq devoni kalon, Mirza Abduqohir va Mirza Shukrulloh ismli o‘g‘illari bo‘lgan. Ushbu vaqf mulkiga ulardan yoshi kattasi mutavalli bo‘lgan. Bu vazifani undan so‘ng avlodlari bajargan. Ulardan hech kim qolmasa, bu ish Buxoro qozikaloni ixtiyoriga o‘tgan. Vaqf hosili, avvalo, imorat zaruratiga sarflangan. So‘ngra mutavalli ushr olgan. Qolganidan mudarris 1,5, imom 1 hissaga ega bo‘lgan. Yana 1,5 hissa 15 qismga ajratilib, undan Qur'on hofizi 2,5, muazzin 2, farrosh 1, shayx Shoh guzaridagi tahoratxona 2,5, sartarosh 1,5, maqsuraxon 2,5, boshqa maqsuraxon 3 hissa haq olgan.

Me’morchiligi tahrir

Madrasa 14 hujra, darsxona va masjiddan iborat bo‘lgan. Pastki 6 hujra pishiq, qolganlari xom g‘ishtdan qurilgan. G‘arbida ustod Shokir sartarosh valadi ustod Olim hovlisi, shimolida ustod Beknazar pardozgir valadi hoji Muhammad hovlisi, sharqi va janubida musulmonlar qabristoni bo‘lgan.[1]


Manbalar tahrir

  1. Buxoro ta'lim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. – B. 350.