Mirzayusuf Rustamboyev

oʻzbekistonlik huquqshunos va harbiy

Mirzayusuf Hakimovich Rustamboyev (ruscha: Мирзаюсуф Хакимович Рустамбаев, 15-oktyabr, 1953-yil, Jambul, Qozogʻiston SSR) – oʻzbek huquqshunosi, yuridik fanlar doktori, professor. 2021-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʻi[2]. 2001-yildan 2012-yilgacha Toshkent yuridik instituti rektori.

Mirzayusuf Hakimovich Rustamboyev
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʻi
Mansab davri
2021-yildan[1]
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
 Toshkent davlat yuridik instituti rektori
Mansab davri
2001-yildan – 2012-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Halimboy Boboyev
Vorisi Omonulla Muhammadjonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 15-oktyabr 1953-yil (1953-10-15) (70 yosh)
Jambul (viloyat)
Mukofotlari 2-darajali Shon-sharaf ordeni
Unvoni Polkovnik

Biografiya tahrir

1975-yilda Toshkent universitetining yuridik fakultetini bitirgan.

1977—1983-yillarda Oʻzbekiston SSR prokuraturasida ishlagan.

1983—2001-yillarda Toshkent yuridik institutida metodistdan prorektor lavozimigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi.

2001—2012-yillarda Toshkent davlat yuridik instituti rektori boʻlgan.

2001—2002-yillarda davlat boshqaruvini demokratlashtirish va referendum oʻtkazish boʻyicha respublika ishchi guruhi aʼzosi.

2005—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari boʻlgan.

2021-yil 22-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʻi etib tayinlandi va unga polkovnik harbiy unvoni berildi[3].

„Shaxsga qarshi jinoyatlar“, „Oʻzbekiston Respublikasining jinoyat huquqi“ darsliklari muallifi[4]. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti va yuridik ensiklopediyasi tahrir hay’ati aʼzosi boʻlgan.

Oilasi tahrir

Oʻgʻli Sardor Rustamboyev – diplomat, siyosiy fanlar nomzodi. 2018-yildan 2024-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining Fransiya va Portugaliyadagi, 2024-yildan Hindistondagi elchisi[5].

Mukofotlari tahrir

2002-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yurist faxriy unvoni berilgan[6]

2021-yilda Toshkent davlat yuridik universitetining faxriy professori unvoni bilan taqdirlandi[7].

2022-yilda 2-darajali „Shon-sharaf“ ordeni bilan taqdirlangan[8].

Manbalar tahrir