Mirzohid Gʻofurov

Oʻzbekistonlik futbolchi, chap qanot himoyachisi va hujumkor qanot yarim himoyachisi pozitsiyasida oʻynaydi

Mirzohid Gʻofurov (ruscha: Мирзохид Ғофуров; 1988-yil 24-avgust Oʻzbekiston SSR, Namangan viloyati, Chortoq tumani) - Oʻzbekistonlik futbolchi, pozitsiyasi boʻyicha himoyachi. Hozirda Fargʻonaning „Neftchi“ klubi futbolchisi.

Mirzohid Gʻofurov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mirzohid Gʻofurov
Tavallud sanasi 24-avgust 1988-yil (1988-08-24) (35 yosh)
Tavallud joyi Chortoq tumani, Oʻzbekiston SSR
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Neftchi
Raqami 19
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Navbahor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007—2008 UzDongJu 25 (2)
2009—2010 Navbahor 5 (0)
2011—2014 Mashʼal 78 (8)
2015 Bunyodkor 8 (1)
2015—2017 Mashʼal 38 (5)
2017—2021 Navbahor 125 (5)
2022— Neftchi 52 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(1-mart 2024-yil uchun)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Mirzohid Namangan futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Katta futboldagi faoliyati Andijonda, boʻyoqchilar klubi „UzdongJu“ klubida boshlagan. Andijonliklar safida 2 mavsum davomida toʻp surgan. 2009-yil Namanganning „Navbahor“ klubi tarkibiga oʻtadi. 2011-yilgi mavsumda Muborakning „Mash’al“ klubi tarkibiga borib qoʻshiladi va 4 mavsum davomida „gazchilar“ sharfini himoya qiladi.[1] 2015-yilgi mavsum avvalida Toshkentning „Bunyodkor“ klubiga Sergey Lushan taklifiga koʻra, qaldirgochlar libosini kiyadi.[2] Yarim mavsum davomida „Bunyodkor“ klubi sharafini himoya qilgan Mirzohid 2015-yil yozgi mavsumida Muborakning „Mash’al“ klubiga qaytadi.[3][4] Muborakliklar safida 2 mavsum davomida toʻp surgan xolda[5] 2017-yil sobiq jamoasi „Navbahor“ klubiga qaytadi. Lochinlar sharafini 5 mavsum davomida himoya qilib 2018-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasida bronza medallariga sazovoz boʻldi. 2022-yilgi mavsumda yangi oʻzgarishlarni boshdan kechirayotgan Fargʻonaning „Neftchi“ klubi taklifini qabul qiladi.[6] Hozirda „neftchilar“ klubi aʼzosi.[7]

Yutuqlari tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Mirzohid G'ofurov "Mashal" bilan shartnomasini uzaytirdi“. 2023-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-mart.
  2. „Obid Jo'raboev bilan Mirzohid G'ofurov "Bunyodkor"da“. 2023-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-mart.
  3. „Mirzohid G'ofurov "Mashal"ga qaytdi“. 2023-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-mart.
  4. „"Mashal" ikkinchi davra oldidan yangi futbolchilarni tanishtirdi VIDEO“. 2023-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-mart.
  5. „"Mashal"ni yana uch futbolchi tark etdi“. 2023-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-mart.
  6. „Rasmiy xabar: "Navbahor" futbolchisi "Neftchi"ga o'tdi“. 2023-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-mart.
  7. „"Neftchi" Mirzohid G'ofurov bilan shartnomani uzaytirdi“. 2023-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-mart.

Havolalar tahrir