Moybaliqlar (Chalcalburnus) -karpsimonlar oilasiga mansub balik,lar turi. Uzunligi 40 sm gacha, vazni 800 g gacha. Tanasining qorin va anal suzgichlari oraligʻidagi terisi tangachalar bilan toʻliq qoplanmagan. Oʻrta Osiyo va Yevropa daryolari, Tigr va Yefrat daryolari havzalarida bir necha turi uchraydi. Orol dengizi, Sirdaryo va Amudaryoning quyi oqimi va Zarafshon darasida orol moybaligʻi kenja turi; Kaspiy, Azov va Qora dengizda oddiy moybaliq tarqalgan. Orol moybaligʻi oʻtroq, oddiy moybaliq oʻtkinchi hisoblanadi. Moybaliqlar 2–3 yilda voyaga yetadi; yozda 2,6–23,5 mingtagacha uvildiriq tashlaydi. Plankton va baliklar chavogʻi bilan oziqlanadi. Soni kamayib ketganligi tufayli ayrim joylarda sunʼiy koʻpaytiriladi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil