Muashshar (arab. — oʻnlik) — har bir bandi oʻn misrali, bir necha oʻnlik bandlardan tashkil topuvchi sheʼr shakli. Musammatlarnknt boshqa turlarida boʻlgani kabi M.larning ham birinchi oʻnlik bandi misralarida oʻzaro ohangdosh soʻzlar qofiyalashadi (a—a—a—a—a—a—a—a—a—a), qolgan bandlarining 8 yo 9 misrasi oʻzaro qofiyalashib, oxirgi 9- yoki 10misra 1banddagi misralar bilan qofiyalashadi. Fuzuliyning kator shunday sheʼrlarida, Nodiraning "Firoqnoma" deb yuritiluvchi M.ida har bir oʻnlikda oxirgi bir bayti nakarotdek aynan takrorlanib turadi. Bunday M.larning qofiyalanish tartibi: a—a—a—a—a—a—a— a—b—b, v—v—v—v—v—v—v—v—b—b... tarzidadir. Ular tarjeʼ baytli M.lar deyiladi. M.lar musammatlar tarkibida eng koʻp oʻxshash qofiyalar topib ishlatishni, ularni poetik mazmunni ochishga xizmat qildira olishni talab qiluvchi murakkab usullardan biridir. Shuning uchun M. namunalari mumtoz adabiyotimizda koʻp emas. Oʻzbek adabiyotidagi ayrim namunalari Shavqiy Kattaqoʻrgʻoniy, Nodira, Tabibiy Ahmad, barmok, vaznidagi namunalari esa Fafur Gʻulom ("Emukdoshlar musobaqasi"), Abdulla Oripov ("Tabiat") kabi shoirlar ijodida uchraydi. [1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil