Muhammad al-Avsat ibn Ali
Muhammad al-Avsat ibn Ali (arabcha: محمد الأوسط بن علي) – xalifa Alining oʻgʻli. Onasi Umoma binti Abu al-Os Zaynab binti Muhammadning qizi, Islom paygʻambari Muhammad va Xadicha binti Xuvaylidning nabirasi boʻlgan. Maqbarasi Eronning Isfahon ustoni Aran shahrida joylashgan[1].
Muhammad al-Avsat ibn Ali | |
---|---|
Tavalludi |
Muhammad al-Avsat ibn Ali milodiy 632-yil (hijriy 12-yil) |
Vafoti |
milodiy 684-yil (hijriy 19-may) (hijriy 64-yil Ramazon oyi) Aran, Isfahon ustoni, Eron |
Otasi | Ali |
Onasi | Umoma binti Abu al-Os |
Tarixiyligi
tahrirMuhammad al-Avsat shia olimlari tomonidan koʻp marta zikr qilingan. U haqida al-Voqidiydan rivoyat qiluvchi at-Tabariy tomonidan bir qancha maʼlumotlar keltirilgan boʻlib, xalifa Ali ibn Abu Tolib paygʻambar Muhammadning nabirasi Umomaga uylangani, ulardan Muhammad al-Avsat dunyoga kelgani aytiladi[2][3]. Biroq al-Voqidiy tomonidan rivoyat qilingan hadislar sunniy muhaddislar tomonidan ishonchsiz deb hisoblaniladi. Shu sababdan Muhammad al-Avsatning tarixda mavjud boʻlgani ham shubhalidir. Shia olimi al-Mufid Ali ibn Abu Tolibning oʻgʻillarini sanab oʻtganida Muhammad haqida zikr qilmagan[4].
Biroq Muhammad al-Avsat haqida maʼlumot bergan olimlar ham yetarlicha[5]. Uning nomi bir qancha tarixchilar, jumladan, Ibn Shahrashub, al-Majlisiy, Nuriddin bin as-Sabbogʻ al-Molikiy, Abu al-Faraj bin al-Javziy, Sibt ibn al-Javziy, al-Hofiz al-Kanjiy ash-Shofeʼiy, ash-Shablaji ash-Shofeʼiy, Kamoliddin ibn Talha, al-Muhib at-Tabariy va Ibn Hojar al-Asqaloniy kabi olimlar tomonidan ham tilga olingan[6].
Biografiyasi
tahrirMuhammad al-Avsat haqida tarixchilar uning mavjudligini tan olishdan tashqari hech qanday maʼlumot bermagan[7]. Muhammad Rizo ash-Sheroziyning oʻgʻli Abdulmajid oʻzining „Zaxirat ad-Darayn“ kitobida Muhammad al-Avsat Karbalo jangida qatnashganligi va oʻsha jangda shahid boʻlgunga qadar Husayn ibn Alining oldida turib jang qilgani haqida zikr qilgan[8]. Garchi uning ushbu jangda shahid boʻlganligi ehtimoli katta boʻlsa-da, koʻpchilik zamonaviy va eski manbalarda Muhammad al-Avsatning shahid boʻlganligi haqida soʻz yuritilmaydi[9][10]. Aranlik mulla Gʻulomrizo Araniy muallifligida hijriy 1242-yilda (milodiy 1826-yil) yozilgan „Risola Hiloliya“ nomli qoʻlyozma mavjud boʻlib, ushbu qoʻlyozmada Eronning Aran va Bidgol shahrida Muhammad al-Avsatning ziyoratgohi va taxminiy qabri joylashganligi haqida maʼlumotlar bergan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Mohammad Hilal Ibn Ali“. www.helal.ir. 2011-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Family Features“.
- ↑ „Tarikh Al-Tabari“.
- ↑ „Family Features“.
- ↑ „Encyclopedia of Husayn's Supporters (The Hashemites) (Volume Three)“.
- ↑ „Family Features“.
- ↑ „Encyclopedia of Husayn's Supporters (The Hashemites) (Volume Three)“.
- ↑ „Encyclopedia of Husayn's Supporters (The Hashemites) (Volume Three)“.
- ↑ „Family Features“.
- ↑ „Encyclopedia of Husayn's Supporters (The Hashemites) (Volume Three)“.