Muhammad as-Saraxsiy
Ushbu sahifani Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad Saraxsiy bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad ibn Abu Sahl as-Saraxsiy (forscha: محمد بن احمد بن ابي سهل ابو بكر السرخسي — islom dinshunosi, hanafiy mazhabi huquqshunosi. Xalq orasida Shams ul-Aimma (arabcha: شمس الأئمة — rahbarlar quyoshi) nomi bilan mashhur boʻlgan[1].
Muhammad as-Saraxsiy | |
---|---|
Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad ibn Abu Sahl as-Saraxsiy | |
Tavalludi | 1009 |
Vafoti | milodiy 1090 yoki 1096-yil (hijriy 483 yoki 490-yil) |
Kasbi | huquqshunos, dinshunos, yozuvchi |
Mashhur ishlari |
“Usul al-fiqh” “Kitob al-Mabsut” "Sharh as-Siyar al-Kabir" |
Biografiyasi
tahrirMuhammad as-Saraxsiy hozirgi Eron va Turkmaniston chegarasida joylashgan Katta Xurosonning Seraxs shaharchasida tavallud topgan[2].
Vafot etgan sanasi baʼzi manbalarda hijriy 483-yil (milodiy 1090-yil), ayrim manbalarda esa hijriy 490-yil (milodiy 1096-yil) deb koʻrsatiladi[2][3]. As-Saraxsiy hanafiylikning buyuk faqihlaridan biri boʻlgan, shuningdek, al-Bazdaviyning ustozi Abdulaziz al-Halvoniydan (vafoti: hijriy 448 (milodiy 1056) tahsil olgan.
Muhammad as-Saraxsiyning yoshlik yillari haqidagi bizgacha yetib kelgan maʼlumotlar juda kam[3]. Ayrim manbalarga koʻra, as-Saraxsiy hukmdorlikka oid bir huquqiy masala bo‘yicha oʻz fikrini ochiq bildirgani uchun qamalgan, yaʼni mamlakat podshohining cho‘ri bilan turmush qurishini noqonuniy deb hisoblab, podshohni tanqid qilgan[3] va shu sababli hayotining taxminan oʻn besh yilini qamoqda oʻtkazgan[3]. As-Saraxsiy qamoqdalik yillarida „Mabsut“[2] va oʻzining boshqa bir nechta muhim asarlarini[3] yozgan. U juda kuchli xotiraga ega boʻlib[3], qamoqda yashagan yillarida boshida kechirgan koʻplab voqealarni juda yaxshi eslab qolgan va keyinchalik ularni qogʻozga tushirgan.
As-Saraxsiyning huquq sohasida juda katta maʼlumotga ega shaxs boʻlgan, shuningdek, u oʻz davrining atoqli yozuvchilaridan biri deb hisoblashgan[4]. U hanafiylik mazhabining obroʻli huquqshunoslaridan biri bo‘lib, ushbu mazhab vakillari orasida „shubhangiz bo‘lsa, Saraxsiyga ergashing“[5] mazmunidagi soʻzlar tarqalgan. Al-Qosoniy, Burhoniddin al-Marg‘inoniy kabi buyuk shaxslar ham o‘zlarining fiqhga oid mashhur „Badoye as-sanoye“ va „Al-Hidoya“ asarlarida, asosan, as-Saraxsiyning „Al-Mabsut“ va „Usul as-Saraxsiy“ asarlarida keltirilgan munozaralar va huquqiy dalillariga tayanganlar[5].
XIX asr hind musulmon olimi Abdulhay al-Laknaviy as-Saraxsiyni Abu Jaʼfar at-Tahoviy kabi olimlar bilan bir qatorda Abu Hanifa shogirdlari (Abu Yusuf va Muhammad ash-Shayboniy)dan keyingi buyuk huquqshunoslar deb hisoblagan[6].
Muhim ishlari
tahrirAs-Saraxsiyning eng muhim asarlari:
Manbalar
tahrir- ↑ Norman Calder, Jawid Ahmad Mojaddedi, Andrew Rippin, ed. and tr., Classical Islam: A Sourcebook of Religious Literature (Routledge, 2003), p. 210.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Calder, N. „al-Sarakhsi“, Muhammad b. Ahmad b. Abu Sahl Abu Bakr, Shams al- Aʼimma." Encyclopaedia of Islam, Second Edition. Edited by: P. Bearman; Th. Bianquis; C. E. Bosworth; E. van Donzel; and W. P. Heinrichs. Brill, 2011. Brill Online. Yale University. 8 February 2011
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 Kassim, Husain. Sarakhsi- Hugo Grotius of the Muslims: The Doctrine of Juristic Preference and the Concepts of Treaties and Mutal Relations. San Francisco: Austin and Winfield Publishers, 1994.
- ↑ Calder, Norman. „Exploring God’s Law: Muhammad ibn Ahmad ibn Abi Sahl al-Sarakhsi on zakat.“ In Law and the Islamic world past and present, by Christopher Toll and Jakob Skovgaard-Petersen. Copenhagen: Bianco Lunos Bogtrykkeri A/S, 1995.
- ↑ 5,0 5,1 Al-Sarakhsi, Money Exchange, Loans, and Riba: A translation of Kitab al-Sarf from Kitab al-Mabsut, translated by Imran Ahsan Khan Nyazee, Advanced Legal Studies Institute, Islamabad, 2018.
- ↑ Al-Marghinani, Burhan al-Din, Al-Hidayah, translated by Imran Ahsan Khan Nyazee, Center for Excellence in Research, Islamabad, 2016, page 9.