Muhammadjon Qosimov
Muhammadjon Qosimov (tojikcha: Муҳаммадҷон Қосимов; 1907-yil 9-may, Rishton, Rossiya imperiyasi — 1971-yil 5-iyul, Dushanbe, Tojikiston SSR) — sovet va tojik teatri hamda kino aktyori, teatr rejissyori, SSSR xalq artisti (1941)[1], KPSS aʼzosi (1948)[2][3][4].
Muhammadjon Qosimov | |
---|---|
tojikcha: Муҳаммадҷон Қосимов | |
Tavalludi |
9-may 1907-yil |
Vafoti |
5-iyul 1971-yil (64 yoshda) Dushanbe, Tojikiston SSR |
Fuqaroligi | Tojikiston SSR |
Kasbi | teatr va kino aktyori, teatr rejissyori |
Faoliyat yillari | 1929—1971 |
Partiyasi | KPSS |
Unvoni | |
Turmush oʻrtogʻi | Musharrafa Qosimova (1918-yil 19-dekabr — 2019-yil 2-aprel) |
Bolalari |
Farrux Qosimov (1948-yil 17-sentyabr — 2010-yil 7-fevral) Xurram Qosimov (1951-yil 26-may) |
Mukofotlari |
Tarjimayi holi
tahrirMuhammadjon Qosimov 1907-yil 9-may kuni Rishton qishlogʻi (hozirgi Fargʻona viloyatidagi Rishton shahri) xattot oilasida tavallud topgan. Millati tojik. 8 yoshidanoq Qurʼonni yod olgan. 9 yoshida otasi vafot etadi va onasi Qosimovni etikdoʻzga shogirdlikka berishga majbur boʻladi. Soʻngra onasi oʻgʻlini savodli boʻlishi uchun uni eski usulda oʻqitadigan maktabga beradi. Maktabdagi taʼlimi tufayli Hofiz Sheroziy, Saʼdiy, Bedilning asarlarini oʻqib chiqqan. Qoʻqon pedagogika texnikumi va Toshkentdagi Oʻrta Osiyo kooperativ texnikumida oʻqigan (1928-yilda bitiradi)[5]. O‘qishni tugatgach, Rishtonga qaytib, qishloq soveti kotibi, tuman ijroiya qo‘mitasi, tuman iste’molchilar uyushmasida ishlaydi[5]. 1929-yildan boshlab Qosimov havaskorlik spektakllarida qatnashgan[4]. Aktyorlik kasbini tanlashga 20-yillarning o‘rtalarida Rishtonda Hamza Hakimzoda Niyoziy tashkil etgan sayyor teatr truppasining „Layli va Majnun“ pyesasi katta ta’sir ko‘rsatgan[5]. 1931-yildan Stalinobod shahridagi Abulqosim Lohutiy nomidagi tojik drama teatri truppasida to umrining oxirigacha ijodiy faoliyat yuritadi[2][4][5]. Qosimov oʻzining birinchi ustozi deb 1930-yillarda Abulqosim Lohutiy nomidagi nomidagi tojik drama teatriga rahbarlik qilgan Homid Mahmudovni bilgan[6]. Aktyorlikdan tashqari, teatr rejissyorligida ham faoliyat yuritgan. 1939-yildan badiiy filmlarni tojik tiliga dublyaj qilishda ishtirok etgan. Tojikiston SSR Kinematograflar ittifoqi aʼzosi (1961). Moskvadagi tojik sanʼati birinchi dekadasi ishtirokchisi (1941)[6].
„Taxmos Xodjentskiy“ (tojikcha: Таҳмоси хуҷандӣ, tarjimasi „Xoʻjandlik Tahmos“, S. Saidmurodov bilan hammualliflikda, 1943), „Doroga schastya“ (tojikcha: Роҳи бахт, tarjimasi „Baxt yoʻli“, Jalol Ikromiy bilan hammualliflikda, 1949), „Umnomu namyok, durnomu palka“ (tojikcha: Ба доно — ишора, ба нодон калтак, tarjimasi „Yaxshidan — yaroq, Yomondan — tayoq“, 1965) pyesalari muallifi.
Oilasi
tahrirMuhammadjon Qosimovning rafiqasi Tojikiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist Musharrafa Orifjonova Qosimova (1918-yil 19-dekabr — 2019-yil 2-aprel), farzandlari Tojikiston xalq artisti Farrux Qosimov (1948-yil 17-sentyabr — 2010-yil 7-fevral) va Rossiyada xizmat koʻrsatgan artist Xurram Qosimovdir (1951-yil 26-may)[7][8][9].
Vafoti
tahrirQosimov 1971-yil 5-iyulda Dushanbeda vafot etgan[2][5][6]. Shaharning markaziy qabristoniga dafn etilgan[10].
Unvon va mukofotlari
tahrir- Tojikiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1939);
- SSSR xalq artisti (1941)[1];
- Ikki marta Lenin ordeni (1941, 1957)[2][3];
- Ikki marotaba Mehnat qizil bayrogʻi ordeni (1949, 1954)[2];
- „1941-1945 yillar Ulug‘ Vatan Urushida jasorat bilan qilgan xizmatlari uchun“ medali (1946);
- Uch marotaba Tojikiston SSR Oliy Sovetining faxriy yorligʻi (1955, 1957, 1957).
Ijodiy faoliyati
tahrirTeatrdagi rollari
tahrirAbulqosim Lohutiy nomidagi tojik drama teatri
tahrir- 1931 — Komil Yashin, „Dva kommunista“ (tojikcha: Ду коммунст) — Arslon
- Komil Yashin, „Otashmezanem“ — Sarimsoq
- Validov, „Doch pastuxa“ (tojikcha: Духтари чӯпон) — Haydarbek
- Aleksandr Korneychuk, „Platon Krechet“ — Berest
- 1937 — Fridrix Shiller, „Makr va muhabbat“ — Miller
- 1939 — Uilyam Shekspir, „Otello“ — Otello
- 1941 — Sotim Ulugʻzoda, „Krasnopalochniki“ (tojikcha: Калтакдорони сурх) — Rahimbek
- 1942 — Lope de Vega, „Ovechiy istochnik“ (tojikcha: Чашмаи гӯсфандон) — Mengo
- 1946, 1952 — Nikolay Gogol, „Revizor“ — Gorodnichiy
- 1947 — Boris Chirskov, „Pobediteli“ (tojikcha: Ғолибон — general Muravyov
- 1949 — Huseyn Muxtorov, «Chest semyi» — Allan
- 1949 — Uygʻun va Izzat Sulton, „Alisher Navoiy“ — Husayn Boyqaro
- 1950 — M.Zokirov, „Shodiyona“ — Karimov
- 1952 — M.Zokirov, „Podarok za radostnuyu vest“
- 1953 — Boqi Rahimzoda va Abdusalom Pirmuhammadzoda Dehotiy, „Povest o Tarifxodjayeva“ (tojikcha: Таърифхӯҷаев) — Tarifxodjayev
- 1953 — Abdulla Qahhor, „Shohi soʻzana“ — Mavlon
- 1954, 1957 — Jalol Ikromiy, „Doxunda“ — Kolesnikov
- 1957 — Hamza Hakimzoda Niyoziy, „Boy ila xizmatchi“ — Solihboy
- 1957 — Uilyam Shekspir, „Qirol Lir“ — Lir
- 1964 — Gʻani Abdullo, „Hurriyat“ — Madaminbek
- 1968 — Maksim Gorkiyning „Legenda“ (tojikcha: Қиссаи модар) hikoyalari asosida — Amir Temur[11].
Vladmir Mayakovskiy nomidagi rsu drama teatri (Dushanbe)
tahrir- Nikolay Pogodin, „Chelovek s rujyom“ (tojikcha: Одами милтиқдор) — Stalin
- Nikolay Pogodin, „Kremlyovskiye kuranti“ (tojikcha: Соати бурҷи Кремль) — Stalin
- Vselovod Vishnevskiy, „Nezabivayemiy 1919-y“ (tojikcha: Соли 1919-и фаромӯшнашаванда) — Stalin
Spektakllari
tahrir- Sotim Ulugʻzoda, „V ogne“ (tojikcha: Дар оташ), (H. Rahmatulloyev bilan hamkorlikda)
- Boris Lavrenyov, „Golos Ameriki“ (tojikcha: Овози Америка), (A. Rahimov bilan hamkorlikda)
- Uilyam Shekspir, „Otello“
Filmografiyasii
tahrir- 1940 — Na dalney zastave
- 1942 — Sin Tadjikistana (tojikcha: Писари Тоҷикистон) — Hofiz
- 1953 — Zastava v gorax — Ismoilbek
- 1956 — Avitsenna — Maymandiy
- 1956 — Doxunda — Azimshohboy
- 1957 — Moy drug Navruzov — Tupalangov
- 1958 — Visokaya doljnost (tojikcha: Вазифаи олӣ) — Boboniyoz
- 1958 — Po putevke Lenina — ishchi
- 1959 — Nasreddin v Xodjente, ili ocharovanniy prins — Xoʻjand xoni
- 1959 — Sudba poeta (tojikcha: Қисмати шоир) — Sahl ibn Mansur
- 1961 — Znamya kuznetsa (tojikcha: Ливои оҳангар) — Kova
- 1962 — Tishini ne budet — Muhammadjon Qurbonov
- 1965 — Pereklichka — ijro qoʻmitasi raisi
- 1965 — Hasan Arbakesh — togʻa
- 1967 — Pod peplom—ogon — Karimov
- 1968 — Kak velit serdse (tojikcha: Бо амри дил) — Saidov
- 1971 — Skazaniye o Rustame (tojikcha: Достони Рустам) — Zol
Xotira
tahrir- 1973-yilda aktyor hayoti va faoliyati haqida rejissyor M.Mullojonovning „Muhammadjon Qosimov“ nomli hujjatli filmi chiqqan.
Galereya
tahrir-
SSSR xalq artisti Muhammadjon Qosimov Otello rolida (Uilyam Shekspirning „Otello“ pyesasi, Abulqosim Lohutiy nomidagi tojik drama teatri, 1955-yil)
-
SSSR xalq artisti Muhammadjon Qosimov qirol Lir rolida (Uilyam Shekspirning „Qirol Lir“ pyesasi, Abulqosim Lohutiy nomidagi tojik drama teatri, 1957-yil)
-
SSSR xalq artisti Muhammadjon Qosimov qirol Lir rolida, masxaraboz rolida esa Tojikiston SSSrda xizmat koʻrsatgan artist Zohir Doʻsmatov (Uilyam Shekspirning „Qirol Lir“ pyesasi, Abulqosim Lohutiy nomidagi tojik drama teatri, 1957-yil)
-
Muhammadjon Qosimovning dastxati (1960—1971)
-
Moskvada joylashgan Rossiya davlat akademik katta teatridagi Muhammadjon Qosimov portreti (1941-yil)
-
„Muhammadjon Qosimov“ nomli kitobning surati („Iskusstvo“ nashriyoti, Moskva, 1955-yil)
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Muxamedjan Kasimov“ (rus tilida). 2023-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 „Muhammadjon Qosimov“ (tojik tilida). 2023-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
- ↑ 3,0 3,1 M. Uxmilina. „Teatr — ego jizn“ (rus tilida). Sovetskaya kultura gazetasi, №30 (4154). (1970-yil 12-mart). 2023-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 „Kasimov Muxamedjan“ (rus tilida). 2023-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 „Muxamedjan Kasimov“ (rus tilida). 2023-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 „Pervoproxodes tadjikskogo kinematografa Muxammedjan Kasimov“ (rus tilida). 2023-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
- ↑ „Kasimova Musharrafa“ (rus tilida). 2023-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
- ↑ „Farrux Kasimov“ (rus tilida). 2023-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
- ↑ „Xurram Kasimov“ (rus tilida). 2023-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
- ↑ Mutriba Toʻychizoda. „Zamok nad mogiley“ (rus tilida) (2019-yil 5-sentyabr). 2023-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
- ↑ Ensiklopediya kino Tadjikistana. Dushanbe: „ER-graf“, 1992 — 396-bet. ISBN 978-99947-919-4-1.